canalis sacralis
bo‘shlig‘i bo‘lib, pastki uchidagi kanaldan
chiqish teshigiga
- hiatus sacralis
deyiladi.
8-rasm. Dumg‘aza suyagi.
1 ,4 - processus articularis superior; 2 - foramena sacralia
dorsalia; 3 - canalis sacralis; 5 - tuberositas sacralis; 6 - crista
sacralis intermedia; 7 - crista sacralis mediana; 8 - facies
auricularis; 9 - crista sacralis lateralis; 10 - cornu sacrale;
11 - hiatus sacralis.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2.5.7. D um u m u rtq a la ri
Dum umurtqalari - vertebrae coccygeae 3 tadan 6 tagacha bo‘lib, katta yoshdagi odamlarda
o ‘zaro qo‘shilib, dum suyagi - os cocsygis ni hosil qiladi. Birinchi dum umurtqasi sohasida ko‘ndalang
o ‘simtalar - processus transversi saqlanib qoladi. Shu sohada yuqori bo‘g ‘im o ‘simtasi bo‘lib,
co rn u a coccyges deyiladi. Qolgan sohalarda ko‘ndalang va bo‘g‘im o‘simtalari uchramaydi.
U m urtqa po g ‘onasi sohasida egriliklar mavjud. K o‘krak va dum g‘aza umurtqalari soha-
sidagi egriliklar orqa tarafga qaragan bo* lib, kifoz - kyphosis deb ataladi. Bo‘yin va bel sohalari-
dagi egriliklar old tarafga yo‘nalib, lordoz - lordosis deb ataladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu
egriliklar bo'lmaydi va umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘zaro qo‘shilib turadi.
Bola boshini tik ushlay boshlagan davridan bo‘yin lardozi, tik turib va yura boshlagan davridan
bel lardozi hosil bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasidagi egriliklar yurish, sakrash jarayonidagi yengil harakatlami ta’minlaydi.
B a’zi paytlarda yon tarafga ham egriliklar hosil bo‘lishi mumkin va bunday holatga skalioz -
skoliosis deb ataladi. Bu holat uzoq muddat o‘tirib qolish, bolalaming bir tomonga qiyshayib yozishi
yoki biror ishni bajarishi natijasida paydo bo'lishi mumkin (bunga maktab yoshidagilaming skaliozi
deb ataladi). Ko‘pincha skalioz holati o‘ng tarafga, ba’zan chap tarafga yo‘nalgan bo‘ladi.
Keksalarda lordoz va kifoz holatlari yo‘qoladi, chunki bu davrda umurtqalar tanasi orasidagi
elastik halqalar yupqalashib, umurtqa pog‘onasi qisqaradi hamda oldinga bukiladi va ko4krak
sohasida orqa tarafga yo‘nalgan bukilma (keksalardagi bukrilik holati) hosil bo‘ladi.
2.6. KO‘KRAK QAFASI
Ko‘krak qafasi - compages thoracis ko‘krak umurtqalaridan, qovurg‘alardan, to‘sh suyagidan
ulardagi bo‘g ‘imlar, boylamlar va mushaklardan hosil bo‘ladi.
K o‘krak qafasining ustki sohasidagi teshik a p e rtu ra thoracis superior, ostki sohasidagi
teshik a p e r tu r a th o ra c is in fe rio r deb ataladi. Ostki teshik sohasidagi qovurg‘alardan ho
sil b o ‘lgan ravoq arcus costalis deb ataladi va ostki teshik sohasida ko‘krak-qorin to‘sig‘i -
d iafrag m a joylashadi. Ostki teshikning oldingi sohasida, to‘sh suyagi ostida burchakli o ‘yma
bo‘lib, angulus infrasternalis deb ataladi. Ko‘krak umurtqalari ichki yuza tarafga egilgan bo‘lib,
uning ichki chetida, qovurg‘alarga o‘tish sohasida, o‘pkalaming orqa yuzasi kirib turadigan egat -
sulci pulm analis bo‘ladi. Qovurg‘alar orasidagi bo‘shliqlar spatia intercostalia deb ataladi. Ko‘krak
qafasining kengligi oldingi-orqa ko‘rsatkichlardan katta bo‘ladi. Uning ichida ichki a’zolar (yurak,
o‘pka, qizilo‘ngach va h.k.) joylashadi va uning shakli shu a’zolar tuzilishiga ta’sir qiladi. Ko‘krak
qafasi mushaklari va o‘pkasi yaxshi taraqqiy etgan odamlaming ko‘krak qafasi kesilgan konus shaklida
bo‘lib, bu holda ostki teshik sohasi va angulus infrasternalis kattaroq, ko‘krak qafasi kengroq bo‘ladi.
Bunday ko‘krak qafasi o‘pkani havoga to‘lgan holatini eslatganligi uchun inspiratorli ko‘krak qafasi
deb ataladi. Aksincha ko‘krak qafasi mushaklari va o‘pka zaifroq taraqqiy etgan bo‘lsa, ko‘krak qafasi
tor va uzun bo‘lib, oldingi orqa ko‘rsatkichlari kichikroq bo‘ladi. Bunday ko‘krak qafasi o‘pkadan
nafas chiqargan holatni eslatib, eksperator holatdagi yoki yassi ko‘krak qafasi deyiladi.
K o‘krak qafasining uchinchi turi silindrsimon deb atalib, awalgi ikki ko‘krak qafaslarining
oraliq shakliga ega bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |