basis patellae,
pastki qismida esa uchi
-
apex patellae,
orqa sohasida bo‘g‘im yuzasi -
facies articularis
bo‘ladi. Oldingi yuzasi esa
facies
anterior
deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2.11. BOLDIR SUYAKLARI
(19-rasm)
Boldir sohasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi - tibia, tashqi tarafda
kichik boldir suyagi - fibula.
2.11.1.
K a tta b o ld ir suyagi - tibia
Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do‘ngsimon o ‘simta - condylus medialis va tashqi
do‘ngsimon o‘simta - condylus lateralis bo‘ladi. Bu o‘simtalaming ustki bo‘g‘im yuzasi - facies
a rticu laris superior da ichki bo‘rtiq - tuberculum intercondylare mediale va tashqi bo‘rtiq -
tu b ercu lu m intercondylare laterale bo‘ladi. Bu bo‘rtiqlardan hosil bo‘lgan tepalik - eminentia
intercondylaris deb atalib, uning oldingi yuzasida - area intercondylaris anterior va orqa yuzasida -
a re a intercondylaris posterior chuqurchasi mavjud, tashqi do‘ngsimon o‘simta ostining kichik
boldir suyagi bilan birikish sohasida bo‘g ‘im yuzasi - facies articularis fibularis hosil bo‘ladi. Katta
boldir suyagi yuqori uchining tanasiga o ‘tish sohasining oldingi yuzasida mushak paylarining biriki-
shidan bo‘rtiq - tuberositas tibiae hosil bo‘ladi. Katta boldir suyagining tanasi - corpus tibiae da
oldingi qirra - m argo anterior, ichki qirra - m argo medialis va kichik boldir suyagiga qaragan
qirra - m argo interossea bo‘ladi. Bu qirralar orasida esa ichki yuza - facies medialis, tashqi yuza -
facies lateralis, orqa yuza - facies posterior hosil bo‘ladi. Katta boldir suyagining pastki uchida
ichki to‘piq - malleolus medialis, tashqi yuzasida esa kichik boldir suyagi
bilan birlashadigan o ‘yma - incisura fibularis hosil bo‘ladi. Katta boldir
suyagining ostki yuzasida oshiq suyagi bilan bo‘g ‘im hosil etadigan yuza -
facies articularis inferior bo‘ladi. Medial to‘piqning bo‘g ‘im yuzasi facies
articularis malleoli medialis, egati esa sulcus malleolaris deyiladi. Katta
boldir suyagi proksimal uchida suyaklanish nuqtasi tug‘ilish davriga to‘g ‘ri
keladi. Distal epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2 yoshda hosil bo‘lib,
suyaklanib ketishi 16-19 yoshlarda yakunlanadi.
2.11.2.
K ich ik b o ld ir suyagi - fibula (g rekcha - p eronea)
Kichik boldir suyagi - fibula (grekcha - peronea) naysimon shakldagi
suyaklar guruhiga kirib, yuqori uchida boshcha - caput fibulae, boshcha-
ning uchi - apex capitis fibulae, katta boldir suyagi bilan bo‘g ‘im hosil
etuvchi yuza - facies articularis capitis fibulae, uning boshchasi va tanasi
orasida bo‘yin qismi - collum fibulae bo‘ladi.
Kichik boldir suyagining tanasi - corpus fibulae da oldingi qirra - margo
anterior, orqa qirra - m argo posterior, katta boldir suyagi tomonidagi suyak-
19-rasm. Katta va kichik boldir suyaklari: 1 - eminentia intercondylaris; 2 - condylus
medialis; 3 - condylus lateralis; 4 - apex capitis fibulae; 5 - tuberositas tibia; 6 - fibulae;
7 - margo anterior; 8 - margo interosseus; 9 - margo interosseus fibulae; 10 - margo
anterior tibiae; 11 - facies medialis; 12 - facies lateralis fibulae; 13 - facies medialis;
14 - margo lateralis; 15 - margo anterior fibulae; 16 - malleolus lateralis; 17 - malleolus
medialis.
www.ziyouz.com kutubxonasi
lararo qirra -
Do'stlaringiz bilan baham: |