yo‘llarini birinchi marta to‘liq o‘rgangan. Hayvon va odamlaming yuragini tekshirib, ichida to‘siqlar,
qopqoqlar (klapanlar) borligini topgan va ulaming vazifalarini aniqlagan, aorta, kavak vena va boshqa
katta tomirlar haqida ma’lumot bergan. Mushaklaming qisqarish holatlarini o ‘rganish natijasida
Erozistrat tuzgan harakat nazariyasi XVI-XVII asrlarga qadar fanda qo‘llanib kelingan.
R uf
(II asrda yashagan) qadimgi Rim imperiyasining taniqli shifokori bo‘lgan. Anatomiya
fanini boshqa tibbiyot fanlariga bog*lab o‘rganish sohasida ko‘pgina ishlar qilgan. Ruf hayvonlar
anatomiyasini o‘rganib, ularda amaliy tajribalar o ‘tkazish yo‘li bilan o‘ng va chap ko*ruv nervlarining
tolalari bir-biri bilan kesishganligini va ko‘z gavhari pardasini birinchi marta aniqlagan. U o‘z
kuzatishlari asosida «Odam gavdasi qismlarining nomlari to‘g ‘risida» nomli ilmiy asar yozgan.
K lavdiy Galen (Jolinus Hakim) taxminan 129-201-yillarda yashagan. Qadimgi Rim davlatining
mashhur olimi, anatomiya, fiziologiya, falsafa va biologiya fanlariga oid ko‘p asarlar yozib qoldirgan.
Olimning fikricha, odamni uchta ruh boshqaradi: birinchisi jigarda bo‘lib, venalar orqali; ikkinchisi
yurakda bo ‘lib, arteriyalar orqali tarqalsa; uchinchisi miyada vujudga kelib, nervlar vositasida
organizmning hamma qismlariga boradi, deb tushuntirgan.
Galenning anatomiya sohasidagi xizmatlari juda katta. Uning suyaklar tasnifi va ulaming
boylamlari (birlashmasi) haqidagi ko‘rsatmalari hozirga qadar saqlanib qolgan.
Galenning «Anatomik tekshirish usullari», «Gavda qismlarining ahamiyati», «Gippokrat
hamda Platon ilmlari va tushunchalariga doir» degan asarlaridan ma’lum bo‘lishicha, u bir qancha
mushaklami o‘zi tekshirgan va ulaming qisqarishlari nervlarga va bosh miyaga bog‘liq ekanligini
aniqlagan. Galen bosh miya bo‘laklari, uning venasi (vena cerebre magna Galeni) va orqa miya
tuzilishini o‘rgangan. Olim 12 juft bosh miya nervlaridan 7 jufti haqida yozgan. Bular ko‘ruv nervi,
ko‘zni harakatlantimvchi nerv (g‘altaksimon nerv bilan), uch shoxli nerv, tanglay nervi, eshitish
nervi, yuz nervi, adashgan (til osti nervi bilan) nervlardir.
Galen hayvonlar yuragini embrionda tekshirib, bo‘lmachalar orasidagi ovalsimon teshikni,
aorta bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasidagi yo‘lni aniqlagan va arteriyalarda havo emas, balki qon
oqishini birinchi bo‘lib isbotlagan.
Jahon fani va madaniyatining deyarli barcha sohalarida chuqur iz qoldirgan ensiklopedist olim
Do'stlaringiz bilan baham: