ANOMALIYALI QOVUSHQOQ NEFT - o' zining oqishi bo'yicha Nonyutonning qovushqoqlik ishqalanish qonuniga bo'ysinmaydigan neft.
AREOMETR - suyuqlik zichligini o'lchaydigan asbob. Areometr doimiy og'irlikli va doimiy hajmli bo'ladi. Doimiy og'irlikli areometr bilan o'lchashda zichlik areometrning suyuqlikda botish darajasiga qarab aniqlanadi. Doimiy og'irlikli areometr bilan zichlikni o'lchashda uni suyuqlik halqasimon tamg'asigacha botiriladi shunda suyuqlik zichligi palladan olingan yoki unda qo'yilgan toshlar bilan aniqlanadi. Areometr uvalanuvchan jinslarni granulometrik tahlil qilishda ham keng qo'llaniladi.
BOSIM - biror jism sirtiga tik yo'nalishda ta'sir qiladigan kuchlar shiddatligini ifodalovchi miqdor. Jism sirtiga tik ta'sir qiladigan kuchlar bosim kuchlari hisoblanadi. Masalan, suyuqlik yoki gazning quduq devoriga ta'siri.
BITUM - uglevodorod birikmalarining oksidlanmagan qismlardan iborat bo'lib, qora, timqora rangli, yengil uchuvchan, yonuvchan. Masalan, neft, asfaltlar, tog' bitumi va shu kabilarning umumiy nomi.
NEFTLI BITUM- neftga boy qora yoki to'q kulrang bitum.
KORROZIYAGA QARSHI KURASH - burg'ilash asbob-uskunalarining havo, chuchuk va tuzli suvlar, neft va gilli suyuqliklar ta'sirida zanglashiga qarshi kurashish jarayoni.
PO'LATNING CHIRISH VA ZANGLASHIGA QARSHI KURASH - burg'i quduqlarning o'zlashtirilishi yoki ularning turib qolishi natijasida chirish va zanglashining oldini olishga mo'ljallangan tadbirlar (nazorat qilish asboblarni
yuvish, yog'lash) ning majmui. Buning uchun burg'ilash nasosining gidravlik qismi bo'laklarga (to'sqich, silindrli vtulka, shtok, sal'nik zichlagichi) ajratiladi. Keyin silindrlar, to'sqich qutichalari gilli eritmalardan tozalanib yog'lanadi.
NEFT MAHSULOTLARI UCHUN BOCHKA- neft mahsulotlarni saqlash uchun mo'ljallangan, ust qismi kimyoviy moddalar bilan qoplangan zanglash chirish va olovga barqaror po'lat va temirdan yasalgan har xil sig'imli idish.
CH > CH3 BUTAN - metan qatoriga kiruvchi gazsimon uglevodorod C4H10. Butanning ikki xil struktura izomeri mavjud: oddiy CH3-CH2-CH2-CH3, qaynash-0,5oC ga izobutan;
CH2 - CH3 qaynash to-11,7oC ga teng. 1 l gazsimon butan og'irligi
2,732 g, oddiy suyuq butan solishtirma og'irligi 0,573, izobutanniki 0,551 ikkala izomerlar neftli gazlarda ishtirok etadi
VAKUUM - biror idishdagi atmosfera bosimi (700 mm sim. ustuni) dan past bosimgacha siyraklashtirilgan holati. Vakuum bosim birligi bilan o'lchanadi. Gazning vakuumdagi hususiyati gaz to'ldirilgan idish o'lchami bilan gaz malekulalarining erkin o'tishi yo'li (malekulalarning bir to'qnashishidan, ikkinchi to'qnashishigacha bosib o'tgan yo'lning o'rtacha uzunligi) orasidagi munosabatlariga bog'liq. Gazning siyraklashganlik darajasiga qarab, yuqori, o'rta va past vakuumga bo'linadi. yuqori vakuumga 1x103 mm sim. Ustunidan kichik, o'rta vakuumga 1x103 dan 1 mm sim. ustunigacha, past vakuum ga 1 mm dan 760 mm sim. ustunigacha bosim sohasi kiradi. Vakuumdagi gazlar atmosfera bosimidagi gazlarga nisbatan butunlay boshqa xossalarga ega bo'ladi. Vakuum monometr va vakuummetrlar bilan o'lchanadi. Kimyo va tog' metallurgiya va boshqa sohalarda keng tadbiq qilinadi.