Siklonli separatorning hisobi. Siklonli separatorda massasi m-bo'lgan zarrachaning cho'kishi uchta kuch ta'sirida sodir bo'ladi.
Markazdan qochma kuch.
л7, nd3 F = — р'~Г gr 6
Qarshilik kuchlari Stoks qonunidan kelib chiqib aniqlanadi.
R = 3л- fi- d -ш
(VII.8)
bu yerda, pzar, p-zarracha materialining va atrof muhitning zichligi; V-zarrachaning tangensial tezligi; f - zarrachani atrofidagi muhitning zichligi; r - markazdan zarrachaga masofa; ю - zarrachani cho'kish tezligi.
Zarrachaning barqaror harakatlanishi tenglikda sodir bo'ladi.
(VII.9)
(9.9) tenglikka (9.6) va (9.8) ifodalarni keltirib qo'yib, quyidagini olamiz.
ш = d '-pV V 18i g r
(VII.10)
Separatorning optimal ajratish bosqichlarini aniqlash. Neft konida neftdan gazni, gazkondensat konida kondensatdan gazni ajratishda savol tug'iladi, suyuq uglevodorod va neftni ajratish uchun uch bosqichli separator ma'qulmi yoki ko'p bosqichli (5-7 bosqichli) ajratish usuli? Bu savolga birdan javob berish qiyin, buning uchun kon maydonida neft, gaz va suv yig'ish tizimi bilan yaqindan tanishish kerak bo'ladi. Misol qilib, quduq ustida bosim (3,93 - 7,86 MPa) yuqori bo'lsa ko'p bosqichli ajratish usuli ma'qul hisoblanadi. Bunda har bir bosqichda bosim sekin tushirilib borish evaziga yengil gazlar dastlab ajraladi va oxirida kam miqdorda bir muncha og'ir bo'lgan uglevodorodlar qoladi.
Xuddi shu bosim uchun ikki yoki uch bosqichli separatorlardan foydalanilsa bosimning tez o'zgarishi evaziga gaz tarkibiga bir muncha og'ir uglevodorodlar ham qo'shilib ketadi.
Agar ko'p bosqichli ajratish usulini ikki yoki uch bosqichli ajratish usuli bilan taqqoslansa albatta ko'p bosqichli ajratish usuli samarali hisoblanadi. Ko'p bosqichli ajratish usuli germetik bo'lmagan neft va gaz yig'uv tizimida qo'llanilsa, barcha og'ir uglevodorodlar bug'lanib, ajratish samarasi nolga teng bo'ladi.
Separatorning gaz va suyuqlik o'tkazish qobiliyati bo'yicha hisobi. Separatorda ajraladigan fazalar tarkibini ajralish bosimi va haroratini o'zgartirish evaziga boshqarish mumkin bo'ladi.
Birinchi bosqich separatoriga kirayotgan gazning (erkin va erigan) miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin.
V=GQn (VII.12)
Birinchi bosqich separatoridan ikkinchi bosqich separatoriga neftda erigan holatda kirayotgan gazning miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Ve=ap1Qn m3/kecha-kunduz. Birinchi bosqich separatorida ajralgan erkin gazning miqdori quyidagiga teng
Vi=V-Ve=(G- api )Qn (VII.13)
Ikkinchi bosqich separatorida ajralgan erkin gazning miqdori quyidagiga teng
V2= a(P1- P2 ) Qn (VII.14)
n- bosqich separatorida separatorida ajralgan gazning miqdori quyidagiga teng:
Vn= a(p n-1- p2 ) Qn (VII.15)
bu yerda, V-quduqdan kelayotgan gazning miqdori, m3/sut; G-quduqdagi gaz faktori, m3/ m3; Qn -neft debiti, m3/kecha-kunduzda.
Nazorat savolari: Separator haqida ma'lumot bering?
Tik ajratgichda gaz harakatining tezligi formulasini ayting?
Suyuqlik bo'yicha tik gravitasion ajratgichning hisobi haqida ma'lumot bering?
Siklonli ajratgichning hisobi haqida ma'lumot bering?
bob bo'yicha xulosa
Bu bo'limda kon separatorlari, separatorlarning tasnifi, turli separatorlarning maqsadi va konstruktiv xususiyatlari, separatorlarning hisobi gaz bo'yicha tik gravitatsion separatorning hisobi, suyuqlik bo'yicha tik gravitatsion separatorning hisobi, siklonli separatorning hisobi, separatorning optimal ajratish bosqichlarini aniqlash, separatorning gaz va suyuqlik o'tkazish qobiliyati bo'yicha hisobi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.