Bog'liq N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,
III.9-rasm. O‘zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf o‘lchagichning sxemasi ko‘rsatilgan.
O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf o‘lchagichlarning asosiy kamchiligi - magnit elektrodlarida qutblanish va galvanik EYUK ning paydo bo‘lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan induksiyalangan EYUQ ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun, o‘zgarmas magnit maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta'sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida
o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon т vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa, EYUK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
(III.18)
E =4'Q'Bmax . s,n 2^- ft
л-D bu yerda bu - induksiyaning amplituda qiymati.
O‘zgaruvchan magnit maydonida elektrokimyoviy jarayonlar o‘zgarmas maydonga qaraganda kamroq ta'sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi III.9-rasmda ko‘rsatilgan. Chizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO‘ - o‘zgaruvchan magnit maydonli sarf o‘lchagichning birlamchi elektromagnit o‘zgartgichi; Magnit maydon elektromagnit 4 yordamida hosil bo‘ladi: O‘K - oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichi 0...5 mA o‘zgarmas tok chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartgich; O‘A - o‘lchash asbobi, integrator va hokazo; R - qarshilik.
Quvur 1 ning nomagnit qismi ichida elektromagnit 4 yordamida teng bo‘linmali magnit maydon hosil bo‘ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta'sirida hosil bo‘lgan EYUK suyuqlik sarfiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, elektrodlar 2 va 3 orqali oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichiga uzatiladi va sarfga mutanosib kuchlangan signal chiqadi. Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi. Unifikatsiyalashgan elektr chiqish signalining (0...5mA) mavjudligi ikkilamchi nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi.
Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta'sir qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga (qovushqoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas.
Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi.