2. Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar
Маmlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida tarbiyachining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Тarbiyachining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
"Tarbiyachi, deydi Al Forobiy, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bolishi va bolalarga aytmoqchi bolgan fikrlarini tola va aniq ifodalay olishni bilmogi zarur".
Zamonaviy tarbiyachi ijtimoiy psixolog bolmasligi mumkin emas. Chunki u bolalar ortasidagi ozaro ijobiy munosabatlarni yolga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Malumki pedagogik faoliyat kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Tarbiyachi jamiyat tomonidan qoyilgan talablar bilan bir qatorda oz faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktabgacha talim muassasasi mamuriyati, hamkasblari, bolalar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
Tarbiyachining oz ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining oziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan oqituvchiga qoyiladigan talablarga mos kelsa-da, oziga xos xususiyatlarga ega boladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning korsatishicha, xalq talimi bolimlari tarbiyachining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar.
Bolajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qoyiladi. Ularni asosiy, yani uni egallamasdan turib, yuqori malakali oqituvchi yoki tarbiyachi bolib yetishish mumkin bolmagan va ikkinchi darajali, yani bevosita pedagogik faoliyati uchun emas balki uning shaxs sifatida shakllanishi va shaxsga talim-tarbiya berishida muhim bolgan talablarga ajratish mumkin.
Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga yani uning muloqoti, qobiliyati, bilimi, malaka va konikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va talim berish uchun zarur bolgan sifatlarga bogliqdir. Asosiylari orasida ham, qoshimcha psixologik xossalar ichida ham ozgarmas, yani har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo oqituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun zarur bolgan hamda ozgaruvchan, yani muayyan davr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan muhit talablaridir.
Pedagogga qoyiladigan asosiy, bosh va ozgarmas talablar bolalarga bolgan mehr, pedagogik faoliyat, ozi ishlaydigan soha boyicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bolish, bolalarni oqitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas. Pedagog uchun qoshimcha, lekin nisbatan turgun talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy orinda turmasa-da, ammo oqituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.
Bu hamma xossalar tugma qobiliyat emas. Ular pedagogning muntazam mehnati, shuningdek, oz ustida tinmay ishlashi natijasida egallanadi.
Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir oqituvchi qaytarilmas va oziga xos shaxs sifatida namoyon boladi.
Jamiyat tomonidan qoyiladigan talablardan eng muhimi oqituvchining shaxsi va uning kasbi bilan boglik xislatlariga qaratilgan.
Jamiyatning oqituvchilik kasbiga qoyadigan asosiy talablari quyidagichadir:
-shaxsni manaviy va marifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uygonish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini, bolalarni mustaqillik goyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, oz
Vatani, tabiatga va oilasiga bolgan muhabbati;
-keng bilim saviyasiga ega bolishi, turli bilimlardan xabardor bolishi;
-yosh, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;
ozi dars beradigan fan boyicha mustahkam bilimga ega bolib, oz kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bolishi;
talim va tarbiya metodikasini egallashi;
oz ishiga ijodiy yondoshishi;
bola psixik taraqqiyotini, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
pedagogik texnikani (mantiq, nutq, talimning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bolishi;
-pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir tarbiyachi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bolishga intilishi kerak.
Tarbiyachiga jamiyat tomonidan qoyiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan tarbiyachining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bolgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali ozgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish bir muncha murakkabdir. Jamiyatda roy berayotgan yangi shart-sharoitlar, talim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qoyadi.
Bolani hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning ozi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bolmogi va ozida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormogi lozim.
Ota-onalar oqituvchining ish staji va yoshi qanday bolishidan qatiy nazar undan farzandlarini tarbiyalash va oqitish mahoratini kutadilar. Bolalar esa tarbiyachilarni uch xil xislatlari boyicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, tarbiyachining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi korish xislatlari; ikkinchidan, tarbiyachining sezgirligi, talabchanligi bilan bogliq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, tarbiyachining oz fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi talim jarayoni bilan bogliq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni takidlab otish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qoyiladigan talablar bilan birga, tarbiyachi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qoyiladigan ijtimoiy talablar ham osib bormoqda.
Tarbiyachiga jamiyat tomonidan qoyiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan oqituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |