N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

12.6. Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashishga  
muhtoj shaxslarni aniqlash 
 
Bozor  islohotlari  sharoitida  mehnat  resurslarining  ish  bilan  bandligini  ta’minlash 
muammolari  dolzarb  tus  oladi.  Chunki  mehnat  salohiyatini  yuzaga  chiqarish  va  undan 
samarali  foydalanish  orqaligina  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotga  erishish  va  aholi 
farovonligini  ta’minlash  mumkin.  Prezident  I.A.  Karimov  ta’kidlaganidek,  ishlashni 
xohlovchilarning  hammasini  ish  bilan  ta’minlabgina  qolmasdan,  eng  maqbul,  ijtimoiy 
yo’naltirilgan  ish  bilan  bandlikni  vujudga  keltirish  uchun  zarur  sharoitlar  yaratish 
maqsadida mukammal mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo’lgan 
shaxslarni to’la hisobga olish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu  muammolarni  hal  qilishda  mehnat  potensialini shakllantirish, taqsimlash  va 
ishga  joylashish  borasidagi  real  ehtiyojni  aniqlash  imkonini  beradigan  samarali  usuldan 
foydalanib,  ularning  safarbarlik  holatini  hisobga  olishni  takomillashtirish  muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun esa mehnat resurslari balansini tuzish va uni tahlil qilish 
maqsadga muvofiqdir. Mehnat resurslari balansi mehnat resurslari mavjudligi va ularning 
iqtisodiyot  tarmoqlari  va  iqtisodiy  faoliyat  turlari  bo’yicha  taqsimlanishini  tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar tizimidir. 
Mazkur  balans  hisobot  va  prognoz  ko’rinishlarda  tuziladi.  Mehnat  resurslarining 
hisobot  balansi  mehnat  resurslarining  amaldagi  ko’rsatkichlari  va  ularning  hisobot 
davrida  (yilda)  taqsimlanishi  bo’lib,  u  hisobot  yilida  o’tkazilgan  monitoring  natijalari 
asosida  ishlab  chiqiladi.  Prognoz  balansda  esa  mehnat  resurslaridan  foydalanish  holati 
tahlil qilinib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini hisobga olgan holda tuziladi. 
Mehnat  resurslari  balansi  ikki  qism  –  resurslar  va  taqsimlash  qismlaridan  iborat 
bo’lgan ko’rsatkichlar tizimidir. Birinchi qism mavjud mehnat resurslarini hamda ularni 
shakllantirish  manbalarini  ko’rsatadi.  Ikkinchi  qism  mehnat  resurslarining  iqtisodiy  faol 
hamda iqtisodiy nofaol shaxslarga taqsimlanishini ko’rsatadi. 
Mehnat  resurslari  balansini  tuzish  hamda  ishga  joylashishga  muhtoj  shaxslarni 
aniqlash  chog’ida  asosiy  axborot  manbalari  davlat  statistikasi  ma’lumotlari,  ma’muriy 
hisobga  olish  (masalan,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  organlari,  uy 
xo’jaliklari,  xodimlar  ro’yxatlari)  turlari,  shuningdek  ish  bilan  bandlik  masalalari 
yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat. Ushbu xilma-xil manbalar ulardagi 
axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to’plash shakllari va usullari bo’yicha 
bir-biridan farq qilishi mumkin. 
Tanlanma  monitoring  ma’lumot  to’plash  vositalari  orasida  eng  moslashuvchan 
usuldir. Uning natijalariga qarab, mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, 


 
271 
ishsizlar,  iqtisodiy  nofaol  aholi  sonini  ko’rsatuvchi  ma’lumotlarni  olish,  shuningdek 
zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o’zgartirish yoki maydalash mumkin. 
Bu esa, ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining turli shakllarini aniqlash 
imkonini  beradi.  Ishchi  kuchini  tekshirib  chiqish  faqat  ishlayotganlarni  emas,  balki 
vaqtincha  ish  bilan  band  bo’lmaganlarni  ham  qamrab  olganligi,  u  mehnat  resurslari  va 
ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to’la-to’kis tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 
Mehnat  resurslarining  hisobot  balansi  har  qaysi  yil  va  uning  davrlari  yakunlariga 
qarab, respublika va uning hududlari bo’yicha tuziladi. 
O’zbekiston  Respublikasida  2007  yilning  1  iyuligacha  amal  qilib  kelgan  mehnat 
resurslari  balansi  shakli  Vazirlar  Mahkamasining  2002  yil  31  yanvardagi  «Aholini  ish 
bilan  bandligini  hisobga  olish  tizimini  takomillashtirish  to’g’risida»gi  42-sonli  Qarori 
bilan  qabul  qilingan  bo’lib,  mazkur  balans  Prezident  farmon  va  qarorlari  asosida 
mamlakatda  ish  bilan  bandlikning  yangi  noan’anaviy  shakllarining  (uy  mehnati, 
kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat 
ko’rsatish  va  servis)  paydo  bo’lishi  natijasida  o’z  qamrovini  yo’qotdi.  Shuningdek, 
mazkur  metodika  respublika  aholisi  va  uy  xo’jaliklari  statistikasini  yuritish  va  ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatlari  monitoringini  amalga  oshirishda  xalqaro  standartlar  va 
yangi talablarga javob bermay qo’ydi. 
Shundan  kelib  chiqqan  holda  2007  yil  24  mayda  Vazirlar  Mahkamasining  «Ishga 
joylashtirishga  muhtoj  ish  bilan  band  bo’lmagan  aholini  hisobga  olish  metodikasini 
takomillashtirish  to’g’risida»gi  106-sonli  Qarori  qabul  qilindi  va  unga  muvofiq  joriy 
yilning  1  iyulidan  boshlab  «Ishga  joylashtirishga  muhtoj  mehnat  bilan  band  bo’lmagan 
aholini  hududlar  bo’yicha  hisoblab  chiqish»  Metodikasi  amaliyotga  tatbiq  etildi. 
Metodika  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  tomonidan  belgilangan  normalardan  kelib  chiqqan 
holda  ishlab  chiqilgan  hamda  O’zbekiston  Respublikasining  ish  bilan  ta’minlash  va 
mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Unda «ishga joylashtirishga 
muhtoj  mehnat  bilan  band  bo’lmagan  aholi»  tushunchasi  xalqaro  standartlarda  nazarda 
tutilgan «ishsizlar» tushunchasiga teng deb qaraladi. 
Mazkur metodikaga ko’ra: 
1. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan 
bandlar  soni  va  iqtisodiy  faol  bo’lmaganlar  sonini  chiqarib  tashlagan  holda  quyidagi 
formula bo’yicha aniqlanadi: 
 
 
 
bunda: MM – ishga joylashtirishga muhtoj aholi (ishsizlar); 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish