N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


 Daromadlarni tartibga solishda soliqlarning roli



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

11.5. Daromadlarni tartibga solishda soliqlarning roli 
 
Har  bir  mamlakat  hukumati  daromadlarga  turlicha  ta’sir  ko’rsatuvchi  soliqlar 
tizimlaridan foydalanib, o’z soliq siyosatini o’tkazadi. «O’zbek tilining izohli lug’ati»da 
soliq so’ziga shunday ta’rif berilgan: «Soliq – ma’lum tartibda aholidan davlat foydasiga 
to’lanadigan pul, mablag’». 
Majburiy  badal  sifatida  soliqlar  tegishli  darajadagi  byudjetga  (yoki  byudjetdan 
tashqari fondlarga) tushadi va ikki xil ko’rinishga ega: 
1) daromadlar va mulk soliqlari, fuqarolardan olinadigan daromad solig’i, korxona, 
firmalar  oladigan  foydaga  solinadigan  soliq,  mol-mulk  va  yer  solig’i.  Ular  muayyan 
jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi va bevosita yoki to’g’ri soliqlar deyiladi; 
2)  tovarlar  va  xizmatlarga  solinadigan  soliqlar:  qo’shilgan  qiymat  solig’i,  aktsizlar 
(tovarlar  va  xizmatlar  narxlariga  bevosita  qo’shiladigan  soliq)  yer  osti  boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar. 
Bu soliqlarni bilvosita yoki egri soliqlar deyiladi. 
Soliqlarni tartibga solish funktsiyasi quyidagilardan iborat: 
- soliq solish tizimini o’rnatish va o’zgartirish; 
- soliq stavkalarini belgilash, ularning differentsiatsiyasi; 
- soliq  imtiyozlari  berish – iqtisodiy  siyosat  vazifalariga  muvofiq  maqsadlarda 
foydalaniladigan foyda va sarmoyaning bir qismini soliqdan ozod qilish, aholining ayrim 
guruhlariga (nogironlar, pensionerlar, harbiy xizmatchilar) soliq imtiyozlari berish. 
Aholi  olish  mumkin  bo’lgan  daromadlarni  shakllantirish  nuqtai  nazaridan  soliqlar 
daromad solig’i, mulk solig’i va ish haqining bir qismini Pensiya fondiga ajratish (keyinchalik 
uni pensiya sifatida qaytarish) bilan bevosita ta’sir qilsa, firma ish haqi fondidan to’lanadigan 
va boshqa soliqlar orqali bilvosita ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I. Karimov  2002  yil  16  fevral’  kuni  Vazirlar 
Mahkamasi  majlisida  so’zlagan  nutqida  «Biz  bundan  buyon  ham  soliqlar  miqdorini 
kamaytirish  siyosatini  izchillik  bilan  olib  borishimiz  kerak»,  degan  edi.  O’zbekiston 
davlati  mustaqillik  yillari  mobaynida  moliyaviy  qudratining  yuksalishi,  moddiy 
imkoniyatlarining  kengayishiga  qarab  aholidan  soliq  olish  miqdorini  qadam-baqadam 
kamaytirib borayapti. Masalan, eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdori va undan 
yuqori miqdorida daromad olgan jismoniy shaxslarga solinadigan soliq stavkasi bundan 
bir  necha  yil  ilgari  45,0  %  edi,  bugun  bu  raqam  25,0  %ni  tashkil  etadi.  Bu  ko’rsatkich 
Fransiyada 44,0 %, Germaniyada 38,0 %, Buyuk Britaniyada 37,0 %, Kanadada – 35,0 
%, AQShda – 30,0 %ni tashkil etadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  12  dekabrdagi  PQ-744  sonli 
Qaroriga  muvofiq  O’zbekistonda  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i 
quyidagicha belgilangan: 
- eng kam ish haqining 6 baravarigacha – 13,0 %; 
- eng kam ish haqining 10 baravarigacha – 18,0 %; 


 
229 
- eng kam ish haqining 10 baravari va undan yuqori – 25,0 %. 
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, soliq stavkalarining optimal darajasi foydaga 15-20 %, 
qo’shimcha  qiymatga 5-7  %gacha,  ish  haqiga  daromad  va  ijtimoiy  soliqlar  30-35  %ni 
tashkil  etadi.  Daromad  solig’i  to’laydigan  jismoniy  shaxslar  doirasini  aniqlashda  soliq 
solish  darajasi  chegaralarini  doimiy  qayta  ko’rib  turish  mexanizmining  saqlanishi  juda 
muhim. 
Fuqarolardan olinadigan daromad solig’i O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan va 
fuqaroligi  bo’lmagan  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i  to’g’risida»gi  Qonun 
asosida  belgilanib,  uning  to’lovchilari  o’z  mustaqil  daromadlariga  ega  bo’lgan jismoniy 
shaxslar hisoblanadi. Bu soliqning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1.  Bu  soliqqa  faqat  doimiy  turar  joyi  bo’lgan  shaxslar  emas,  xorijlik  fuqarolar  va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham tortiladi. 
2. Soliqqa asosiy ish joyidan olinadigan ish haqidan tashqari, o’rindoshlik yo’li bilan 
bajariladigan  xizmatlari  uchun  olinadigan,  shuningdek  mualliflik  huquqi  va  tadbirkorlik 
xorijdan  keladigan  daromadlardan  keladigan  daromadlar  va  boshqa  manbalardan 
olinadigan daromadlar ham tortiladi. 
3.  Korxona  va  tashkilotlar  soliq  miqdorini  oylik  ish  haqi  va  boshqa  daromad- 
lardan ushlab qoladilar. Ikki va undan ko’p joyda ishlovchilar, boshqa daromad manbalari, 
jumladan, mualliflik huquqi va tadbirkorlik daromadiga ega bo’lganlar har yili 1 aprelgacha 
soliq inspektsiyalariga deklaratsiya topshirib, bunda yalpi daromadlarining umumiy miqdori 
va ularning ayrim manbalarini ko’rsatadilar. 
4.  Soliq  stavkalari  daromad  miqdoriga  qarab  oshib  boruvchi  (progressiv)  usulda 
hisoblanadi. Stavkalar har yili o’zgarib turishi mumkin. 
5.  Daromad  solig’i  bo’yicha  fuqarolarning  bir  qator  toifalariga  imtiyozlar  ko’zda 
tutilgan.  Yengilliklar  qatorida  harbiy  xizmatchilar,  alohida  xizmatlari  uchun  ayrim 
shaxslar va nogironlar soliqdan to’la yoki qisman ozod etilishi mumkin. 
6.  Xorijdan  keladigan  daromadlar,  shuningdek  merosxo’rlar,  huquqiy  vorislar, 
to’lovlardan  daromad  solig’ini  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  shu  mablag’ni 
to’lovchi tashkilot tomonidan ushlab qoladi. 
Soliq  siyosatining  dolzarb  muammolaridan  biri soliq  yukini  kamaytirish  va  uning 
optimal  darajasiga  erishishdir.  Uni  oqilona  hal  etish  uchun  davlatning  resurslari  va 
sarflanadigan  xarajatlarini  baholash,  davlat  xarajatlarini  markaziy  byudjetga  tushadigan 
moliyaviy  resurslar  miqdorini  o’zaro  muvofiqlashtirish  lozim.  Progressiv  soliq  solish 
masalasini  hal  etish  aholi  daromadlari  differentsiatsiyasi  aholining  daromadlar  guruhi 
bo’yicha tabaqalanishi zichligiga uzviy bog’liq. 
Hozirgi  vaqtda  rivojlangan  mamlakatlarda  davlat  byudjetlari  daromadining  80-90 
%i  soliqlar  hisobiga  vujudga  keladi.  O’zbekistonda  iqtisodiy  taraqqiyotning  bundan  ke-
yingi rivoji ham ko’p jihatdan soliq tushumlariga bog’liq. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti 
qonunlariga amal qilib respublika soliq tizimini yangilab borish va uni takomillashtirish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Soliqlar makroiqtisodiy  rolining  keskin  o’sib  boruvchi 
ko’rsatkichi bo’lib, ular hissasining yalpi milliy mahsulot hajmidagi hissasi hisoblanadi. 
Bu ko’rsatkichlar qancha yuqori bo’lsa, davlat shuncha qudratli bo’ladi. 
Ma’muriy  buyruqbozlik  tizimida  soliqlar  o’rniga  turli  ajratmalar  va  to’lovlar  joriy 
etilgandiki,  ular  o’sha davrning  xo’jalik  yuritish  usullariga  mos tushar edi. Iqtisodiyotni 
boshqarishning  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  yangi  shakl  va  usullariga  o’tish  bir 


 
230 
tomondan  korxonalar  bilan  davlat,  boshqa  tomondan  aholi  va  davlat  o’rtasidagi  ko’p 
qirrali  va  murakkab  o’zaro  munosabatlarni  yangicha  shart-sharoitlariga  moslashtirishni 
talab qilib qo’ydi. 
Soliqqa  tortish  ishlarini  shunday  olib  borish  kerakki,  uning  natijasida  davlat  va 
mahalliy  byudjetlar  yetarli  manbaga  ega  bo’lishi  va  undan  mamlakat  milliy 
iqtisodiyotining  hamma  sohalarida  foydalanish  imkoniyati  yaratilishi,  mahsulot  ishlab 
chiqarish  hajmini  ko’paytirish  va  xarajatlarni  kamaytirishga  erishilishi  ta’minlanishi 
lozim. 
Soliqqa  tortish  tizimini  soliqlarning  iqtisodiy  mohiyati  bilan  bog’lab  o’rganish  va 
undan  oqilona  foydalanish  respublika  iqtisodiyoti  uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Soliqlar 
solish  yo’li  bilan  iqtisodiy  jarayonlarni  tartibga  solishning  asosiy  mohiyati  shundaki, 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan korxonalardan soliqlar ko’proq olinib, boshqa korxonalarga 
yengilliklar yaratib berilishi lozim. 
Bulardan tashqari, soliqlar yordamida ishlab chiqarishni rag’batlantirish, tovar ishlab 
chiqarish va iste’molni ko’paytirish yoki ba’zi hollarda ayrim tovarlarni ishlab chiqarishni 
kamaytirish mumkin, ya’ni soliqlar iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turishning muhim 
vositasi bo’lib xizmat qiladi.  
Respublikada  soliqqa  tegishli  qonunchilik  bazasi  yaratilgan  bo’lib,  ularda  mamlakat 
hududida  amal  qiluvchi  soliq  turlari  va  stavkalari,  soliq  sub’yektlari  va  ob’yektlari, 
soliqlarni to’lashning tartib-qoidalari, soliq solish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga 
beriladigan yengilliklar, soliq qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda soliq to’lash 
yuzasidan  kelib  chiqadigan  nizolarni  hal  etishning  umumiy  tartib-qoidalari  belgilangan 
bo’lib, ular bilan iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga 
oshiriladi: 
- manbalaridan  qat’i  nazar,  barcha  olingan  daromadlardan  soliqlar  to’lashning 
majburiyligi; 
- barcha  hududiy-ma’muriy  pog’onalar  uchun  yagona  bo’lgan  umumdavlat  soliq 
siyosatini amalga oshirish; 
- o’z  faoliyati  bilan  eng  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  ekologik  muammoni 
hal  etishga  ko’maklashayotgan  samarali  ishlovchi  korxonalarga  soliqlar  bo’yicha 
yengilliklar  berish,  shuningdek  xo’jalik  yuritishning  ilg’or  shakl  va  uslublarini 
takomillashtirish orqali soliq qonunlarining rag’batlantiruvchi funktsiyasini oshirish; 
- deklaratsiyalar  hamda  tanlab  o’tkaziladigan  tekshirish  va  taftishlarni  amalga 
oshirish  asosida  barcha  sub’yektlarning  soliq  majburiyatlari  ustidan  moliyaviy  nazorat 
o’rnatish,  soliq  qonunlariga  rioya  qilmaydiganlarga  nisbatan  ma’muriy  yoki  iqtisodiy 
choralar qo’llash. 
Soliq solishdagi  muhim  mezon soliq stavkasini  maqsadga  muvofiq  belgilashdir.  U 
soliq  solish  ob’yekti  va  sharoitlariga  qarab  o’zgarib  borishi  kerak,  aks  holda  ishlab 
chiqarishni 
talab 
darajasida 
o’stirish  yoki  daromadni  ko’paytirib  borishni 
rag’batlantirishdan  iborat  funktsiyasini  bajarmay  qo’yadi,  chunki  agar  soliq  stavkasi 
g’oyat yuqori bo’lsa, davlat byudjetining daromad qismi oshib boradi. Lekin bu sharoitda 
soliq  to’lovchilar  daromadlarini  ko’paytirishdan  kamroq  manfaatdor  bo’ladilar,  chunki 
daromad oshgani sari uning katta qismi soliq tariqasida olib qo’yiladi va unga qoladigan 
daromad kamayadi. 


 
231 
Soliq  tizimini  takomillashtirish  va  uning  iqtisodiyotga  ta’sirini  kuchaytirish 
maqsadida korxonaning qaysi mulk shakliga  mansubligidan qat’i nazar, soliq stavkasini 
korxonalar daromadi yoki ustav fondining miqdoriga qarab belgilash kerak. Soliqlarning 
iqtisodiy  jarayonlarni  tartibga  solishdagi  o’rni  ko’p  jihatdan  soliqqa  tortilmaydigan 
minimumga bog’liq.  
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etib, iqtisodiy faollikni tartibga solib 
turuvchi  vositalardan  biriga  aylanishi  lozim.  Bu  masalada  sanoati  rivojlangan 
mamlakatlarda  qo’llaniladigan  «tezlashtirilgan  amortizatsiya»  deb  ataladigan  soliq 
mexanizmining ahamiyatini kuchaytirish kerak. Uning mazmuni shundan iboratki, soliq 
organlari  korxonalarga  amortizatsiya  fondiga  asosiy  kapitalning  haqiqiy  yemirilishidan 
ham ortiqroq summani ajratishga ruxsat beradi. Shu tariqa soliq solinadigan foyda hajmi 
kamayadi.  Tezlashtirilgan  amortizatsiya  usuli  korporativ  sektorda  kapital  mablag’larni 
rag’batlantirish, ayniqsa, fan tarmoqlarini rivojlantirishda keng foydalaniladi. 
Soliqlarning iqtisodiy jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solib turishdagi asosiy 
hamda  eng  muhim  mexanizmlardan  biri  ekanligini  e’tirof  etish  lozim.  Soliqning  har 
qanday  turi  korxonalar  va  aholi  daromadlarining  bir  qismini  davlat  va  mahalliy 
byudjetlariga  undirib  olish  funktsiyasini  bajaradi.  Vaholanki,  bu  mablag’lar  ishlab 
chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchi  sotib  olish  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish  uchun  ishlatilishi  mumkin.  Shunday  ekan,  soliq  solish  tizimini 
takomillashtirish  milliy  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishning  muhim  omili  bo’lib  xizmat 
qiladi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish