N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

    MP JMpr + JMrr + JMz 
 


 
251 
Yana  bir  rossiyalik  tadqiqotchi  A.Ya.  Kibanov  shu  kategoriya  yuzasidan  o’z  fikr-
mulohazalarini  keltirar  ekan,  mehnat  potensialiga  jamiyatning  moddiy  ne’matlar 
yaratuvchi  kuchi  sifatida  qaraydi  va  unga  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Potensial  o’zida 
mehnat  resurslarining  ishga  bo’lgan  qobiliyatlarining  sifat  va  miqdor  xususiyatlari 
umumlashmasini ifoda etadi. Biroq, bunda «potensial» va «resurs» tushunchalarini o’zaro 
qarama-qarshi qo’yish kerak emas, chunki potensial jamiyat, jamoa va shaxs tomonidan 
yaratilgan,  kelgusida  amal  qilish  va  taraqqiy  etish  imkoniyatini  ta’minlovchi  sifatlarni 
ifoda etib, mohiyat jihatdan «resurs» tushunchasiga mos keladi»
1

I.S.  Maslova  iqtisodiy  qarashlarida  potensialga  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Mehnat 
potensiali – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining 
muayyan  darajasida  ijtimoiy  foydali  faoliyatda  ishtirok  etishiga  ko’ra  ishga  layoqatli 
aholi, turli xizmatchilar guruhi yoki alohida inson barcha mehnat imkoniyatlarining sifat 
va miqdor xususiyatlari birligidir»
2

A.S.  Pankratovaning  qarashlarida  ham  miqdoriy,  ham  omilli  yondashuvni  ko’rish 
mumkin.  Biroq,  bunda  u  mehnat  potensialini  har  ikkala  (miqdor  va  sifat)  jihatlarining 
o’zaro uyg’unligi orqali ko’radi. Uning fikricha, mehnat potensiali – jamiyatning, ishlab 
chiqarishni  rivojlantirish  talablariga  mos  keluvchi  shaxsiy  omil  bilan  ta’minlash 
imkoniyatini miqdoriy ta’riflaydigan tushunchadir. Boshqa olimlardan farqli o’laroq, A.S. 
Pankratova  potensial  –  shaxsiy  omilning  miqdoriy  namoyon  bo’lishidir,  deb  ta’riflaydi. 
Shuningdek,  tadqiqotchi  mehnat  potensialini  aniqlashda  ishga  layoqatli  aholining  soni, 
ish vaqti Miqdori (davomiyligi) va unumdorlik kabi ko’rsatkichlarga ham alohida e’tibor 
qaratadi
3

A.E.  Kotlyar  mehnat  potensiali  kategoriyasini  tadqiq  etar  ekan,  uning  miqdor  va 
sifat jihatlarini quyidagi tarzda ajratib beradi: miqdor ko’rsatkichlar o’zida ishga layoqatli 
aholining soni va unumdorlikning muayyan darajasida ularning ishlagan vaqtlari hajmini 
aks  ettirsa,  sifat  jihatlar  esa  xizmatga  layoqatlilarning  sog’lig’i,  jismoniy  qobiliyatlari, 
ma’lumoti, malakasi va g’oyaviy-siyosiy darajasi bilan ifodalanadi. 
Kategoriyaning  miqdor  va  sifat  ta’riflari  o’zbekistonlik  olima  D.N.  Raximova 
tomonidan  ham  keng  yoritib  berilgan,  uning  fikricha,  mehnat  potensiali  miqdor 
ko’rsatkichlari bilan bir qatorda sifat tomonlariga ham ega bo’lishi kerak
4

Mazkur  ta’limotlar  tomonidan  ilgari  surilgan  turli  nuqtai  nazar  va  qarashlarda 
«mehnat  potensiali»  tushunchasi  turlicha  talqin  qilinmoqda.  Bunda  unga  omil  sifatida 
yondashuvchilar resurs deb qarovchilarga nisbatan kengroq anglamoqdalar.  
Demak,  ko’rib  o’tilganidek,  mehnat  potensiali  ko’pchilik  olimlar  asarlarida 
tushuncha  sifatida  qaraladi,  ba’zi  tadqiqotchilarning  ilmiy  ishlarida  esa,  u  ijtimoiy-
iqtisodiy  kategoriya  sifatida  e’tirof  etiladi.  Bir  qator  tadqiqotchilar  esa  uni  nisbatan 
kengroq  talqin  qilib,  mazmun  jihatdan  «mehnat  resurslari»,  «ishchi  quchi»  kabilardan 
farq qiluvchi murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya deb qaraydilar. Mazkur 
tushunchani iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qiluvchilar mehnat potensialining ijtimoiy 
shakli  sifatida  ishchi  jamoalar  va  alohida  xizmatchilarning  shakllanishi,  taraqqiy  etishi 
                                                           
1
Экономика и социология труда. Учебник. Под ред. А.Кибанова. - М.: ИНФРА-М, 2007, с.32. 
2
Маслова  И.С.  Рабочая  сила  в  пореформенной  России.//ЭКО:  Экономика  и  организация  промышленного 
производства, 2002, № 12. с.151. 
3
Панкратова А.С. Социология труда. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.161. 
4
Рахимова  Д.Н.  Трудовой  потенциал  Узбекистана  в  условиях  переходной  экономики:  проблемы  развития  и 
эффективного использования. -Т.: ТашГУ, 1998, 21-6. 


 
252 
hamda inson shaxsining imkoniyatlaridan amalda foydalanish borasida yuzaga keladigan 
ishlab chiqarish munosabatlarini ko’radilar. 
O’zbekistonlik 
bir 
guruh 
iqtisodchi 
olimlar 
(R.A. 
Ubaydullaeva,  
X.P.  Abulqosimov,  D.N.  Raximova,  Sh.N.  Zaynutdinov,  Sh.R.  Xolmo’minov,  
A.A.  Abdug’aniev,  A.V.  Vahobov,  N.X.  Rahimov)  mehnat  potensiali  jismoniy 
imkoniyatga,  ma’lumot,  kasbkor,  malakaga  ega,  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etishga 
layoqatli  barcha  fuqarolarni  o’z  ichiga  oladi,  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Bu  ta’rifda  ular 
potensial  resursga  nisbatan  keng  tushuncha  bo’lib,  miqdor  ko’rsatkichlari  bilan  birga 
ishchining  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  sifat  ko’rsatkichlariga  ham 
egadir, deb ta’kidlaydilar. 
Fikrimizcha, mehnat potensiali mehnatga bo’lgan qobiliyatlarning umumlashmasini 
(ularning miqdoriy va sifatiy munosabatlarida), alohida ishchini va jami xizmatchilarning 
mehnat  faoliyatida  qatnashish  imkoniyatlarini  ifodalaydi.  Potensialning  resursdan  sifat 
jihatidan farqi shundan iboratki, mehnat potensiali jamiyat ixtiyoridagi oddiy ish salmog’i 
(massasi)  emas,  balki,  ijtimoiy  mehnatning  yuqori  samarasini  ta’minlaydigan, 
mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  optimal  imkoniyatini  ifodalaydigan, 
xizmat faoliyatiga muvofiq keluvchi sharoitlar birligidir. 
O’zbekistonda  chop  etilgan  «Mehnat  iqtisodiyoti»  darsligida  keltirilishicha, 
«mehnat  potensiali»  iqtisodiy  kategoriyasining  «ishchi  kuchi»  va  «mehnat  resurslari» 
kabi kategoriyalardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat. 
Birinchidan,  mehnat  potensiali  jamiyat  qilayotgan  jonli  mehnatning  miqdoriy  va 
sifatiy  aniq  resurslaridir.  Shuningdek,  u  o’zida  sifat  jihatlarining  barchasini 
gavdalantiradigan ishchi kuchi majmuidir. 
Ikkinchidan,  ushbu  iqtisodiy  kategoriya  muayyan  bir  ishchini  ham,  ularning 
barchasini  ham  mavjud  imkoniyatlardan  foydalanish  darajasini  baholash  imkoniyatini 
beradi, bu amaliyotda inson omilining faolligini oshiradi. 
Uchinchidan,  mehnat  potensialini  tahlil  qilish,  ishlab  chiqarishning  inson  va 
ashyoviy omillari o’rtasida sifatiy, tarkibiy muvofiqlik bo’lishiga yordam beradi. 
Mazkur  fikr-mulohazalarni  rivojlantirgan  holda  ta’kidlash  lozimki,  «mehnat 
potensiali» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, «mehnat resurslari» 
va  «ishchi  kuchi»  tushunchalaridan  ko’ra  kengroq  ma’no  kasb  etadi.  Mamlakat  mehnat 
potensialini  ta’riflashda,  unga  faqat  ish  jarayonini  amalga  oshiruvchi  kuch  va 
imkoniyatlarning  namoyon  bo’lishi,  deb  qaramaslik  kerak  Chunki  mehnat  potensiali 
iqtisodiyotda  band  bo’lgan  va  xizmat  jarayonlarida  faol  ishtirok  etayotgan  ishchi  kuchi 
bilan  birga  aholining  mehnatda  band  bo’lmagan  nofaol  (zaxira)  qismini  ham  o’z  ichiga 
oladi. 
«Ishchi  kuchi»  va  «mehnat  resurslari»  tushunchalari  bir  xil  mazmunga  ega  emas, 
resurslarning  ishchi  kuchiga  aylanish  jarayoni  bir  qancha  bosqichlarni  bosib  o’tadi. 
Dastlabki  bosqichda  resurslar  ishchi  kuchining  salohiyatli  qismi  bo’lib,  ular  mehnat 
vositalari  va  qurollari  bilan  ishlash  tajribasini  orttiradi.  Ikkinchi  bosqichda  esa  ular  ish 
joylarga  taqsimlanadi.  Shu  tariqa  jismoniy  va  aqliy  qobiliyatlarning  faoliyat  jarayonida 
sarflanishi ro’y beradi. 
Mehnat resurslari bu davrda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi 
vaqt va quvvat sarflab, moddiy ne’mat yaratadi hamda u iste’mol qiymatiga ega bo’ladi. 


 
253 
Ishchi  kuchi  mehnat  faoliyatini  to’xtatishi  bilan  yana  iqtisodiy  nofaol  aholi  tusini 
oladi,  lekin  resurs  tarkibida  qoladi.  Shu  sababli  mehnat  resursi  mehnat  potensialidan  o’z 
xizmati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko’ra farqlanadi. 
Potensialni  ilmiy-iqtisodiy  jihatdan  tadqiq  etish  uning  resurs  tarzidagi  mazmun-
mohiyatini  ham  sifat,  ham  miqdor  jihatdan  ochib  beradi.  Mehnat  potensialini  ijtimoiy-
iqtisodiy  kategoriya  sifatida  shakllanishi,  uning  tadqiq  etilishi  va  o’rganilishi  bir  necha 
bosqichlarni  bosib  o’tdi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanib  borishi  natijasida 
«ishchi  kuchi»,  «mehnat  resurslari»,  «mehnat  potensiali»  kabi  iqtisodiy  tushuncha  va 
kategoriyalarning  ham  ma’no-mazmuni  birmuncha  o’zgarib  bormokda.  Bulardan  nafaqat 
ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar, balki kundalik amaliyotimizda ham keng foydalanila boshladi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish