N. T. Jo‘rayeva ijtimoiy va pedagogik


Muvaffaqiyatga intilish hamda mag‘lubiyatdan qochish motivlari, tavakkalchilik psixologiyasi



Download 482,14 Kb.
bet23/89
Sana20.02.2022
Hajmi482,14 Kb.
#461248
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Bog'liq
1-мавзу

2. Muvaffaqiyatga intilish hamda mag‘lubiyatdan qochish motivlari, tavakkalchilik psixologiyasi.
Odamlarning mehnatga ichki psixologik motivatsiyasi ularning professional xulq-atvorining mazmunan boy bo‘lishini, kasbga nisbatan ongli va to‘g‘ri motivatsiyaning shakllanishini ta'minlaydi. Shu o‘rinda mashhur psixolog Abraam Maslouning motivlar ierarxiyasi hamda D.Maklellandning motivatsiya konsepsiyalari katta ahamiyatga egadir. D.MakKlellandning motivatsiya nazariyasida esa uch turli ehtiyojlar va ularga mos motivlar ajratilgan:
xukmronlik qilish ehtiyoji, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji va aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyoji.
Har bir ehtiyoj turi o‘ziga xos turtkiga sabab bo‘ladi va ularning har birida shaxsning tavakkal qilishi darajasi turlicha bo‘ladi. Masalan, xukmronlik qilishga nisbatan ehtiyoj orttirilgan, hayot mobaynida shakllanadigan bo‘lib, bunda ta'lim va tarbiyaning roli katta va inson o‘zgalar faoliyatini nazorat qilish, ularga ta'sir ko‘rsatishni istayveradi. Shu boradagi yuqori motivatsiyaga ega insonlarni muallif ikki guruhga bo‘ladi.
Birinchi toifa xukmronlikka hokimiyatga qiziqqani uchun intiladi, chunki ular uchun o‘zgalar ustidan nazorat qilish jarayoni juda qiziqarli va ular shuni istaydilar. Bunday toifa uchun korxonaning manfaati, uning maqsadlari ahamiyasiz, muhimi kimlarnidir ustidan boshliq bo‘lish g‘oyasidir.
Ikkinchi toifa odamlar uchun jamoa manfaatlari va unga erishish yo‘lidagi ishlarni ko‘pchilik bo‘lib xal qilish muhim. Lavozimga erishgach, bundaylar darxol guruh yoki jamoa bilan kelishib, hamkorlikda umumiy vazifalarni xal qilishni boshlaydi va o‘zi ham muammolarni echish, qarorlar qabul qilishda bevosita faol ishtirok etadi. Bunda o‘zining shaxsiy manfaatlarini, obro‘ qozonish kabilarni u keysingi o‘rinlarga qo‘yadi. Yana bir marta ta'kidlab o‘tish kerakki, talabalarning ichki motivatsiyasini rag‘batlantirishning oson va kafolatlangan usulu yo‘q. Ta'lim sohasidagi ayrim ekspertlarning fikriga qaraganda individual yoki guruhlarda amalga oshiruvchi o‘qituvchilarning motivatsiyaga ta'sirini pessimistiktarzda baholaydilar. Biggsning (1993) ta'kidlashicha universitet ta'limi tizimning ma'lum bir qismi hisoblanadi va bu tizim o‘zgaruvchanlikka qarshi xususiyatga ega bo‘lib, balans holatini qanoatlantirishga moyil emas. Bu shuni anglatadiki, talabalarning o‘qishga yondashuvi hamda motivatsiyasi oliy ta'lim tizimi jihati bilan belgilanib Talabalarning ilm olishga qiziqishlarini fanlarni takomillashtirish bilan birgalikda amalga oshirilishi samaraliroq natijalarni ta'minlab beradi. Boshqa jihatdagi yondashuvlar o‘zgarishga qarshi sifatida baholanadi.
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi bajarib, o‘zgalar e'tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslik. Psixologik nuqtai nazaridan D.MakKlellandning nazariyasiga yaqin nazariya Dj.Atkinsonnikidir. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshqa bir ehtiyoj – mag‘lubiyatdan qochish bilan birgalikda qaralmog‘i lozim. Biror narsaga erishishga kuchli ehtiros xis qilgan odamlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, va aksincha. Bunday motivatsiyasi kuchsiz bo‘lganlar esa mag‘lubiyatdan qochishni ko‘proq o‘ylaydiganlardir. Ikkala nazariya asosida mualliflar birgalikda sub'ektiv jihatdan ma'qul ko‘riladigan tavakkal qilish nazariyasiga asos solishdi.
Amaliyotdan ma'lum bo‘ldiki, samarali rahbarlar hyech qachon juda yuqori darajada ham, o‘ta past darajada ham tavakkal qilmas ekanlar. Ular o‘z faoliyatlarida tavakkalning maqbul, o‘rtacha darajasida faoliyat yuritib, oldindan muvaffaqiyasizliklardan o‘zlarini asrar ekan. Noaniqliklar ko‘p, tavakkal qilishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan doimo iloji boricha o‘zlarini olib qochishar ekan. Shu bois ham ularda mag‘lubiyatga uchrash kam bo‘ladi. Odamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini ba'zan partisipativ (lotincha “partiipate” - ishtirok, sherikchilik ma'nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xamkasblari, oshnalari va mavqye jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy e'tirofi va e'tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. Shu nuqtai nazardan tahlil qilinganda, “affiliatsiya” tushunchasi biroz farq qiladi. Oxirgi vaqtlarda affiliatsiya motiviga e'tibor ortmoqda. So‘zning ma'nosi inglizcha to affiliate – birlashmoq, birlashtirmoq, insonni boshqa odamlar davrasida bo‘lishga intilishi ma'nosini bildiradi. R. Myurreyning ilmiy izlanishlarida: “...Affiliatsiya deganda har ikkala tomonga ijobiy ta'sir etuvchi o‘zaro muloqot mazmuniga ega ijtimoiy ta'sirlarning ma'lum turi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va bog‘lanishni his etish, guruhlarga birlashish” kabi motivatsiya sifatida talqin etiladi.
Maslou fikriga ko‘ra, affiliatsiya motivi insoniyat ehtiyojlari ierarxiyasining eng yuqori darajasiga mansubdir. Ammo shu bilan birga insoniyat tabiati uchun birinchi darajali va fundamental motiv hisoblanib, odamlar bilan o‘zaro ta'sir doirasidagina rivojlanishi mumkin.
Megrabyan affiliatsiya motivining ikki xil tomonini ajratib o‘tadi: affiliatsiyaga ehtiyoj (simpatiya, muloqotdagi qo‘llab-quvvatlash) va rad etilishdan qo‘rqish (muloqot o‘rnatilmasligi yoki rasmiyligicha qolishi).
X.Xekxauzen fikricha, affiliatsiyaga ehtiyoj universal hisoblanib, yosh, gender va etnik mansublikdan qat'iy nazar barcha insonlarga xos ehtiyojdir. Motivatsiya talaba xulq-atvori hamda akademik maqsadlariga chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Ammo amalga oshirilgan ma'lum izlanishlar ushbu holatga to‘g‘ri kelmaydigan ayrim natijalarni ham qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotlarga binoan talabalarning ichki motivatsiyasi ta'lim olish jaroyonida shakllanishi ham mumkin ekan.
Ammo ushbu ehtiyojning xarakteri va mazmuni ta'lim-tarbiya, ijtimoiylashuv sharoitlari va ma'naviy tomonlarga bog‘liq. Klassik va zamonaviy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, affiliatsiya motivi o‘z ichiga insonlar bilan muloqot o‘rnatishga ehtiyoj, guruh a'zosiga aylanish, atrofdagilar bilan o‘zaro ta'sir doirasiga kirishish, yordam ko‘rsatish va qabul qilish kabi ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Affiliatsiyaga yo‘nalganlik tushunchasi ilk marotaba A.Megrabyan S.Kshesinskiylar tomonidan ijtimoiy psixologiyaga kiritilgan. Atoqli xorijiy psixologlar maktabi doirasida affiliatsiya motivi bevosita va bavosita yondashishlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin mahalliy sharoitda sof ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bu borada hali olib borilmagan.
Yuqoridagi fikrlar umuman shaxs xulq–atvorining motivlariga oid fikrlar bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya o‘z predmeti nuqtai nazaridan ijtimoiy xulq motivlariga alohida e'tiborni qaratadi. Bu masalaga oid dastlabki yaxlit nazariyalar fanda yigirmanchi asrning 50-chi yillarida paydo bo‘ldi va Vill Shuts nomi bilan bog‘liq. Uning nazariyasi rossiyaliklarning adabiyotlari “interpersonal xulqning uchlamchi nazariyasi” (trexmernaya teoriya interpersonalnogo povedeniya) nomi bilan qayd etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish, nazorat va ochiqlik.
Qo‘shilish, kirishimlilik – shaxsning shunday ehtiyojidan kelib chiqadiki, u odamlar orasida ular bilan birga bo‘lish, ajralib turish va o‘zgalar diqqati markazida bo‘lishni bildiradi. Bu mohiyatan insonning o‘ziga o‘hshash insonlar bilan hamkorlikka qilishga bo‘lgan tabiiy intilishidir. Lekin bu istak osonlikcha ro‘y bermaydi. Zero, qo‘shilishga bo‘lgan motivatsiya muammosi shaxsning o‘z qadr – qimmati va sha'nining himoya qilish bilan oqlanadi. Bola taraqqiyotida ham kim bilandir birga bo‘lishga intiqlik uning interpersonal muammolaridan biridir. Keyinchalik katta bo‘lgan sari ushbu masala echimi shaxsning quyidagi xattiharakat modellarini keltirib chiqaradi:
subsotsial - anglanmagan ustanovka bo‘lib, u inson ongida quyidagi fikrni bildiradi: “Men o‘zgalar nazaridan chetda qolib ketishim mumkin. Shu bois men ulardan ayro bo‘lishim kerak”. Shunday fikrlar bilan odam o‘zini o‘zgalardan tortadi, unda o‘zgalar e'tiborida bo‘lishi mumkinlik fikri tobora yo‘qolib boradi. Shuning uchun u o‘zini turli tadbirlardan, turfa xil odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan tortadi, muloqot jarayonlarini chetlashga urinaveradi (“imitatsiya” obщeniya); Sh yuqori darajadagi ijtimoiylik – anglanmagan ustanovka shu xolatda quyida mazmunda bo‘ladi: “Men o‘zimning o‘zgalar uchun unchalik ahamiyat kasb etishimni bilmasdan, nima qilib bo‘lsa-da ularning e'tiborini o‘zimga qaratishim shart.” Ya'ni, bunday inson hamisha odamlar davrasini istaydi, qidiradi va topadi, yolg‘izlikni mutloq yoqtirmaydi. Muloqotining ko‘rinishi – muomalaga kirishish, o‘ziga diqqat-e'tiborni tortish, o‘zining o‘zgalardan ustun tomonlarini ochiq namoyish qilish, niqob ostida bo‘lsa ham o‘zini hammaga ochiq va yoqimtoy qilib ko‘rsatish; mo‘tadil ijtimoiylik – ilk yoshlikdanoq o‘zgalar bilan qo‘shilib, kirishib ketish muammosini muvaffaqiyatli xal qila olgan inson xulqining ko‘rinishi. Asosiy xususiyati – o‘zgalar bilan birgalikda yaxshi muomalada bo‘lish, kirishib ketaverish, va shu bilan birga odamlar jamoasidan tashqarida ham o‘zini yaxshi his qilaverish.
Xulqning ijtimoiy motivlari masalaning yana bir echimi G‘arbda asos solingan eksperimental yondashuv bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 70-chi yillarida Ch.Makklintok o‘z hamkasblari bilan ijtimoiy xulq motivlarining 6 xilini ajratib, eksperiment sharoitida qatnashchilarning o‘zaro munosabatlarini sinovdan o‘tkazdilar:
umumiy manfaatning maksimallashuvi - kooperatsiya, hamkorlik;
shaxsiy manfaatning maksimallashuvi - individuallik;
vaqtinchalik yutuqlarga nisbatan munosabatning oshirilishi - raqobat;
o‘zgalar yutug‘i yoki manfaatining yuqori qo‘yilishi - altruizm;
o‘zgalar yutug‘ining minimallashtirilishi - agressiya;
yutuqlardagi tafovutlarning kamaytirilishi - tenglik.
Ko‘rib turganimizdek, har bir motivning mohiyati o‘ziga xos mazmunga ega. Ular har bir sharoitda o‘ziga tarzda namoyon bo‘lsa-da, ularning amaliyotda mavjudligi aniq va har birimizning ijtimoiy xulqimiz qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Har bir motivning ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar xulqida qanday aks etishini o‘rganish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga ega. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya'ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror masuliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi.



Download 482,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish