N sh. Abdullayev, M. Z. Komilov, Q. X. Majidov, D. S. Murodov


Chigitning iflosligi va uni tozalash usullari



Download 17,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/177
Sana31.12.2021
Hajmi17,26 Mb.
#255712
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177
Bog'liq
osimlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi

Chigitning iflosligi va uni tozalash usullari. Moy olish uchun 
ishlatiladigan chigitlarga begona moddalar aralashgan bo‘ladi. 
Begona aralashmalar ikki xil bo‘ladi: moyli aralashmalar va 
moysiz begona aralashmalar. Moysiz begona aralashmalar o‘z 
xarakteri jihatidan metall, organik va mineral aralashmalar-
ga bo‘linadi. Mixlar, sim bo‘laklari va mashinalarning turli-tu-
man mayda metall qismlari metall aralashmalar jumlasidandir. 
Tuproq, qum, tosh, chag‘al, chang va hokazolar mineral ara-
lashmalar qatoriga, g‘o‘zaning maydalangan barglari, poyalari, 
chanoqlar, shuningdek puch chigitlar, qog‘oz, tola bo‘laklari va 
mag‘izning rangi to‘q jigarrangdan qoramtir ranggacha bo‘lgan 
chirigan chigit organik aralashmalar qatoriga kiradi. Bir cheti 
uchib ketgan va shikastlangan chigitlar hamda mag‘izning ran-
gi GOSTda ko‘rsatilgandan qoraroq bo‘lgan chigitlar moyli ara-
lashmalar guruhiga kiradi.
Metall aralashmalar burat, pnevmatlar (chigitni havo yor-
damida chang va yengil xas-cho‘plardan tozalovchi mashina lar) 
va separatorlarning to‘rlarini yirtadi, chigitni chaqish mashi-
nalarining disklarini sindiradi, sheluxani ajratib oluvchi elak-
lar va separatorlarning to‘rlarini yirtadi, qovurish qozonining 
devorlari hamda tagini shikastlaydi, ekstraktor shnegining val-
lari va tosterning pichoqlari pona urgandek qadalib qoladi. Me-
tall qo‘shimchalari aralashgan shrotni chorva mollariga berib 
bo‘lmaydi.
Mineral aralashmalar elak, g‘alvirlarni, vallarni, aralashtir-
gich pichoqlarini tezda ishdan chiqaradi, shuningdek ekstrak-
tor shnek larini va toster pichoqlarining qadalib, qisilib qolishi-
ga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari mineral aralashmalar 
moy, shrot sifatiga va uning ozuqaligiga ta’sir qiladi.


132
Organik aralashmalar elak, g‘alvirlarning ko‘zlariga tiqilib 
qolib, mashinaning ish unumini pasaytiradi. Moyli aralashmalar 
esa moyni qoraytirib va undagi kislota sonini oshirib, moy ning 
sifatini pasaytiradi.
Yuqori sifatli mahsulot olish va ishlab chiqarishdagi asbob-
uskunalarning normal ishlashini ta’minlash uchun chigitni me-
tall, mineral aralashmalar, go‘zapoyalar, chanoqlar, barglardan va 
puch chigitlardan yaxshilab tozalash zarur. 
Chigitni metall (temir, cho‘yan va po‘lat) aralashmalardan to-
zalash uchun harakatlanmaydigan hamda aylanadigan o‘zgarmas 
magnitlar va elektromagnitlar ishlatiladi. Chigitni mineral va or-
ganik aralashmalardan dastlabki tozalashda ko‘pincha baraban 
shaklidagi buratlardan foydalaniladi. Buratning qo‘llanishiga 
sabab shuki, mashina ishlayotganda chigit yaxshi aralashadi va 
buratning to‘ri o‘z-o‘zidan tozalanadi.
Chigitni buratda tozalaganda undan sertukli chigitlar, mayda-
langan shoxchalar, barglar, qog‘oz, yirik va qisman mineral ara-
lashmalar ajraladi. 
Pnevmatik tozalagichga ventilator yordamida havo berib tu-
riladi, havo yordamida toza chigit ajratib olinadi, mayda va 
og‘ir aralashmalar g‘alvirda elab olinadi. Chigitdan ancha yengil 
bo‘lgan aralashmalar chang va momiq ham pnevmatik tozalagich 
ventilator hosil qilgan havo yordamida ajratib olinadi. 
Chigitni kondensiyalash (namlash). Namligi 6–8% atrofida 
bo‘lgan quruq chigitlarni qayta ishlaganda chigit mag‘zi sheluxa 
ajratish mashinalarida maydalanib ketadi, bu narsa sheluxa ning 
moylanishiga sabab bo‘ladi, natijada ancha moy isrof bo‘ladi. 
Chigit namligining pasayishi uning mag‘zini mo‘rt qilib qo‘yadi, 
natijada chigit chaqilganda uning mag‘zi uvoqlanib ketib, moy 
changlarini hosil qiladi, moy ishlab chiqarishda yo‘qolishiga 
 
olib keladi. Bundan tashqari chigitni chaqishda hosil bo‘lgan 
mayda mag‘iz bo‘laklari, chaqilmani tarkibiy qismlarga ajratishda 
qiyin ajraladi, hosil bo‘lgan moyli chang bo‘limda portlovchi havo 
aralashmasini hosil bo‘lishiga olib keladi. Mag‘iz maydalanishi-
ning oldini olish uchun, chigitni ishlash oldin namligini 10–11% 
gacha oshirish yo‘li bilan kondensiyalash kerak. Namlik bo‘yicha 
kondensiyalangan chigitni chaqish va chaqilmani tarkibiy qism-


133
larga ajratish bo‘limining ishini yaxshilaydi, ajratilayotgan she-
luxaning moyliligi kamayadi va mag‘izni qovurish jarayonining 
borishi yaxshilanadi.
Ishlab chiqarishda moyning yo‘qolishini va kunjaraning 
moyliligini kamaytirish, qovurishda gossipolni bog‘liq holatga 
o‘tkazish, oson rafinatsiyalanadigan moy olish, kunjara va shrot 
tarkibida minimal miqdorda erkin gossipol bo‘lishini ta’minlash 
uchun chigit mag‘zining namligi I–III navlar uchun 8,5–9,5% va 
IV navlar uchun 9,5–11,0% bo‘lishi talab etiladi.
Quruq chigitlar begona arlashmalardan tozalanganidan keyin 
namlanadi. Chigitni namlashning eng oddiy usuli chigitga brand-
spoyt yordamida suv sepishdir. Ammo bu usulda chigit bir te-
kis namlanmaydi va bunday chigitni namlangan holida 2–3 kun 
saqlab turish talab etiladi. Chigit avval shneklarda bug‘ hamda 
suv bilan namlanib, keyin bir necha soat saqlansa, ancha yax-
shi natijaga erishish mumkin. Lekin bu usullar ishlab chiqarish-
ni uzluksiz amalga oshirishga imkon bermaydi. Hozirgi vaqtda 
chigitni uzluksiz usulda namlash uchun VNIIJ va O‘rta Osiyo 
ITLKI kabi oziq-ovqat sanoatida yaratilgan namlash qurilmalari 
ishlatilmoqda. 

Download 17,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish