N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova


Iroda aktining psixologik tuziiish



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Iroda aktining psixologik tuziiish
i
15.1 Rasm. Iroda akti psixologik tuzilishining chizmasL
295


Iroda kuchining turlicha ifodalanishlari orasida zarur paytda o’z 
hissiyotlarini tiyish, o ’ylanmagan harakatlarga yo’l qo’ymaslik, o’zini tuta bilish 
va o’ylangan harakatni ijro etishga o’zini majbur qilish malakasi, shuningdek, 
noma’qul va nojo’ya ishlarga qo’l urmaslikda namoyon bo’ladigan vazminlik va 
dadillik kabi shaxs sifatlarini ajratib ko’rsatadilar.
Irodaning yana bir xususiyati 
maqsadga in til и vchanlikd
i r, bunda shaxs 
faoliyatida ma’lum natijaga erishishga bo’lgan ongli va faol yo’nalganlik 
tushuniladi. Irodaviy sifat -
tirishqoqlik
maqsadga intiluvchanlik bilan o’xshash 
bo’lib, insonning o’ta murakkab sharoitlarda ham ko’zlangan maqsadga 
erishishidagi intilishini ifodalaydi.
Qat’iyatlilikdan 
qaysarlik
kabi salbiy sifat tafovut qilinadi. Qaysar odam 
doimo, maqsadga muvofiq kelmasada, o’z so’zida turishga intiladi. O’z 
mohiyatiga ko’ra, qaysar odam o’zini va tilaklarini tutib turolmagani kabi, o’z 
irodasini ham boshqarolmaydi.
Irodaning muhim xususiyatlaridan biri odamda paydo bo’lgan g’oyalami 
joriy etishga harakat qilish layoqatidan iborat bo’lgan 
tashabbuskorlikdir.
Ko’pchilik odamlar uchun o’z shaxsiy harakatsizligini yengish iroda aktining 
eng qiyin bosqichi bo’lib hisoblanadi.
Mustaqillik -
bu bevosita tashabbuskorlik bilan bog’liq bo’lgan iroda 
xususiyati. Mustaqillik ongli ravishda qaror qilish layoqati va ko’zlangan 
maqsadga erishishga to’sqinlik qiluvchi turli omillar ta’siriga berilmaslik 
malakasida namoyon bo’ladi. Mustaqil odam boshqa odamlaming maslahat va 
takliflarini tanqidiy baholab, o’z fikr-mulohazalari asosida, olingan maslahatlar 
asosida shakllangan o’z harakatlariga tuzatishlar kiritgan holda faoliyat 
yuritishga qodir.
Mustaqillikdan farqlanuvchi 
salbiy munosabat
boshqa odamlarga qarshi 
borgan holda, lekin mantiqan bu harakatlar to’g’ri bo’lmasada, harakat qilishga 
motivatsiyalanmagan, asoslanmagan moyillik.
Irodaning yana bir sifati - motivlar kurashida oz fursat va vaqtida, ortiqcha 
ikkilanish va shubhalarsiz qaror qilishdan iborat 
qat'iyatlilik.
Qat’iyatli 
odamlarga harakat va vositalarini tanlash va faoliyatning o’zini ijro etishga ham 
tezlik va ko’tarinkilik bilan yondoshish xosdir.
Qat’iyatlilikdan shoshilinch qaror qilish, o’ylanmagan harakatlarda 
namoyon bo’ladigan 
ta’sirchanlikm
farqlash lozim.
Ta’sirchan odam harakatni boshlashdan aw al o’ylab o ’tirmaydi, 
faoliyatidan kelib chiqadigan oqibatlami hisobga olmaydi, shuning uchun 
ko’pincha qilgan ishidan afsuslanib qoladi.
Alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan inson harakatlarining 
izchilligi
inson tomonidan ijro etilgan barcha harakatlarning ikkinchi darajadagi va
296


qo’shimcha motivlar bo’ysunadigan yagona rahbarlik tamoyilidan kelib 
chiqishini ifodalaydi. Harakatlar izchilligi 
o ’zini nazorat
va 
o ’zini baholash
bilan uzviy bog’langan.
Maqsadga erishish jarayonida o’zini nazorat qilish yetakchi motivlaming 
qo’shimcha motivlar ustidan hukmronligini ta’minlaydi. O’zini nazorat qilish 
sifati, uning mutanosibligi shaxsning o’zini baholashiga bog’liq bo’ladi. O’ziga 
past baho berish odamda o’ziga bo’lgan ishonchning yo’qolishiga olib kelishi 
mumkin, 
shuning uchun u 
ko’zlangan maqsadga erisholmaydi 
va 
rejalashtirilganlarini amalga oshirolmaydi. Lekin, aksincha, odam o’ziga 
ortiqcha baho berib yuboradigan vaziyatlar ham bo’ladi. Bunda o’ziga ortiqcha 
baho berish ko’zlangan maqsadga erishish yo’lida o’zining harakatlarini 
muvofiq holda boshqarish va tuzatishlar kiritish imkonini bermaydi.
Iroda, boshqa psixik jarayonlar singari, insonning yosh taraqqiyoti 
jarayonida shakllanadi. Xuddi shunday, yangi tug’ilgan chaqaloqda refleksli 
harakatlar, shuningdek, ba’zi bir instinktli harakatlar ko’pchilikni tashkil etadi. 
Bolaning dastlabki tilaklari beqarorligi bilan ajralib turadi va ko’p hollarda 
noma’lum xususiyatga ega bo’ladi. To’rt yoshga kelib, bola tilaklari u yoki bu 
darajada barqarorlashadi. Xuddi mana shu yoshda bolalarda motivlar kurashi 
kuzatiladi. Lekin, ahloqiy tartib motivlariga bog’liq ravishda amalga 
oshiriladigan tanlov imkoniyati bolalar uchun hayotining uchinchi yili 
yakunidan avval yuzaga kelmaydi. Bu holat bola o’zining hulq-atvorini nazorat 
qila olishi bilan bog’liq. Buning uchun, birinchidan, yetarlicha yuqori darajadagi 
rivojlanish, ikkinchidan esa, ahloqiy mayllaming shakllangan bo’lishi zarurdir. 
Ikkalovi ham ta’lim va tarbiya ta’sirida, kattalar bilan muntazam o’zaro 
muloqotda bo’lish jarayonida tarkib topadi.
Iroda shakllanishining asosiy yo’llari nimadan iborat?Awalo, bu 
jarayonning yutug’i ota-onaga bog’liqdir. Ular bola irodasining rivojlanishiga 
yetarlicha yuqori talablami qo’yishlari kerak. Oilada bola tarbiyasining zarur 
sharti unda 
ongli intizomm
shakllantirish hisoblanadi
Iroda sifatlarini tarbiyalashda bolaga ta’lim jarayonini amalga oshiradigan, 
lekin bunda ma’lum darajadagi intizomlilikning shakllanishi sodir bo’ladigan, 
qator talablar bilan murojaat qiluvchi maktab muhim o’rinni egallaydi.
Maktabda o’quvchi bilan muloqotda bo’ladigan o’qituvchi undagi iroda 
sifatlarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yuqori talabchanlik 
hukmron bo’lgan muhitdagi maktab jamoasi bolalar iroda sohasining 
rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi, hamda uning badiiy qadriyatlar bilan 
tanishib borishi ham katta ahamiyatga ega. Iroda sifatlarining shakllanishi 
kattaroq yoshda ham davom etadi. Yosh avlod hayoti va mehnat faoliyati
297


davomida bu sifatlar o’zining eng yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi. 
SHunday qilib, bolani tarbiyalash jarayoni shaxs iroda sifatlarining shakllanish 
samaradorligini belgilaydi.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish