Grammatik va texnik kamchiliklar mavjud, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari noto’g’ri yozilgan, adabiyotlar ro’yxati talab darajasida emas.
N.S.Mirsagatova Nizomiy nomidagi TDPU, Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi katta o’qituvchisi
М.Baxronova Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi
UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYANING TASHKIL ETISHNING
INNOVATSION TIZIMI
Annotatsiya
Mazkur maqqolada uzluksiz ma'naviy tarbiyaning tashkil etishning innovatsion tizimi hamda uning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Аннотация
В статье описывается инновационная система организации непрерывного духовного образования и ее особенности.
Annotation
This article describes the innovative system of the organization of continuous spiritual education and its peculiarities.
Ma’naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma’naviyat keng ma’noga ega bo‘lib, ma’rifat, madaniyat kabi tushunchalami o ‘z ichiga oladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʼtarish toʼgʼrisida»gi hamda 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya kontsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 1059-sonli qaroridan kelib chiqib, masʼul vazirlik va idoralar oldida turgan vazifalar ijrosiga bagʼishlab joriy yilda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya – milliy yuksalish kafolati” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. Anjumanda Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Kontsepsiyasi oʼzida dunyo pedagogik tajribasi va yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining tarbiyaviy tavsiyalari, AQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallarni singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim”, Xitoyning yaxshilik, toʼgʼrilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o'rganilgan. Qolaversa, Kontsepsiya ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar:
- Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida Uzluksiz maʼnaviy tarbiya kontseptsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish.
- “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va oʼsmirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish.
- Davlat taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari va rejalari asosida oʼquvchilarda yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetentsiyalarni shakllantirish.
- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish.
- Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani oʼqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.
- Ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui boʼlgan milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini oʼrganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. Toʼplangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qoʼllanmalar, koʼpjildli “Milliy tarbiya entsiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish.
- Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini oʼrgatish;
- yoshlarda turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali oʼtkazish boʼyicha vazifalar belgilab olindi.1
“... hamma narsa tarbiyaga bogʼliq. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk dargʼasi Abdulla Avloniy. Kontsepsiya ana shu hikmatga hamohang boʼlib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bagʼrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan oʼgʼil-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning oʼzlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi.
Konsepsiyada Oʼzbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga koʼtariladi.
Kontseptsiya oldiga qoʼyilgan vazifalar:
maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilgʼor yutuqlaridan samarali foydalanish;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
oila, taʼlim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʼrtasida samarali hamkorlik mexanizmini yoʼlga qoʼyish;
maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishdan iborat.
Shaxsning, insonning ma’naviy, ruhiy kamoloti ta’minlanmasa, jamiyatning moddiy-texnik taraqqiyoti bir tomonlama bo‘ladi va kutilgan natijani bermaydi. Ruhiy ibtido yoshlar qalbini yuksak madaniyat va axloqiy fazilatlar bilan boyitishga, ularning, umuman, millatning ruhiy-ma’naviy rostlanishiga yordam berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |