q o ‘llaniladi. Detaining qirqimi teskarisiga 0,7-1,0 sm bukiladi va
modelda ko‘rsatilgandek kenglikda yana bukiladi va buklangan ziydan
0,1-0,2 sm masofada baxiyaqator yuritiladi.
Mag'iz choklam ing (31-rasm, b) ochiq qirqimli,
berk qirqimli
va jiyakli xillari bor.
O chiq qirqim li m ag‘iz chok yubka etagini, shim pochasini
titilishdan asrash va qirqimlarni bezash uchun ishlatiladi.
Asosiy detaining o'ngiga gazlamaning ko‘ndalang yoki bo ‘ylama
ipi bo ‘yicha 45° qiya yo‘nalishda bichilgan, eni 2-2,5 sm li gazlama
bo ‘lagi o ‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, asosiy detal bilan gazlama
bo ‘lagi qirqimlari bir-biriga tekislanadi va chetidan 0,3-0,4 sm
ichkaridan baxyaqator yuritiladi. So‘ngra chok qirqimlarini gazlama
bo ‘lagi bilan aylantirib o ‘rab chok eniga teng kant hosil qilinadi.
Kant gazlama bo‘!agini ulash chokiga yoki undan 0,1 sm ichkaridan
mashinada tikib puxtalanadi.
Berk qirqimli mag‘iz chokda mag‘iz asosiy detal o ‘ngiga o ‘ngini
qaratib qo‘yiladi,
qirqimlari tekislanib, biriktiriladi, tikilgan bo ‘lak
(m ag‘iz) chok qirqimlarini aylantirib o ‘rab chok eniga teng kant
hosil qilinadi, bo ‘lakning ochiq qirqimi ichkarisiga buklanib ulash
choki ustidan yoki undan 0,1 sm ichkaridan m ashinada tikib
puxtalanadi.
Berk qirqimli mag‘iz chok ikki buklangan bo ‘lak bilan
ishlanishi
ham mumkin. Bunday chok yoqa va yeng o ‘mizlarini ishlashda hamda
bezak chok sifatida ishlatiladi. Eni 3-3,5 sm li gazlama bo‘lagi teskarisini
ichkariga qilib uzunasiga ikki buklab dazmollanadi, asosiy detaining
o ‘ngiga q o ‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va qirqimlari chetidan 0,5
sm masofada ulanadi. Tikilgan gazlama bo‘lagi chok qirqimlarini
yopadigan qilib qayirilsa, eni boMakning ulash chokiga teng kant
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kantni puxtalash uchun o ‘ngidan bo ‘lakni
ulash
chokiga tushirib, ikkinchi baxyaqator bilan tikiladi.
Engil kiyimlarni tikishda, masalan, jun gazlamadan tikiladigan
kiyimlarning chok qirqimlarini ishlashda maxsus jiyak bilan mag‘iz
chok hosil qilish keng qo‘llaniladi. Jiyak uzunasiga shunday qo‘yiladiki,
uning pastki cheti ustki chetiga nisbatan 0,1-0,2 sm chiqib turadi va
shu halatda dazmollab yotqiziladi.
44
Mag‘iz qo ‘yilishi kerak bo'lgan detal qirqimi tayyorlangan jiyak
ichiga kiritiladi va jiyakning ustki cheti bo‘yicha 0,1 sm ichkaridan
bahiyaqator yuritiladi, bunda jiyakning
ikkinchi cheti baxyaqator
tagida qolishi shart.
Ag‘darma chok (31 -rasm, v) kantli, ramkali, qistirma kantli boMadi.
Ag‘darm a chok biriktirm a chokning bir turi b o ‘lib, c h o ‘ntak
qopqoqlarini, yoqalarni, bortni, izma kabi detallar chetini tikishda
ishlatiladi.
Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm
qochiribroq bukilgan boMadi. Buning uchun chok solingandan keyin
uni yozib dazmollanadi, detallar o ‘ngiga aylantiriladi, kant hosil
qilib ziyi ko‘klanadi. Hosil bo ‘lgan
kantni saqlab qolish uchun
detallar cheti baxyaqator, yolg‘on qaviq bilan tikiladi yoki chok
qirqimlari ichki tom ondan detallarning biriga yopishtirib tikiladi.
Ram kali ag‘d arm a ch o k pidjak c h o 'n ta k la ri, k o ‘ylakning
tugmalanadigan joylari kabilami tikishda qoMlanadi. Bu chokni tikish
kantli ag‘darma chokni tikishga o ‘xshaydi. Hosil bo ‘lgan ramkani
saqlab qolish uchun ag‘darm a chok ustidan baxyaqator yuritib
qo ‘yiIadi.
Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalami, ko‘ylak bortlarini
bezashda
va muayyan xizmatdagi kishilar kiyadigan form alarni tikishda
ishlatiladi. Qistirma kantli ag‘darm a chok tikilayotganda qistirma
gazlamani, ya’ni eni 2,5-3,0 sm gazlama parchasini ikki bukib
detallardan birining o ‘ngiga ulanadi. Keyin ikkinchi detaining o ‘ngi
birinchi detaining o ‘ngiga qaratilib, chetlari tekislab qo‘yiladi va
qistirm a kantni ulangan baxyaqator ustidan yangi baxyaqator
yurgiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: