Ma`lumotlarga ko`ra 1 o`timda taram chiqishi 62-72%, dastgohning ish unumdorligi 2,2-3,2 kg/soat. ikkinchi o`timda taram chiqishi 90-92%, dastgohning ish unumdorligi 3,6-5 kg/soat.
Pilik ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, paralell tolalardan tashkil topgan kam mustahkamlikka va cho`ziluvchanlikka ega bo`lgan piltadan uni ingichkalashtirish va biroz pishitish yo`li bilan pilik ishlab chiqarishdir. Pilik piltadan ingichkaligi va uzunasi bo`yicha eshilish hamda ko`ndalang kesim yuzasini doirachaga yoki oval shaklda bo`lishi bilan farq qiladi. Pilik asosan R-192-IM piliklash dastgohida olinadi.
8.2-rasm. R-192-IM piliklash dastgohi: 1-pilta tozi, 2- pilta, 3-yo`naltiruvchi,4-valik,5-taxlagich,6-ta`minlash tsilindri va valigi, 7-jamlagich,8-qo`sh tasmali oraliq cho`zish qurilmasi,9-chiqarish tsilindri va valigi,10-cho`zish priborining qopqog`i,11-eshish olayotgan pilik,12-qo`sh elkali rogulka, 13-rogulkaning o`rash yuzasi,15- g`altak,16-g`altakka harakat beruvchi va ikki tomonlama kesik konus o`ram hosil qiluvchi karetka supacha.17-urchuq o`qi,18-urchuq o`qiga doimiy o`zgarmas xarakat beruvchi qo`zgalmas karetka,19-qo`zg`aluvchi karetkani harakatlantiruvchi richag,20-karetkani bir me`yorda harakatga keltirish uchun qarshi yuk,21-tutqich.
Piltalash dastgohlarida 3-5 o`timda qayta ishlatilgan piltalar piliklash dastgohiga xom ashyo sifatida tozlarda keltiriladi. Bu piltalar dastgohning yo`naltiruvchi va tortib olish tsilindrlari orqali cho`zish mexanizmiga yo`naltiriladi. Dastgohda VR tipidagi cho`zish priborlaridan foydalaniladi. U garizontga nisbatan 30-450 da joylashishi mumkin. Cho`zish pribori ikki tsilindrli, qo`sh tasmali bo`ladi. Taxlagich orqali o`tgan pilta oraliq qo`sh tasmali cho`zish mexanizmiga borguncha birinchi cho`zish jarayonini o`tadi. Bu orlaliqda pilta 1,5-3 marta cho`ziladi. Keyingi oraliqda mahsulot 4-7 marta cho`ziladi. Pilik rogulkaning aylanishi hisobiga eshish oladi va rogulka qo`sh elkasining teshigi orqali g`altakka tsilindrik ikki tomonlama konus shaklida o`raladi. O`rtacha eshish 42-45 buram/metr bo`ladi. Pilikda eshish darajasi eshish koeffitsienti bo`yicha aniqlanadi:
|
|
K-eshish darajasi
|
-eshish koeffitsienti
|
Uslubiy ko’rsatmalar
Talabalar ushbu mavzuni o’rganishda fanga oid ma’ruza materiallaridan, turli adabiyotlardan, video materiallardan foydalanishlari mumkin.
Qayta tarash dastgohning ish unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda: l- ta`minlash uzunligi, 8-12 mm
n- xolst chiziqli zichligi,teks
Rch- taram chiqishi 0,68- 0,92%
FVK- 0,86-0,98
Tp-piltaning chiziqli zichligi
Piliklash dastgohning amaliy ish unumdorligi:
bu erda: v-pilikning g`altakka o`ralish tezligi, m/min
n – urchuqlar soni 96, 132, 192 ta
Tp-pilikning chiziqli zichligi 130, 126 teks
FVK- 0,90-0,94.
Xisobot shakli.
Hisobotda yuqorida aniqlangan xulosalarini aks ettirishadi.
Takrorlash uchun savollar
Qayta tarash dаstgоhidаgi tехnоlоgiк jаrаyoni borishi qanday?
Piliкlаsh dаstgоhidаgi tехnоlоgiк jаrаyoni borishi qanday?
Dаstgоhni аsоsiy hаrакаtlаnuvchi ishchi оrgаnlаrini vа mаhsulоtni yo’nаlishini кo’rsаting?
Dastgohning amaliy ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
9-amaliy
Ipak tolalarini yigirish dastgohining ishchi organlarining tezligi va ish unumdorligini hisoblash
Topshiriqlar :
Ipak tolalarini yigirish dastgohining tuzilishini o’rganish, kinematik sxemasini chizish.
Ipak tolalarini yigirish dastgohining ishchi organlarining tezligi va ish unumdorligini hisoblash
Uslubiy ko’rsatmalar
Pilikdan ingichkalashtirish va ma`lum pishitish yo`li bilan yigirilgan ip olinadi. Bu ip o`zining mustahkamligi, ko`ndalang kesim shakli va qalinligi bilan pilikdan farq qiladi. Pilik oval shaklda bo`lsa, ip ko`ndalang kesim yuzasi dumaloqdir. Ipak yigirish korxonalarida yigirilgan iplarni ishlab chikarishda P-66-5M, P-76-IG, P-83-IG, PK-100-ShL halqali yigirish dastgohlaridan foydalaniladi.
Йигириш дастгоҳининг кинематик схемаси
Бош вал-1 айланишлар сонини n (айл/мин)билан белгиланади. У ҳолда чўзиш асбоби- 2 ни айланишлар сонини қуйидагича топилади:
бу ерда : ва -пишитувчи алмашинувчи тишли шестернялар
ва , бўлса ,чўзувчи цилиндр тезлиги қуйидагига тенг бўлади:
(m/min)
Накладной алмашинувчи шестерня Zn=24 бўлганда Таъминловчи цилиндр-3 ни айланишлар сони :
Do'stlaringiz bilan baham: |