N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


Ijtimoiy resurs tushunchasi



Download 3,44 Mb.
bet66/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi

Insoniyat tabiat qo‗ynida paydo bo‗ldi, ulg‗aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolyutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur o‗zlashtirishga erishdi va, o‗z navbatida, unga o‗z ta‘sirini o‗tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o‗tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga o‗zaro ta‘siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o‗zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora kuchayib borgan o‗zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga olib keldi.




  1. asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar faolligi o‗zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat – tabiat»ning o‗zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o‗zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur‘atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko‗p hollarda, har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora

197


«Jamiyat – tabiat» o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab bo‗lmoqda. Bu holat insoniyat o‗z oykumena (eykumena), (grekcha oikeo – yashayman, joylashaman, ya‘ni yer yuzasining aholi yashaydigan, aholi istiqomat qiladigan qismi) chegaralarini tinimsiz kengaytirib bordi. Moskvalik geograf olimlarning hisob-kitoblariga ko‗ra, hozirgi vaqtda inson tomonidan o‗zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining 60 foizidan ortiqroq maydonini egallaydi. Ayniqsa, quruqlikning 20 foiz qismida tabiiy landshaftlar tubdan o‗zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish obyektlari, ekinzor va bog‗lar, yo‗llar va suv omborlari, qo‗lda ekilgan o‗rmonlar va istirohat joylaridir.
Demak, inson o‗z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko‗lamini
kengaytirishi yo‗lida planetamizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko‗proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o‗ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik muhit deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat o‗z ijtimoiy faoliyati davomida tabiatdan ko‗proq resurslarni oladigan va, ayni vaqtda, tabiatga tobora ko‗proq turli xil chiqindilarni chiqarib tashlaydigan bo‗lib qoldi. O‗z navbatida, bu jarayon insoniyat oldiga bir-biri bilan bog‗liq bo‗lgan: tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish va atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolarni qo‗yadi.
Insoniyat o‗z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar)dan foydalanadi.
«Resurs» tushunchasi 2 xil ma‘noga ega: kerak paytda ishlatiladigan zaxiralar va vositalar; ma‘lum bir vositaning chegaralangan imkoniyatlari (masalan, 1sutkada 24 soat zaxira mavjud).
«Resurs» so‗zi «zaxira» so‗zi bilan yaqin ma‘noga ega bo‗lib, ko‗pchilik hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. «Zaxira» so‗zi lotincha «reserve»dan olingan bo‗lib, «saqlash» degan ma‘noni bildiradi. Bu
198

tushunchalarga yaqin bo‗lgan tushunchalardan yana biri «potensial», ya‘ni lotincha «potentia» - kuch degan ma‘noni bildiruvchi so‗zdir. Bu tushuncha qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan barcha imkoniyatlar yig‗indisini bildiradi.


Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiiy ne‘matlarga aytiladi.
Yer shari juda ko‗p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Ular yer yuzasi bo‗ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta‘minlangan, ularning turlari va miqdoriy ko‗rsatkichlari har xil. Bu holat, o‗z navbatida, resurslar bilan ta‘minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi. Tabiiy resurslar bilan ta‘minlanganlik deganda, tabiiy resurslarning umumiy ko‗lami ko‗rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o‗rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to‗g‗ri kelishi ko‗rsatkichlari bilan ifodalanadi. Ko‗pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli, sanoat xomashyolari bilan ta‘minlanish muammosi ko‗pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo‗lib turadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal) energiyasidir.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish