Majburiy ta‟lim. Ta‘limning bu pog‗onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‗lgan bolalarni o‗z ichiga oladi. 6 yillik boshlangich ta‘lim va 3 yillik o‗rta maktab 9 yillik majburiy ta‘limni tashkil etadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‗quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta‘minlanadi. Zarur bo‗lgan hollarda ularning oilalariga moddiy yordam ko‗rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud.
57
Yuqori o‗rta maktab 10, 11, 12-sinflarni o‗z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‗limlari mavjud. O‗quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda o‗qiydi. Yaponiyada o‗quv yili - 240, AQShda - 180 kun. Yozgi ta‘til iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o‗tiladi.
Universitetlarga yuqori va o‗rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o‗quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‗lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipial, 31 tasi xususiydir. 1-toifadagi universitetlarda har bir o‗qituvchiga 3 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‗g‗ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‗linadi: 1-bosqichi turar joyda o‗tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‗yicha test sinovlaridan o‗tiladi.
Yaponiyada oliy ta‘lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta‘limi bilan uzviy bog‗liqdir. Oliy ta‘lim tizimi quyidagi turlarni o‗z ichiga oladi:
To‗liq sikldagi universitetlar ( 4 yil).
Tezlashtirilgan universitetlar sikli (2 yil).
Kasb ta‘limi kollejlari .
Texnika institutlari.
Quyidagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish tizimi alohida o‗rin egallaydi. Har bir ishlab chiqarish jarayonida inson omili asosida mahsulotlar ishlab chiqariladi va, shu bilan birga, mahsulot sifatiga ta‘sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Ko‗rib o‗tilgan Yaponiya va AQSh davlatlarida inson resurslarini boshqarish va ishga qabul qilish tizimlari o‗zaro bir-birga o‗xshash, lekin Yaponiya va AQSh modellari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bizning vazifamiz ularni chuqur o‗rganib, tahlil qilib barcha ishlab chiqarish sohalarida qo‗llashimiz lozim.
Yaponlar aniq fikrlaydigan odamlar, lekin Yaponiyadagi konseptual inqilob talablari samarali o‗zlashtirildi va istiqbolga ega bo‗ldi. Odatda,
58
boshqaruv to‗rtta asosiy funksiyadan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, rag‗batlantirish va nazorat. Yaponlar eng muhim bo‗g‗inni topishdi va o‗zlashtirishdi. Bu personalni boshqarishdir. U yerda boshqaruv personalini tanlash, joylashtirish va o‗qitish bo‗yicha ajoyib usullar xizmat qilgan. Boshqaruv sohasida mashhur amerikalik mutaxassis Uilyam Ouchi yapon boshqaruv tizimini yapon millati o‗ziga xosligidan kelib chiquvchi va tabiiy yo‗l bilan yig‗ilgan ma‘naviy va madaniy ne‘matlar yig‗indisi sifatida xarakterlaydi.
Bunga qo‗shilmaslikning iloji yo‗q: yapon menejmenti markazida haqiqatdan ham inson omili turadi. Yapon ishlab chiqarishidagi eng zamonaviy, ilmtalab ijtimoiy texnologiyalar, insonni mehnatga va guruh ichidagi xulq-atvorni samarali tashkil etishga rag‗batlantiradi. Bu sohada yaponlar ancha oldin o‗quvchilikdan chiqib, bugunda butun dunyoga o‗rnak bo‗lmoqdalar.
Yapon boshqaruv modeli va boshqaruv madaniyatining asosiy jihatlari quyidagilar:
Uzoq muddatli strategiya.
Innovatsion boshqaruv madaniyatining shakllanishida doimiylik.
Jahon texnika madaniyatining eng so‗nggi namunalarini tez o‗zlashtirish.
Inson omili rivojlanishi va zamonaviylashuvi va boshqaruv personali bilan ishlashni istiqbolli resurslar sifatida qarash.
Madaniyat me‘yorlarini saqlash, qo‗llab-quvvatlash va ko‗paytirish.
Ijtimoiy menejment madaniyatining shakllanishi uchun iqtisodiy va ozgina huquqiy bilimlar yetarli deb hisoblanadi. 1930-yillarda g‗arb dunyosini egallab olgan «buyuk depressiya» yoki tizimli inqiroz davrida menejmentning bunday tushunilishi batamom o‗tab bo‗lingan. Aynan 1930-yillarda «yaxshi ta‘lim» tushunchasida har xil bilim sohalarini egallash qattiq o‗rnashdi: sotsiologiya, siyosat, ma‘naviyat, tarix,
59
psixologiya, murakkab tizimlar nazariyasidan tortib, to informatika, mantiq, matematika, bashoratlar texnologiyasigacha. O‗shandan buyon boshqaruv madaniyati ko‗p ilmlilik sifatida, berilgan fanlar ma‘lumotlaridan, ularning eng so‗nggi yutuqlaridan foydalanish va integral ma‘lumotlarni boshqaruv qarorlarini qabul qilish tiliga aylantirish tushuniladi. Shuning uchun boshqaruv sohasiga: birinchidan, turli fan sohalari vakillari kelishdi, ikkinchidan, boshqaruv personalini doimiy qayta o‗qitish, egallagan bilimlarni uzluksiz yangilash amalga oshirila boshlandi.
An‘anaviy menejer va zamonaviy yetakchining bir-biridan farqi shuki, zamonaviy yetakchi nafaqat tashkilotda amal qiluvchi tartibni saqlaydi, nazoratni amalga oshiradi, balki innovatsiyani amalga oshiradi, amaldagi tartibni rivojlantiradi, insonlar ishonchini ham egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |