5-BOB. IJTIMOIY MENEJMENTNING PREDMETI VA MAZMUNI
5.1. Ijtimoiy menejmentning predmeti, mazmuni va shakllanishi
5.2. Tadbirkorlik madaniyatining paydo bo„lishi.
5.3. Ijtimoiy menejmentning zamonaviy nazariyasi.
5.1. Ijtimoiy menejmentning shakllanishi
Zamonaviy menejmentning nazariya va amaliyoti tez o‗zgaruvchan ijtimoiy kenglikda shakillanadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko‗ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar emas, balki, avvalo, inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume‘tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
Insonlarning ijtimoiy ehtiyojlari, aholi turmush darajasi sifatini muttasil yuqorilab, yaxshilanib borishi ancha vaqtlardan beri ijtimoiy siyosatni yurgizayotgan davlatning boshqaruv me‘yoriga aylangan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida ijtimoiy jarayonlar sezilarli cheklangan, shuning uchun ijtimoiy yordamga muhtoj bo‗lgan transfert qatlamga davlat tomonidan yordam beriladi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida mamlakatimizda eng dolzarb masalalardan biri ijtimoiy siyosatdir.
Ijtimoiy siyosat – ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida butun aholini, barcha xo‗jalik va boshqaruv tuzilmalari subyektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyatidir.
91
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy-maqsadli, moddiy-moliyaviy va h.k.). Shuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy boshqaruvda shunday fakt asoslanganki, bu aholi turmush kechirish darajasini yuqori sifatda bo‗lishi. Bu maqsad orqali har bir ijtimoiy boshqaruvga asoslangan mamlakatda umumiy rivojlanishga erishiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatli va ishonchli bo‗lishiga, mamlakat iqtisodiy muammolarining yechimiga samarali yondashuv uchun zamonaviy mexanizm hisoblanadi.
Ijtimoiy sohani boshqarish borgan sari mustaqil va ko‗p tuzilmali tus olmoqda. Menejerlikning yangi tipi paydo bo‗lmoqda. Ilmiy bilimlar sohalari ichida ijtimoiy soha asosiy o‗ringa chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |