Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati. Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlari



Download 111 Kb.
bet1/6
Sana24.06.2022
Hajmi111 Kb.
#699942
  1   2   3   4   5   6

Yoshlarni ish bilan ta’minlashda investitsiyalarning roli
Reja:
1Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyati.
2 Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlari.
3.Ishsizlik tushunchasi uning turlari va ishsizlik darajasi.
4.Ishsizlarni ishga joylashtirish artibi.
5.Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari.
Yoshlarni ish bilan ta’minlashda investitsiyalarning roli
Yoshlarni ish bilan ta'minlash borasida qanday imtiyozlar yaratilmoqda?
Yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi maqsadida ko‘p ishlar qilinmoqda. Shunga qaramasdan, bu borada muammolar ham oz emas. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan "Kamolot" qurultoyida shu mavzuga to‘xtaldi. 
"Yurtimizda ishsizlarning aksariyat ko‘pchilik qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016 yili 477 ming 743nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta'minlangani to‘g‘risida ma'lumot berilgan.
Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qayerdan paydo bo‘lyapti? Kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, o‘zimizni o‘zimiz aldamayapmizmi?
Yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun avvalo ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni ko‘zda tutmoqdamiz.
Bu borada Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga har bir tuman (shahar) markazida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasi topshiriladi. Ana shu klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va transport kommunikatsiyasi, aloqa vositalari va Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hududlarda foydalanilmay yotgan davlat obektlari yosh tadbirkorlarga “nol” qiymati bilan ijaraga beriladi.
Hamma hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a'zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.
Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bu masala bo‘yicha moliya vaziri B.Xo‘jayev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov bir oy muddatda tegishli takliflarni ishlab chiqib, taqdim etishi zarur.
Shuningdek, tegishli iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining byudjyet mablag‘larini ikki barobar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, moliya vaziri B.Xo‘jayev va Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev bu masalaga mas'ul hisoblanadi.

Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obьektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko`paytirish maq-sadida yo`naltirish «investitsiya»lar deb ataladi. Хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo`yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmuasi «investitsiya faoliyati» deb yuritiladi. Korxonalar investitsiya qilish jarayoni bilan turli maqsadlarda shug`ullanadilar. Ayrim korxonalar uchun inves-titsiyalar qilish faoliyati bilan shug`ullanish ularning asosiy ishi hisoblanib, kompaniyaning moliyaviy natijalari shu yo`nalishning natijalariga bevosita bog`liq bo`lsa, ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim ishlarni amalga oshirish uchun zahira sifatida ushlab turadi, boshqalari esa savdo munosa-batlarini mustahkamlash yoki tijorat sohasidagi ustunlikka ega bo`lish uchun savdo investitsiyalariga mablag` yo`naltiradi. Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda tartibga solib turadi.


Jumladan:
investitsiya kiritishning e`tiborga loyiq yo`nalishlari va ob`ektlarini belgilab berish;
investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish;
investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga solish;
investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko`rsatish yoki tegishli kredit siyosatini o`tkazish orqali tartibga solish;
investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga oshirish orqali tartibga solish;
moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishning shakl va shartlarini belgilash orqali tartibga solish;
investitsiyalar himoyasini tashkil qilish.
Korxonalar o`z bo`sh mablag`larini qimmatli qog`ozlar, davlatning qarz majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatna-shish, birgalikda o`zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi yo`nalish-larga sarf qilishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan holatlar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda investi-tsiyalar hisobini yuritishga bevosita o`z ta`sirini o`tkazadi. Respublikamizda korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog`liq xo`jalik muomalalari hisobi asosan buxgalteriya hisobining «Moliyaviy qo`yilmalar hisobi» deb nomlangan 12-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti vositasida yuritiladi. Shu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, sho``ba korxo-nalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo`jalik muomalalari esa, «Asosiy xo`jalik faoliya-tining daromadlari» deb nomlangan 2-sonli, «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho``ba korxonalarga qilingan investitsiyalar hisobi» deb nomlangan 8-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari yordamida tartibga soli-nadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga binoan xo`jalik yurituvchi sub`ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko`ra:

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish