Shunday qilib, raodel bilan o'tkazilgan tajribalar natijalari
bo‘yicha biz ish sharoitidagi originalning xulqini miqdoriy bashorat
qilishimiz kerak.
Ishlab chiqarishdagi modellashtirish obyektlari deganda quyida-
gilarni tushunish kerak:
1. Texnologik tizimlar (TT) - bu texnologik jihozlarning
bo‘laklari, avtomatik liniyalar, moslashuvchan ishlab chiqarish
tizimlar (MICHT).
2. Texnologik jarayonlar (TJ).
3. Texnologik uskunalar ishlayotganda yuz beradigan fizikaviy
va kimyoviy jarayonlar (FKJ).
Modellashtirish jarayoniga ikkita asosiy talab qo‘yiladi.
Birinchidan, modeldagi eksperiment originaldagi eksperimentga
qaraganda soddaroq, tejamliroq, xavfsizroq boiishi kerak.
Ikkichidan, modelning sinovi asosida originalning parametr-
larini hisoblashda qoilaniladigan qoidasi bizga m aium boiishi
kerak. Busiz eng yaxshi modellashtirish ham befoyda boiib qoladi.
Toza ko‘rinishda (alohida) berilgan obyektlaming matematik
modellari kam qoilaniladi, ular quyidagidek kombinatsiyalangan.
Masalan, TT matematik modellarida TJ matematik modellaridan
foydalaniladi, ularda, o ‘z navbatida, FJ, KJ va FKJ matematik mo-
dellaridan foydalaniladi.
Zamonaviy model termini bir necha ma’nolarda qoilaniladi.
O‘rganilayotgan obyekt tadqiqotning turli bosqichlarida o‘mini
bosuvchi qandaydir obyekt - bu modeldir.
Qo'yilgan maqsadga erishish uchun eng muhim xossalarini aks
ettiruvchi original obyektning maqsadli ko‘rinishi - bu modeldir.
Model - bu xayoliy tasavvurdagi yoki moddiy amalga oshiril-
gan tizim bo‘lib, obyektni aks etishi yoki tadqiqot obyektini tiklashi
hamda obyektni o ‘rganish va u haqida yangi axborot keltirish
maqsadida uni o ‘rnini bosishi raumkin bo‘lgan tizim.
Shunday qilib, har bir modelni yaratish doim qandaydir maq-
sadni ko‘zlaydi.
Matematik modellar quyidagilar uchun ishlab chiqiladi:
1. FJ, FK.I, TJ, TT lami tavsiflash.
2. FJ, FKJ, TJ, TT larni tadqiq qilish.
9
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. TJ, TT lami loyihalash.
4. TJ, TT lami loyihalashda optimallash.
5. Avtomatlashtirilgan Ioyihalash tizimlarini qurish.
Matematik modelning ko‘rinishi, tarkibi va murakkabligi qaysi
obyektni tavsiflaydi va qaysi maqsadlar uchun ishlab chiqilganiga
bogiiqdir.
1.2-rasm. Mahsulotni olish jarayonining texnologik sxemasi(KTS).
Misol.
R mahsulotni olish reaksiyasi:
A+B—*P
Asosiy bosqichlari:
A + B->C
B + C -+ P*+E
C + P-+G
Matematik modelni yaratish uchun TJ ning tizimiy tahlilini ba-
jarish lozim.
KTT — jarayonning texnologik sxemasi chambarchas bog‘-
Iangan, yagona ishlash maqsadiga ega va tizimiy tahlil prinsiplariga,
xususan komplekslilik va ierarxik bo‘ysunuvchanlikka bo‘ysu-
nadigan nimtizim (ayrim apparatlardagi jarayonlar) laming to‘plami
sifatida ko‘riladi. Umumiy ko‘rinishda kimyo-texnologik jarayon
(KTJ) fizik-kimyoviy tizim - FKT sifatida shakllanadi.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi
FKT - fazoda taqsimlangan vaqtda o‘zgaruvchan, gomogenlik-
ning har bir nuqtasida va fazalar boTinish chegarasida modda,
energiya va impulsni ulaming manbalari (oqib tushishlar) borligida
olib o ‘tish ro‘y beradigan yaxlit ko‘p fazali va ko‘p komponentli
muhit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: