N.P.Shomurodov
Urug`lanishga doir
1. O`simlikda 400 ta urug` yetilgan bo`lsa, shu urug`ni hosil bo`lishida qatnashgan spermiylar sonini toping?
2.Yerbag`ir tugmachagulning changlanish jarayonida urug`chi tumshuqchasiga 23 ta chang hujayrasi kelib tushdi. Urug`lanishdan so`ng 17 ta urug` hosil bo`ldi. Urug`lanish jarayonida qatnashgan spermatazoidlar sonini toping ?
3.Diploid navli makkajo`xorida urug`lanish jarayonidan so`ng uning bitta so`tasida 400 ta urug` hosil bo`lgan. Qo`sh urug`lanish jarayonida jami nechta spermiy ishtirok etgan?
4.Diploid navli makkajo`xorida urug`lanish jarayonidan so`ng uning uchta so`tasida 720 ta urug` hosil bo`lgan. Bitta so`tada qo`sh urug`lanishda ishtirok etgan spermiylar qancha bo`lgan? (Hamma so`tada bir xil miqdorda urug` hosil bo`lgan)
5.Makkajo`xori 2 ta so`tasida jami 300 ta urug` hosil bo`lgan. 1-so`ta va 2-so`taning nisbati ½ bo`lsa. 1-so`tani urug`lantirgan jami spermiylar sonini toping?
6.G`o`zaning bitta ko`sagida 30 ta chigit olindi. Shu urug`lar hosil bo`lishida ishtirok etgan spermiylar sonini toping?
7.Sholi o`simligi 158 ta urug` hosil qildi. Urug`lanishda qatnashgan spermiylar sonini aniqlang?
8.G`o`zaning bitta ko`sagida 30 ta chigit olindi. Shu urug` hosil bo`lishida ishtirok etgan chang naylarini sonini toping?
10.Sholi o`simligi 158 ta urug` hosil qildi. Urug`lanishda qatnashgan chang naychalari soni nechta?
11.Ma`lum bir meva ichida 5 ta urug` hosil bo`ldi. Shu urug` hosil bo`lishida qatnashgan tuguncha(a), urug`kurtak(b), sperma(s), va tuxum hujayra(d)lar sonini aniqlang?
12.Olmani changlanish jarayonida 20 ta chang hujayrasi tumshuqchaga tushdi? Urug`lanish jarayonidan so`ng olma mevasining ichida jami 8 ta urug` hosil bo`lgan bo`lsa. Urug`lanishda qatnashgan spermiylar soni jami spermiylarning necha foizini tashkil etadi?
13. 15.G`o`zaning changdonida 20 ta mikrosporotsit hosil bo`lgan bo`lsa. Nechta spermiy hosil bo`ladi.
14. Qalampir o`simligining mikrosporotsiy(a), mikrospora(b), spermiy(s), tuxum hujayra(g), Markaziy hujayra(m), murtak(f), endospermda(h) xramoaoma to`plamini toping?
15. No`xat o`simligining mikrosporotsiy(a), mikrospora(b), spermiy(s), tuxum hujayra(g), Markaziy hujayra(m), murtak(f), endospermda(h) xramoaoma to`plamini toping?
16. Makkajo`xori o`simligining mikrosporotsiy(a), mikrospora(b), spermiy(s), tuxum hujayra(g), Markaziy hujayra(m), murtak(f), endospermda(h) xramoaoma to`plamini toping?
17.Sholi o`simligi spermiylaridagi xramasomalar soni makkajo`xori xramasomalarining n to`plamidan 2 taga ortiq. Agar bir tup sholi o`simligining bitta shingilida 27 ta don hosil bo`lsa, urug`langan tuxum hujayralarida jami xramasomalar soni nechta?
18.Odam embrioni 2 marta meridian bo`lingandan so`ng, blastomerlarda jami xramosomalar soni nechta?
19. Odam embrioni 2 marta ekvatorial bo`lingandan so`ng, blastomerlarda jami xramosomalar soni nechta?
20.Odam embrionida xramasomalar soni 736 ta bo`lsa. Zigota necha marta meridian(a), necha marta ekvatorial(b) bo`lingan?
21.Shimpanzening zigotasi 3 marta ekvatorial bo`lindi. Blastomerlardagi jami xramasomalar soni nechta?
22. Shimpanzening zigotasi 3 marta meridian bo`lindi. Blastomerlardagi jami xramasomalar soni nechta?
23.Odam zigotasi(a), tuxumhujayrasi(s), teri epiteliysi(d), muskul hujayrasi(g), maydalanishda hosil bo`lgan blastomerlar(f)da xramosomalar to`plami qanday bo`ladi?
24.Blastomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xramasomalar soni 608 ta bo`lsa, tuli tuxum hujayralaridagi autaasoma va jinsiy xramasoma qanday bo`ladi.
25. Blastomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xramasomalar soni 608 ta bo`lsa, tuli teri epiteliysidagi autasoma va jinsiy xramasoma qanday bo`ladi.
26.Chuchuk suv gidrasi zigotasi 3 marta meridian bo`lingandan so`ng blastomerlardagi jami xramasomalar soni 512 taga yetgan. Gidraning oraliq hujayralaridahi xramasomalar sonini toping?
27. Chuchuk suv gidrasi zigotasi 3 marta meridian bo`lingandan so`ng blastomerlardagi jami xramasomalar soni 512 taga yetgan. Gidraning urug` hujayralaridagi xramasomalar sonini toping?
28.Chuchuk suv gidrasi zigotasi 2 marta meridian bo`lingandan so`ng blastomerlardagi jami xramasomalar soni 128 taga yetgan. Gidraning tuxum hujayralaridagi autasomalar sonini toping?
N.P.Shomurodov
Urug`lanishga doir
Do'stlaringiz bilan baham: |