3. Ushbu rasmni izohlang.
1-rasmda
Kraxmal – oq kukunsimon modda. Sovuq suvda erimaydi, lekin issiq suvda
bo„kib kleyster hosil qilishi tasvirlangan
2-rasmda
Selluloza – mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda erimasligi
tasvirlangan
7-BILET
1. Alkanlarning tuzilish formulasi va gomologik qatori. Ratsional nomenklatura.
Alkanlar CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo„lib, ularni tarkibidagi barcha uglerod atomlari
faqat σ (sigma) bog„ orqaligina bog„langan bo„ladi.Bir sinfga kiruvchi xossalari o„xshash
bo„lgan, tarkibi bir-biridan
– CH2– guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan
qatorni gomologik qator deyiladi ya‟ni CH4 Metan, C2H6 Etan, C3H8 Propan bir biridan
faqat CH2 guruhga farq qiladi
Ratsional nomenklatura. XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional
nomenklatura qo„llanildi. Ushbu nomenklaturaga asosan barcha alkanlar metanning hosilasi
deb qaraladi. Masalan CH3- CH2- CH3 dimetilmetan
Do'stlaringiz bilan baham: |