mashq. Gaplarni o ‘qing, kirish so‘zlarni topib, ulami izohlang. Xalqimizda «Kuch — bilimda!» degan gap bor.
Albatta, to ‘g‘ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, ak-
sincha, hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o ‘qimaydigan, johil
kimsalar faqat bugunini o ‘ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois
bilim olishga astoydil kirishm oq darkor! Orzularga erishishning
yagona yo‘li — shu.
( Gazetadan) *187-m ashq. Quyidagilarni yodingizda tuting. 1. Albatta, shubhasiz, darhaqiqat — fikrning to ‘g‘riligini bildiradi.
2. Ehtimol, balki, shekilli — gumonni anglatadi. 3. Xullas, demak —
yakuniy fikrni bildiradi. 4. A w alo, birinchidan — tartibni anglatadi.
Bu so ‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, kirish so ‘zlarning gap ma’nosiga ko‘rsatayotgan ta’sirini aniqlang. 63
1. Kirish so‘zlaming gapdagi o‘mi haqida gapiring.
2. Kirish so‘zlarda qanday tinish belgisi ishlatilishini ayting.