Bilib oling. Muallif gapi (M) va ko‘chirma gap (K) bir-biriga nisbatan
turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari
quyidagicha ishlatiladi:
1) M: «K». M: «K?» M: «K!»
2) M: «K», — m. M: «K?» — m. M: «K!» — m.
3) «K», — m. «K?» — m. «K!» — m.
4) «K, — m, — k».
189-mashq.
O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni tegishli tinish belgilarini
qo‘yib ko‘chiring.
1. Biz tinchlik daraxtini ekdik. Uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan
asrashimiz kerak deydi Muhammad Ali. 2. Millatlarni elatlarni deydi M.
Ulug‘ova buyuk do‘stlik birlashtiradi. 3. Donolar deydi bolaga mehrni buyruq
bilan singdirib bo‘lmaydi. 4. Odamlarning manfaatiga kelsak bu narsa
mustaqillikdan keyin chinakamiga ustuvorlik kasb etdi deydi Anvar Obidjon.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |