N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/121
Sana06.08.2021
Hajmi1,46 Mb.
#139652
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
Bog'liq
9-sinf Ona tili

117-mashq.
  Uyga vazifa.  «Adabiyot» darsligidan  xohlagan bir sahifani ochib
o‘qing. Unda nechta gap borligini, qaysilari qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Qo‘shma
gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni ayting.
SHARÒ MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN
 QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
 Berilgan  qo‘shma gaplar qismlari orasidagi mazmuniy muno-
sabatga diqqat qiling.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim!
(Muhammad Yusuf)
Bahor osmonida chaqnasa chaqin,
Ko‘ksingdan otilar olovli nafas.
(A. Oripov)
2-topshiriq.
 Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.
Ergash gap kesimi qanday shaklda ekanligini ayting.
Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar
orqali  ifodalanganda,  shart  mayli  qo‘shimchasi  ergash gap-
ni bosh gapga bog‘lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar
bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik
shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul
bilan ajratiladi.
118-mashq. 
Ko‘chiring,  bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapning bosh
gapga qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanayotganini ayting.
1. Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‘ydiradi.
(Erkin Samandar) 2. Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa,


49
30-dars
kelgunicha baxt. (Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga
olib kelarsiz. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan
ursang, unga kosov otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman. (Said Ahmad)
119-mashq.
                  sa,
      qoli piga mos uchta ergashgan qo‘shma gap  yozing.
Ergash gapning bosh gapga qanday bog‘lanayotganini izohlang.
120-mashq.
 Siz tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo‘lsangiz, bu haqda o‘z
fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating.
1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi. 2. Olma,
olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan
darakdir. 3. Qaldirg‘och pastlab uchsa, yog‘ingarchilik bo‘ladi. 4. Chinnigul
o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez
suv betiga sapchib chiqsa, yomg‘ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil
qilsa, qish qattiq keladi.
121-mashq.
 Ko‘chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bosh gapga
bog‘lovchi vositalarni ayting.
1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat
qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. («Òafakkur gulshani») 3. Ichlari
achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat
qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar
teshikdan. (Maqol)
1. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday
ma’nolarni  ifodalaydi?
2. Shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari
qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish