100-mashq.
Bosh gapga agar bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma
gapga to‘rtta misol topib, agar bog‘lovchisini basharti, mabodo bog‘lovchisiga almashtirib
ko‘ring.
N a m u n a : Agar boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Basharti
boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. // Mabodo boshingga qilich kelsa
ham, to‘g‘ri gapir.
101-mashq.
Gaplarni o‘qing, ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan
ergashgan qo‘shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering.
Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. Odob shunday tojki, u
aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o‘xshaydi,
chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt,
odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir,
shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi
yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir.
(«Sharq hikmatlari»dan.)
Do'stlaringiz bilan baham: |