N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/121
Sana06.08.2021
Hajmi1,46 Mb.
#139652
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121
Bog'liq
9-sinf Ona tili

2-topshiriq.
 Matnning uslubiy belgilari haqida fikr yuriting.
Bilib oling. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan
nutqiy qolip,  qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga
ega  bo‘lgan  nutq  uslubi  rasmiy uslub sanaladi.
Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda,  idora,
korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning
ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.
235-mashq.
 Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Ish yuritish hujjatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra
to‘rt guruhga bo‘linadi: 1.Òashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma,
nizom, shartnoma va boshqalar). 2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma,


99
farmoyish). 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma,
ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va
boshqalar). 4. Õizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
Ish  yuritish  hujjatlarining har  bir  turi  o‘ziga  xos nutqiy  qoliplarga
ega. Masalan,  xizmat yozishmalarida  quyidagi qoliplar  ko‘proq uchraydi:
1) «Sizga ...ni ma’lum qilaman(miz)//
bildiraman(miz)//
eslataman(miz)»;
2) «...ga rozilik bildiradi//
kafolat beradi//
qarshi emas»
yoki farmoyish hujjatlarda gap kesimlari «tayinlansin», «topshirilsin» kabi
majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi.
236-mashq.
 Ko‘chiring. O‘ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.
Samarqand shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
direktori K. Komilovga
9-sinf o‘quvchisi H. Akbarovdan
ARIZA
Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 9-«a» sinfiga o‘tkazishingizni
so‘rayman.
(Sana)
(imzo)
H. Akbarov
237-mashq.
 Ko‘chiring. Matnning o‘ziga xos uslubiy belgilarini aniqlang.
¹100
201__-yil 30-aprel
    MA’LUMOTNOMA
Hakim Salimovich Olimov haqiqatan ham Xiva tumanidagi 10-umumiy
o‘rta  ta’lim maktabining  9-sinfida o‘qiydi.
Ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
Maktab direktori: (imzo)
S. Hoshimov


100

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish