3-topshiriq.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga to‘rtta misol yozing,
tinish belgilarining qo‘yilishini tushuntiring.
4-topshiriq.
Uyga vazifa.
O‘qing. Qo‘shma gaplarni aniqlab, avval
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni, so‘ng bog‘langan va ergashgan qo‘shma
gaplarni ko‘chiring.
Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining
keyingi bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning eng
yaqin tarbiyachisi – kitob. Shuni bilingki, u bolani ham aqlan, ham
ma’naviy jihatdan boyitadi, shakllantiradi. Istiqlol davri bolalari
g‘ayratli, shijoatli; ko‘zida chaqini, ko‘ksida yolqini bor. Faqat
mana shu shahd-u shiddatni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira olishimiz
kerak. Shundagina biz o‘z maqsadlarimizga erishamiz va farovon
hayot bizga muyassar bo‘ladi. (Dilshod Rajab)
http://eduportal.uz
74
Do'stlaringiz bilan baham: |