N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

259-mashq.
 
O‘qing.  Gaplarni  sodda  va  qo‘shma  gaplarga 
ajratib  yozing,  ularni  nima  asosda  ajratganingizni  ayting.
Odamning  boshqa  jonzotlardan  farqi  nimada?  Odamda  xotira 
bor,  o‘tganlarni  eslab  turadi.  Odamda  farosat  bor,  tez  va  to‘g‘ri 
fahmlab  oladi.  Odamda  tasavvur  bor,  xayoliga  nimaningdir  yoki 
kimningdir  suratini  keltira  oladi.
Odam  harom  bilan  halolning  farqiga  bora  oladi.  Masalan, 
toza  bilan  pok  tushunchalari  o‘rtasida  katta  farq  bor.  Ko‘rinishdan 
toza  ko‘ringan  narsa  pok  bo‘lmasligi,  aslida  pok  narsa  top-toza 
ko‘rinmasligi  mumkin.  Buni  anglay  olish  uchun  odamda  mantiq 
qudrati  bor.  Odam  iffatni  qadrlaydi,  bu  butun  odamzodga  xos 
fazilatdir. 
(«Vatan  tuyg‘usi»  darsligidan)
260-mashq.
 
Moturidiy  bobomizning  o‘gitlariga  diqqat  qiling,  ularni 
o‘zlashtirma  gaplarga  aylantiring  va  tinish  belgilarining  qo‘llanishiga 
e’tibor  bering.
1.  Sabrli  bo‘l,  murodingga  yetasan.  2.  Har  bir  ishda  hamkor 
izla.  3.  Kam  gapir,  oz  yegin-u  kam  uxla.  4.  Ilmda  hammadan 
kamtar  bo‘l.  5.  O‘rgan  va  o‘zgalarga  o‘rgatgin.  6.  Rost  gapir-u 
o‘zgalarning  aybini  kovlama.  7.  So‘ramasalar  javob  berma, 
aytmagan  joyga  borma.  8.  Qalbingni  hasad  o‘ti  bilan  kuydirma. 
261-mashq.
 
Matnni  o‘qing,  undan  olgan  taassurotingizni  qayta 
hikoya  qilib  bering. 
Bugungi  kunda  O‘zbekistonimizda  ertaklarda  ham  yo‘q  ulkan 
ishlar  –  bir  yuz  yigirma  uch  kilometr  uzunlikdagi  «Angren  –
Pop»  temir  yo‘li  qurib  bitkazildi.  Dengiz  sathidan  qariyb  bir 
yarim  ming  metr  balandlikda  joylashgan,  uzundan  uzun  tog‘larni 
http://eduportal.uz


120
kesib  o‘tadigan,  o‘n  to‘qqiz  kilometrdan  ziyod  tunneldan  iborat 
yo‘lning  foydalanishga  topshirilishi  juda  katta  tarixiy  voqea  bo‘ldi. 
U  nafaqat  vodiyga  yo‘l  ochdi,  ayni  paytda  Yevropa  va  Osiyo 
qit’alarini  bir-biriga  bog‘ladi.  Bu  yo‘l  nafaqat  oddiygina  temiryo‘l, 
balki  tom  ma’noda  oltin  vodiyning  oltin  yo‘li  bo‘ldi.  (Ziyovuddin 
Mansur)  
262-mashq. 
Uyga vazifa.
  Matnni  o‘qing.  Gaplarni  turlarga  ajrating. 
Vatan  –  eng  oliy  tushuncha,  xalqlarning  tayanchi,  o‘tmishi, 
buguni  va  ertasidir.  Shuni  aslo  unutmaslik  kerakki,  Vatanga 
bo‘lgan  muhabbat  samimiy,  dildan  bo‘lmog‘i  lozim.  O‘z  Vatanini 
sevmoqlik  har  bir  shaxsning  muqaddas  burchidir,  ammo  haqiqiy 
vatanparvar  uni  sevish  bilan  kifoyalanib  qolmaydi,  balki  Vatan 
ravnaqi,  obodligi  va  obro‘yi  uchun  tinmay  kurashadi.
Zero,  hadisi  sharifda  aytilmishki:  «Vatanni  sevmoq  iymon-
dandir».

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish