N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI

 

MUDIRI FAOLIYATI:

-  Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz 

faoliyat  ko'rsatadi,  barcha  muassasa  va  tashkilotlarda  uning 

manfaatlarini ifodalaydi;

-   maktabgacha  ta'lim  muassasasi  mol-mulkini  o'ziga 

berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

-  ishonchnomalar beradi;

-  bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;

-   maktabgacha  ta'lim  muassasasi  xodimlarini  ishga  qabul 

qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, 

intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat 

lozimnomalarini to'xtatadi;

562



-  o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;

-   maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ishini  takomillash­

tirish,  moddiy  bazasini  mustahkamlash,  xodimlarni  ijtimoiy 

muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish 

uchun  maktabgacha  ta'limni  boshqarish  yuqori  organiga 

kiritadi;

-  bolalar hayoti va sog'lig'ini  muhofaza  qilishning samarali 

tashkil  etilishi,  o'quv-tarbiya jarayoni,  moliya-xo'jalik faoliyati 

ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy 

boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  ma'muriyati  jamoat 

tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  o'z-o'zini  boshqaruv  asosida 

bolalarni  . tarbiyalashda  yuksak 

natijalarga 

erishishga 

qodir  bo'lgan  turg'un  mehnat  jamoasini  shakllantiradi; 

kadrlarni  muntazam  takomillashtirib  borish,  pedagogik  va 

xizmat  ko'rsatish,  mehnat  samaradorligini  oshirish  ruhida 

tarbiyalaydi,  o'z  jamoasi,  tanlagan  kasbi  uchun  faxrlanish 

hissini shakllantiradi.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  rahbarlari  kadrlarning 

kasb  mahoratini,  umumiy  ta'lim  mahoratini,  umumiy 

ta'lim  va  madaniy  darajasini  muntazam  o'stirib  borishga 

g'amxo'rlik  qiladi;  xodimlar  malakasini  hisobga  olgan  holda 

va  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  manfaatlaridan  kelib 

chiqib,  ularni  ratsional  va  o'z  vaqtida  joydan-joyga  ko'chirib 

turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy- 

pedagogik  o'quvchining  huquqiy  va  iqtisodiy  o'quv  bilan 

organik  uyg'unlanishini  ta'minlaydi;  xodimlar  malakasini 

bevosita  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  oshirish  uchun 

lozim-sharoit  yaratadi,  murabbiylik  harakatini  rivojlantiradi; 

mamlakatda  va  chet  ellarda  pedagogik  va  boshqa  aralash 

fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.

Ma'muriyat 

jamoat 

tashkilotlari 

bilan 

birgalikda 



maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan 

o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga 

o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.

563



e)  mudiraning  m aktabgacha  ta ’lim  bo'lim lari,  ota- 

onalar, jam oat oldidagi hisobdorligi.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasining  mudiri  amaldagi 

qonunchilik  doirasidagi  pedagog  xodimlari  va  ma'muriyatini, 

ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvi- 

ga  chek  qo'yuvchi  zarur  choralar  ko'radi.  Shuningdek, 

jamoaga  nisbatan  ma'muriy-buyruqbozlik  urinishlariga, 

uning mustaqilligini  cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu 

masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.

Mudira  ishonch  qog'ozisiz  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 

nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari, 

muassasalar  va  tashkilotlarida  uning  manfaatini  himoya 

qiladi;  kreditlar  tarqatadi;  lozimnomalar  tuzadi,  ishonch 

qog'ozlarini  beradi,  banklarda  va  boshqa  hisoblarini  ochadi; 

maktabgacha  ta’lim  muassasasi  uchun  zarur  bo'lgan  jihozlar 

va  boshqa  moddiy  resurslarni  xohlagan  korkabinetlardan, 

tashkilotlardan,  shirkatlardan  va  ayrim  shaxslardan  naqd 

pulga yoki  pul  o'tkazish yo'li  bilan  ijaraga  olish  va  buyurtma 

berish huquqiga ega.

Mudira  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  huquqi  doirasida 

buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar 

maktabgacha  ta'lim  muassasasining  barcha  xodimlari  uchun 

majburiydir.  Tarbiyachi-metodist,  katta  tibbiy  yordam 

hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan 

ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasining  shaxsiy  tarkibi 

quyidagilardan  iborat:  Ma'muriy  guruh  (mudir,  tarbiyachi- 

metodist,  xo'jalik  mudiri,  katta  tibbiy  yordam  hamshirasi), 

pedagogika,  tibbiy  yordam,  xizmat  ko'rsatish  tarmoqlari 

xodimlari.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  ma'muriyati  har  bir 

tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat 

jamoasi vakolatini  amalga oshirishning asosiy shakli umumiy 

yig'ilishidir.



564


Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:

-  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  Ustavini  ko'rib 

chiqadi va qabul qiladi;

-  maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini 

aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;

-  yillik va  istiqbol  rejalarni  muhokama  qiladi,  tasdiqlaydi, 

uning  bajarilishi  haqida  ma'muriyat  hisobotini  eshitadi, 

pedagogik  va  xizmat  ko'rsatish  mehnatining  samaradorligini 

oshirish yo'llarini belgilaydi;

Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi 

qo'mitasiga taqdim etadi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish