N. M. Kayumova


Rejalashtirishning



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

494


Rejalashtirishning 

asosiy 

bosqichlari 

bo'yicha

 

Venn diagrammasini to'ldiring.



Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari

Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.



Istiqbolli  rejalashtirish 

bu  -   M aktabgacha  ta'lim   vazirligi,

 

viloyat boshqarm alari,  tum an va sh ah ar moliya iqtisod bo'lim lari

 

tom onidan  uzoq  m uddatga  ( 5 - 1 0   yilga]  mo'ljallab  tuziladigan  re-

 

jalar tushuniladi.



Joriy rejalashtirish 

-  h ar yili am alga oshiriladigan  moliyaviy-

 

xo'ialik ishlari reiasidir.  _________________________________________



SMETA- DAVLAT MOLIYAVIY HUJJATI

 

SIFATIDA



Smeta 

maktabgacha  ta'lim 

muassasasining  barcha 

xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va 

ota-onalar  mablag'larini  aks  ettiradigan  moliyaviy-me'yoriy 

hujjatdir.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasida  yozgi  hordiq  va 

sog'lomlashtirish 

tadbirlarini 

o'tkazish 

uchun 

alohida 


smeta  tuzlladi.  Ishlab  chiqarish  ko'rsatkichlarini  aniqlashda 

muassasadagi  guruhlar,  bolalar  soni,  ularning  muassasada 

qancha  vaqt  bo'lishi,  muassasa  xodimlarining  necha  soat 

ishlashi va  ishning turiga  ham  alohida  e'tibor beriladi.  Smeta 

xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga 

oshiriladi:  «Ish  haqi»,  «Ish  haqiga  nisbatan  ajratmalar»,



495


«Ma'muriy  va  xo'jalik  xarajatlari»,  «Xizmat  safarlari  xarajat­

lari»,  «Adabiyotlar,  ko'rgazmali  vositalar  va  o'yinchoqlar 

sotib  olish»,  «Ovqatlantirish  xarajatlari»,  «Asbob-uskuna  va 

jihozlar  sotib  olish»,  «Bino  va  inshootlarni  kapital  ta'mirlash 

xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».

Bolalarni  «Ovqatlantirish  xarajatlari»  moddasi  asosida 

taomnoma tuzish:

«Ovqatlantirish 

xarajatlari» 

moddasiga 

bolalarni 

ovqatlantirishga 

mo'Ijallangan 

mablag'lar 

kiritiladi. 

Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish  uchun belgilangan 

pul  me'yori  va  yil  davomidagi  tushumlar  asosida  tuziladi. 

Bunda  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  turi,  ish  vaqti 

e'tiborga  olinadi.  Ovqatlantirish  me'yori  Sog'liqni  saqlash, 

Moliya va  Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab  beriladi. 

Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun 

bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha 

ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi. 

Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasi smetasiga barcha 

xodimlarning ovqatlanishi  uchun mablag' ajratish  ham  ko'zda 

tutiladi. Bu maktabgacha ta'lim va moliya bo'limlari tomonidan 

alohida  ro'yxat  bo'yicha  amalga  oshiriladi.  Bunda  xodimlar 

haq  to'lash  hisobiga  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida 

ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa 

qaysi  byudjet  hisobidan  mablag'  bilan  ta'minlanishi  qayd 

etiladi.

Yozgi  dam  olish  va  sog'lomlashtirish  tadbirlarini  o'tkazish 

sarf-xarajatlari  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  xarajat 

smetasiga  kiritilmaydi.  Bunday  tadbirlar  o'tkaziladigan 

hollarda  ularni  amalga  oshirish  bilan  bog'liq  qo'shimcha 

xarajatlar  uchun  alohida  smeta  tuziladi.  Shuningdek,  bolalar 

bog'chalarida  ota-onalar  mablag'lari  hisobga  olingan  alohida 

smeta ham tuziladi.

Smeta  byudjetida  qayd  etilgan  xarajat  moddalari  Moliya 

vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  hujjat  asosida  tuziladi. 

Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami

496



hamda  har  bir  modda  bo'yicha  xarajatlar  miqdori  joriy yilga 

tasdiqlangan xarajatlar  summasi  smeta  qachon  tuzilayotgani 

va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan 

holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.

Ko'rsatilgan ma'lumotlarni  taqqoslashda smetani ijro  etish 

jarayonida  undan  chetga  chiqish  hollarining  yuz  bergani 

va  ularning  sababini  aniqlash  asosida  kelasi  yilgi  xarajatlar 

miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi.

Maktabgacha 

ta'lim 


muassasalari 

smeta 


tuzish 

vaqtida  kelgusi  yilgi  ish  ko'rsatkichlarini  (guruhlar  va 

tarbiyalanuvchilar  sonining  ortishi,  bolalarning  muassasada 

bo'Iish  vaqti  va  hokazo]  belgilashda  o'zi  bo'ysungan  yuqori 

tashkilotning  me'yoriy  hujjatlari,  buyruq  va  ko'rsatmalariga 

amal  qiladi.  Smetaga  kiritilgan  xarajatlar  smeta  blankasiga 

keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart.

Smetaga  hisob-kitoblar  bilan  birga,  maktabgacha  ta'lim 

muassasasi  egallab  turgan  bino  haqida  umumiy  ma’lumotlar 

(uning hajmi,  maydoni,  isitish  tizimi,  elektr,  gaz,  vodoprovod, 

kanalizatsiya 

tarmog'ining 

mavjudligi), 

shuningdek, 

muassasaning 

ko'lamiga 

oid 

ko'rsatkichlar 



(guruhlar 

hamda  bolalar  soni  va  h.k.)  ham  aks  ettiriladi.  Bundan 

tashqari,  smetaga  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  faoliyat 

yuritayotgan  pedagoglar,  tarbiyachilar,  enagalar,  hamshiralar 

va  boshqa  xodimlarning  ikki  nusxada  tuzilgan  tarifikatsiya 

ro'yxati ilova qilinishi shart.

Smeta  loyihasi  tegishli  ilovalar  bilan  maktabgacha  ta'lim 

muassasalari  tomonidan  belgilangan  muddatda  yuqori 

tashkilotlarga  ikki  nusxada,  zarur  hollarda  esa  uch  nusxada 

taqsim etiladi.

Yuqori  tashkilot  maktabgacha  ta’lim  muassasasining 

smetasini  qabul  qilib  olgach,  eng  avvalo,  smetaning  to'g'ri 

tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar 

bo'yicha  xarajat  summalari  aniq  hisob-kitob  qilingani, 

binoning  hajmi  va  maydoni  to'g'ri  ko'rsatilgani,  shuningdek, 

xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi.



497


Barcha  hisob-kitoblar  ko'rib  chiqilgach,  har  bir  modda 

bo'yicha  xarajatlar  aniqlanadi  va  byudjet  hisobidan  aj- 

ratiladigan  xarajatlar  unda  aniq  maqsadlar  uchun  belgi­

langan  summaga  tenglashtiriladi.  So'ng  maktabgacha  ta'lim 

muassasasining  smeta  blankasiga  jami  xarajatlar  (alohida 

modda  bo'yicha  va  umumiy  summa),  shuningdek,  byudjet 

hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar 

kvartallar  bo'yicha  tasdiqlangan  taqsimotga  binoan  yozib 

qo'yiladi.  Smeta  yuqori  tashkilot  tomonidan  qabul  qilingach, 

maktabgacha  ta'lim  muassasasi  boshqa  xarajatlar  va  ota- 

onalardan  tushadigan  mablag'larni  har  bir  kvartal  bo'yicha 

taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.

Xarajatlarni 

taqsimlashda 

ba'zilarining 

mavsumiy 

xarakterda  bo'lishi  (yoqilg'i  tayyorlash,  sabzavot  jamg'arish, 

ta'mirlash ishlari va hokazolar)  hisobga olinishi lozim. Agarda 

joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu 

bilan  bog'liq  sarf-xarajatlar  (ish  haqi,  bolalarni  ovqatlantirish 

uchun  sarflanadigan  qo'shimcha  mablag'lar  va  h.k.]  tegishli 

kvartallar  xarajatlari  ko'rsatkichlarida  aks  ettirilishi  kerak. 

Smetaning  bir  nusxasi  muassasada  qoladi,  ikkinchi  nusxasi 

yuqori  tashkilotga,  uchinchi  nusxasi  esa  markazlashgan 

buxgalteriyaga,  qishloq  kengashiga,  moliya  bo'limi  va 

boshqalarga taqdim etiladi.

Smeta  tasdiqlanish  blankasining  old  tomonidagi  maxsus 

yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning 

jami  miqdori,  xodimlar  ish  haqi  jamg'armasi,  smeta 

tasdiqdangan  sana  qayd  etiladi.  So'ngra  smetani  tasdiqlagan 

yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora 

muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot 

unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori 

tashkilotning  maktabgacha  ta'lim  muassasasiga  yuborgan 

yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.

II. 


Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha 

ta’lim  muassasalarining  xarajatlar  hajmi  asosan  undagi 

guruhlar  va  bolalar  soniga,  har  bir  bolaning  maktabgacha

498



ta'lim  muassasasida  qancha  vaqt  bo'lishiga  bog'liq.  Bunda 

bolalarning  umumiy  soni  va  ularning  har  biri  muassasada 

qancha  vaqt  bo'lishiga  oid  ko'satkichlar  (9-10.5,  12  va  24 

soat)  maktabgacha  ta'lim  va  yasli  guruhlari  bo'yicha  alohida 

qayd  etiladi.  Muassasada  sog'lomlashtirish  guruhlari  mavjud 

bo'lsa,  ulardagi  bolalar  soni  ham  alohida  ko'rsatilishi  lozim. 

Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil  oxiridagi 

hamda  o'rtacha  yillik  soni  ko'rsatiladi.  Rejalashtirilayotgan 

yil  boshida  maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  smeta 

tuzilayotgan  vaqtda  haqiqatda  mavjud  guruhlar  miqdori  va 

bolalarning  ro'yxatdagi  soni  keltiriladi.  Bu  ro'yxatda  yuqori 

tashkilot yo'llanmasi  bilan  muassasaga  qabul  qilingan  barcha 

bolalar  qayd  etiladi.  Agar  joriy  yil  smetasida  maktabgacha 

ta'lim  muassasasini  kengaytirish  ko'zda  tutilgan  bo'lsa,  u 

holda  «Yil  boshida»  grafasida  guruhlar  miqdori  va  bolalar 

sonida  joriy  yil  oxirigacha  yuz  berishi  mumkin  bo'lgan 

o'zgarishlar aks  ettiriladi.  O'zgarishlar bo'lmasa,  «Yil  oxirida» 

grafasiga  yil  boshida  keltirilgan  ma'lumot  yozib  qo'yiladi. 

Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim 

muassasasida bo'lgan kunlar soni,  odatda,  davomat tabelidagi 

ma'lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil 

qilish  asosida  bolalarning  turlicha  muddat  bilan  muassasada 

qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish