N. M. Alovddinova Ilmiy va pedagogik xizmatlar markazi direktori


3-rasm. O‘g‘it turlari. Mustahkamlash uchun savollar



Download 46,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/171
Sana28.03.2022
Hajmi46,42 Mb.
#514961
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
Bog'liq
6 sinf yangi darslik

165
3-rasm.
O‘g‘it turlari.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Paxtani ekish muddati qachon? 
2. G‘o‘za nima uchun chekanka qilinadi?
3. G‘o‘za o‘zining o‘sish davrida qancha fazani boshdan kechiradi?
3-§. O‘SIMLIKLARNI PARVARISH QILISH VA 
OZIQLANTIRISH QOIDALARI
O‘simliklarni parvarish qilishda ularning o‘sishi uchun yorug‘lik, issiqlik, namlik, oziq 
moddalar, havo hamda tuproq zaruriy sharoit omillari hisoblanadi.
Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik ta’sirida o‘simlik bargi va yashil poyasida 
kraxmal, qand, oqsil, moy va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Agar o‘simlikka yorug‘lik 
yetishmasa, uning barglari sarg‘ayadi, butunlay qorong‘u joyda saqlansa, o‘simlikning 
yashil xususiyati yo‘qoladi. O‘simlik daraxt tagida o‘stirilganda, qalin qilib ekilganda, 
shuningdek, begona o‘tlar ko‘payib, soyalatib qo‘yganda, juda nimjon bo‘lib o‘sadi. 
Poyalari ingichkalashadi va o‘simlikning o‘zi sarg‘ayib, hosili juda kamayib ketadi. 
Ayrim o‘simliklar soya joyda mutlaqo hosil bermaydi. Hamma o‘simliklar ham 
yorug‘likni bir xil talab qilavermaydi. Ayrim o‘simliklar yorug‘lik yetarli va ko‘p miqdorda 
bo‘lgandagina yaxshi o‘sib mo‘l hosil bersa, ayrimlari biroz soya bo‘lsa ham o‘saverishi 
mumkin. Masalan, kungaboqar, makkajo‘xori, qovun, tarvuz, qovoq, pomidor, baqlajon, 
qalampir, bodring va boshqa o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklardir. 
Ayrim o‘simliklar yorug‘sevar bo‘lishi bilan birga yorug‘likning qisqa muddat tushib 
turishini xohlaydi. Ular yorug‘lik 8–10 soatdan kam bo‘lmaydigan, lekin 12–14 soatdan 
oshmaydigan sharoitni talab etadi. Ayrim o‘simliklar esa soyaga chidamliroq bo‘ladi. 
Bunday o‘simliklarga rediska, ukrop, piyoz, lavlagi, malina, qulupnay va boshqalar kiradi.
Har qanday o‘simlikni parvarish qilishda ozuqaviy moddalar, ya’ni organik 
o‘g‘itlar (go‘ng, kompost, yashil o‘g‘it va boshqa), mineral o‘g‘itlar (azotli, fosforli, 
kaliyli, kompleks o‘g‘itlar, ohakli, mikroo‘g‘itlar), bevosita va bilvosita ta’sir qiladigan, 
shuningdek, bakterial o‘g‘itlardan foydalaniladi (3-rasm). O‘simliklar yetarli darajada 
oziqlantirilsagina yuqori hosil beradi. 
@edurtm_uz



Download 46,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish