Mustahkamlash uchun savollar
1. Yilqichilikning ahamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Qanday turdagi ot zotlari bor?
3. Otlarning go‘sht va sut mahsuldorligi to‘g‘risida gapirib bering.
4. Otlarni boqish va parvarishlash qanday olib boriladi?
9-amaliy mashg‘ulot
Ishning maqsadi:
otlarni parvarish qilishni o‘rganishdan iborat.
Jihozlar:
asbob-uskuna va moslamalar, namunalar, xavfsizlik texnikasi
qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma.
Ishning bajarilish tartibi
1. Ish o‘rnini xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish.
2. Ot zoti turlarini o‘rganish.
3. Otlar ozuqaviy ratsioni (taomnomasi)ni o‘rganish.
4. O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.
5. Ishni yakunlash, ish o‘rnini yig‘ishtirib, tartibga keltirish.
Otlarni parvarish qilishni o‘rganish
ESLATMA
Mazkur amaliy mashg‘ulotni maktab sharoitida, hududda mavjud ot boqishga
moslashtirilgan fermer xo‘jaligi yoki oilaviy tadbirkorlik asosida tashkil etilgan
joylarga ekskursiya uyushtirish asosida ham tashkil qilish mumkin.
@edurtm_uz
204
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI
14-§. QUYONLARNI PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI
Quyonlar past haroratga yaxshi chidamli bo‘ladi, shuning uchun ularni yil davomida
kataklarda, ochiq havoda parvarishlash mumkin. Kataklar sovuq shamollardan
himoyalangan joylarga qo‘yiladi. Shimoliy mintaqalarda qishda quyonlarni yaxshi
shamollab turadigan, isitilmaydigan xonalarda boqishadi. Bu xonalar harorati
tashqaridan ko‘ra bir muncha yuqori bo‘ladi.
Quyonlar quyonsimonlar turkumining sut emizuvchilar oilasiga kiradi. Ularning
50 turni birlashtirgan 8 ta urug‘i mavjud. Quyonchilik (1-urug‘), qattiq yungli quyonlar
(3-urug‘), uy quyoni (4-urug‘) hisoblanadi. Ayrim turlari tez yugurish, yer kavlash, suzish
va chirmashib chiqishga moslashgan. Turli sharoitda yashay oladi. O‘tlar, po‘stloq,
novda, kurtak bilan ovqatlanadi, yiliga 4 martagacha bolalaydi, 2–15 tagacha bola
tug‘adi. Serharakat, yakka tartibda yashaydi. Ayrim turlari yaylovlar, polizlar va boshqa
mevali daraxtlarga, ekinzorlarga zarar keltiradi.
Quyon zotlari
. Quyonning bir qancha zotlari bor, ular ichida kulrang, oq velikan,
kumush va boshqa yirik zotlari ko‘p tarqalgan (26-rasm).
Kulrang quyon
Oq velikan quyon
Kumush quyon
26-rasm.
Quyon zotlari.
Kulrang
yirik zot quyonning vazni 4,5–5,5 kg atrofida bo‘lib, boshi va qulog‘i
katta, qulog‘i ikki tomonga ajralib turuvchi rim raqamiga (V) o‘xshaydi. Bu zotning
rangi, asosan, kulrangda bo‘lib, och va to‘q kul rangli vakillari ham bor. Qorin qismi,
oyoqlarining ichki tomoni oq bo‘ladi.
Oq velikan
zot quyonning og‘irligi o‘rtacha 4,3–6 kg bo‘lib, mo‘ynasi zich va mayin,
ko‘zlari qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘ladi. Rangi oq bo‘lganligi uchun ularni turli rangga
bo‘yash mumkin.
Kumush rang
quyon zotining og‘irligi o‘rtacha 4,6 kg, ayrimlari 6,5 kg bo‘ladi.
Yungining umumiy ko‘rinishi kumush rangda, havoranggacha, o‘siq junlari qora, tiviti
havorang. Bolalari tug‘ilganda qora bo‘ladi, bir oydan so‘ng o‘zgara boshlaydi va
4–5 oyligida kumush rangga kiradi.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |