N. K. Jamalov mehnat huquqi


-Mavzu: Yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar



Download 2,79 Mb.
bet79/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

15-Mavzu: Yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar

Reja:

  1. Yoshlar uchun qo’shimcha mehnat huquqiy kafolatlar.

  2. Ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar.


1.Yoshlar uchun qo’shimcha mehnat huquqiy kafolatlar.

Yoshlar mamlakatimiz aholisi nufusida muhim salmoqqa ega bo’lgan tabaqa sifatida davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakati-mizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 mln.360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa 17 mln. 80 ming nafarni yoki aholimizning 64 foizini tashkil qiladi.

Mamlakatimiz haqiqatdan ham yoshlar mamlakati bo’lgani sababli ular haqida qayg’urish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligi tabiiy holdir.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Barchamizga ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o’z farzandlari qiyofasida, unib-o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko’radi”.

“Yoshlar yili”, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturlarida yoshlar huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoyalash tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar nazarda tutiladi va muvaffaqiyatli ro’yobga chiqarib kelinmoqda.

O’zbekiston Renspublikasi tomonidan bola huquqlariga doir BMT xalqaro huquqiy hujjatlarini hamda Xalqaro mehnat tashki-lotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risidagi” 138-Konventsiyani hamda “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiq-lash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”gi 182-Kon-ventsiyalarini ratifikatsiya qilinishi, shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 sentyabrdagi 207-sonli "O’zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qaroriga ko’ra yoshlar huquqlari sohasida qo’shimcha kafolatlar belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi ham yoshlarning barkamol avlod bo’lib kamol topishlari, ilm o’rganishlari, kasb-hunar egallashlari va egallagan kasblari bo’yicha erkin mehnat qilishlarini ta’minlovchi ko’pgina imtiyoz va kafolatlarni nazarda tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi NIZOM”ga binoan 18 yoshga to’lmagan shaxslar uchun korxona va tashkilotlarda ish joylari band qilib qo’yilishi lozim.

Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko’ra belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o’n sakkiz yoshga to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi kerak.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo’ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar.

Mehnat kodeksining 241-moddasi o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydala-nishni taqiqlaydi. Voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish taqiqlangan bunday ishlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 29 iyulda 1990-son bilan ro’yxatga "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2008 yil, 34-son, 333-modda. olingan “O’n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo’llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro’yxati”da ko’zda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 12 mayda 1954-son bilan ro’yxatga olingan “O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan og’ir yuk normalarining chegarasini belgilash to’g’risida NIZOM”ga ko’ra o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni ko’tarish va tashish bilan bog’liq ishlardan iborat bo’lganda, ular uchun yuk ko’tarish va tashish normalarining chegarasi belgilangan.

O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan bog’liq bo’lgan ish-lardan iborat bo’lganda, ular uchun yuk ko’tarish va tashish norma-sining chegarasi 4,1 kg dan og’ir bo’lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.

O’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan bog’liq ishlardan iborat bo’lganda, qo’lda yuk ko’tarish va tashish normalarining chegarasi: o’g’il bolalar uchun - 6,5 kg, qiz bolalar uchun - 3,5 kg dan og’ir bo’lmasligi lozim.

O’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo’lda ko’tarish va tashish bilan bog’liq ishlardan iborat bo’lganda, ular uchun yuk ko’tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og’ir bo’lmasligi lozim. O’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan-larga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.

Ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni ko’tarish va tashish bilan bog’liq ishlardan iborat bo’lganda, o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarning yuk ko’tarish va tashish normalarining CHEGARASI Ko’tarish va tashish turlari Yuk normasining chegarasi Ko’tarish va tashish shartlari o’g’il bolalar uchun qizlar uchun Qo’lda 13 kg gacha 7 kg gacha qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo’lmaganda ruxsat etiladi "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2009 yil, 30-31-son, 355-modda.

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2009 yil, 19-20-son, 242-modda. Bir g’ildirakli aravachada 39 kg gacha qizlarga ruxsat etilmaydi qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo’lmagan faqat taxtali yo’lakda harakatlanishga ruxsat etiladi. Ikki g’ildirakli aravachada 47 kg gacha qizlarga ruxsat etilmaydi qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo’lmagan tekis yo’lda harakatlanishga ruxsat etiladi qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo’lmagan notekis yo’lda va ko’priklarda harakatlanishga ruxsat etiladi Uch va to’rt g’ildirakli aravachada 67 kg gacha 52 kg gacha qiyalik balandligi 0,02 dan yuqori bo’lmagan tekis yo’lda harakatlanishga ruxsat etiladi Vagonetkalarda 405 kg gacha 224 kg gacha qiyalik balandligi 0,01 dan yuqori bo’lmagan temir yo’llarda harakatlanishga ruxsat etiladi.

Ish vaqtining muddati o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlarga haftasiga o’ttiz olti soatdan, o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to’rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

O’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlayotgan o’quvchilarning o’quv yili davomidagi ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko’p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to’liq bo’lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to’lanadi.

Korxonalarda o’qishdan bo’sh vaqtida ishlayotgan o’quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to’lanadi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarga kamida o’ttiz kalendarь kundan iborat yillik ta’til beriladi va ular bu ta’tildan yoz vaqtida yoki yilning o’zlari uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin.

Basharti ta’til berilayotgan yil xodim o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar va to’lgandan keyingi davrlarni o’z ichiga olsa, ta’tilning muddati o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar bo’lgan ish staji uchun - o’ttiz kalendarь kun hisobidan, o’n sakkiz yoshga to’lgandan keyingi ish staji uchun esa, - umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shart-nomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo’l qo’yiladi.

Ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar, agar o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ular sog’lig’iga ziyon qiladigan yoki ularga boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo’lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar.

2. Ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar

uchun imtiyozlar

Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Mazkur qoida ishni ta’lim bilan qo’shib olib borish orqali kasb va malakaga ega bo’lishning uch shaklini nazarda tutadi va ular:

1). Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan xodimlar;

2).Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan xodim;

3).Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, kechki) ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarni huquqlarini kafolatlashni ko’zda tutadi.

Ishlab chiqarishning bevosita o’zida kasbga doir ta’lim olayotgan xodimlar deganda shogird tushish asosida kasb-hunar egallayotgan shaxslar nazarda tutiladi. Bunda shogird shogirdlik davrida faqat kasb o’rganish bilan band bo’ladi.

SHogirdlik – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yangi kasb, hunar, malakaga ega bo’lish maqsadida kasb egallashga talabgor shaxsni yuqori malakali, katta ishlab chiqarish tajribasiga ega bo’lgan ustaga biriktirib qo’yish yo’li bilan kasbiy tayyorlash jarayoni nazarda tutiladi.

SHogirdlik munosabatlari fuqaro bilan korxona o’rtasida mehnat huquqiy aloqa o’rnatilish shakli bo’lib sanaladi. Biroq, odatdagi mehnat shartnomaviy munosabatlardan farqli ravishda shogirdlik munosabatlari muayyan kasb yoki lavozimga oid mehnat vazifalarni bajarish maqsadida emas, balki, ta’lim olish, kasb egallash uchun yuzaga keladi. SHogirdlikka oid munosabatlarda ham mehat vazifalarni bajarish nazarda tutilsa-da, ammo bu ikkinchi planda turadi.

Ishlab chiqarish ta’limi, odatda, ikki bosqichda: birinchi bosqichi — ishlab chiqarish ta’limi ustasi (yo’riqchisi) rahbarligida kasb-hunar kolleji, o’quv markazi, o’quv-kurs kombi-nati, texnika maktabi va korxonalarning ana shu maqsadlar uchun yaratilgan o’quv-moddiy bazasida; ikkinchi bosqichi — korxonalarning ish o’rinlarida o’quv guruhi tarkibida ishlab chiqarish ta’limi ustasi (yo’riqchisi) rahbarligida o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi milliy mehnat qonunchiligida hozircha shogirdlikka oid mehnat munosabatlarini tartibga solish faqatgina O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 2 iyulda 762-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risidagi Nizom bilan tartibga solinmoqda, biroq, bu nizom Bandlikka ko’maklashish markazlari orqali ishsiz sifatida rasmiy ro’yxatga olingan shasolarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirishga taalluqli bo’lib, erkin tarzda korxona va tashkilotlar-ning bevosita o’zlari tomonidan yoki ularning buyurtmalariga ko’ra malakali ishchi kadrlari tayyorlashga tatbiq etilishi mumkin emas.

SHu sababli shogirdlik yo’li bilan ishchi kasblariga tayyorlash va malaka oshirishning huquqiy asoslari barpo qilinishi, shunga oid yangi moddalar O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiriti-lishi, shu sohaga oid Hukumat qarorlari, idoraviy me’yoriy huj-jatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi kerak.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan xodim ish beruvchi tomonidan kasb o’rganish, malakasini oshirish uchun maxsus o’quv kurslariga yoki ta’lim muassasalariga ma’lum muddatga yuboriladi. SHu davrda uning ish joyi (lavozimi) va o’rtacha oylik ish haqi saqlab turiladi.

Ish beruvchi maxsus o’quv kombinatlari, kurslari yoki ta’lim muassasalarida kasb o’rganib yoki o’z malakasini oshirib qaytgan xodimga yangi kasbda ishlash imkoniyatini ta’minlab berishi kerak.

Ishlab chiqarishdan axralmagan holda (sirtqi, kechki) ta’lim muassasalarida yangi kasb, o’qiyotgan xodim hunar egallash yoki mutaxassisi bo’lish.

Mehnat kodeksining 249-moddasiga ko’ra ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Umumta’lim maktablarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda muvaffaqiyatli o’qiyotgan xodimlar uchun o’quv yili davrida bir ish kuniga qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish soati (hafta davomida ish kuni qis-qartirilgan bo’lsa) belgilab qo’yiladi, qishloq joylardagi umum-ta’lim maktablarida o’qiyotganlar uchun esa, ikki ish kuniga qisqartirilgan ish haftasi yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda qisqartirilgan ish soati (hafta davomida ish kuni qisqartirilgan bo’lsa) belgilab qo’yiladi.

Umumta’lim maktablarining o’quvchilari olti kunlik ish haftasida ishlayotgan bo’lsalar, o’quv yili mobaynida kamida o’ttiz olti ish kuni yoki shunga muvofiq keladigan miqdorda ish soati davomida ishdan ozod qilinadilar. Besh kunlik ish haftasida ishlangan taqdirda, ishdan ozod qilinadigan ish soatlarining umumiy miqdori saqlab qolinadi, ishdan ozod qilinadigan ish kunlarining miqdori esa, ish smenasining muddatiga qarab o’zgaradi.

Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o’quvchilarga asosiy ish joyida oladigan o’rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizi to’lanadi, lekin bu belgilangan eng kam mehnat haqi miqdoridan oz bo’lmasligi kerak.

Hunar-texnika bilim yurtlarida (kasb-hunar kollejlarida) ta’lim olishning kechki shaklida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar imtihonlarga tayyorlanish va ular-ni topshirish uchun asosiy ish joyidagi o’rtacha ish haqi saqlangan holda yil mobaynida kamida o’ttiz ish kuniga ishdan ozod qili-nadilar.

Oliy o’quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish bilan bog’liq holda xodimlarga kirish imtixonlarini topshirish, kursdan-kursga o’tish imtihon va sinovlarini topshirish, bitiruv malaka ishlarini bajarish va yakuniy davlat nazorat imtihonlarini topshirish uchun o’rtacha ish haqi saqlab qolingani holda qo’shimcha ta’tillar berish nazarda tutilgan.

Masalan, Mehnat kodeksining 256-moddasiga muvofiq Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laborato-riya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendarь kun, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o’n kalendarь kun, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida o’ttiz kalendarь kun, uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o’ttiz kalendarь kun, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendarь kun, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendarь kun, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o’ttiz kalendarь kun, diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o’quv yurti talabalariga to’rt oy, o’rta maxsus o’quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo’shimcha ta’tillar beriladi.

Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining oxirgi kurslarida o’qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to’plash uchun o’ttiz kalendarь kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Mazkur ta’til davrida talabalar va o’quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish