N. J. Toshmanov rivojlanish biologiyasi



Download 9,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana20.01.2022
Hajmi9,16 Mb.
#393918
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Ривожланиш биологияси дарслик

Maydalanish 
 
Maydalanish  oddiy  hujayra  bо„linishidan  shu  bilan  farq  qiladiki,  bu 
jarayonda  hujayralar  faqatgina  bо„linadi,  lekin  о„smaydi.  Buning  natijasida 
ularning umumiy hajmi zigota hajmidan katta bо„lmay, kо„p hujayralardan tashkil 
topgan  maydalangan  shar  hosil  bо„ladi.  Maydalanayotgan  bu  hujayralar 
blastomerlar  deb  ataladi  (yunon.  blastos  –  kurtak,  meros  –  bо„lak).  Maydalanish 
maydalanish egatlari hosil bо„lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 turi 
tafovut qilinadi: 
1) meridional egat – zigotaning meridional chizig„idan о„tadi; 
2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig„idan о„tadi;  
3) longitudinal egat – zigotaning ekvatoriga parallel о„tadi;  
4) tangensial egat – tangensial yо„nalishda о„tadi. 
Zigotaning maydalanish jarayoni tuxum hujayraning sitoplazmasidagi oziqa 
miqdoriga bog„liq, negaki, oziqa moddaning kо„pligi maydalanishni qiyinlashtiradi 
yoki unga qarshilik kо„rsatadi. Shunga kо„ra umurtqali hayvonlarda tuxum hujayra 
maydalanishining 2 turi farqlanadi. 
1.  Goloblastik  yoki  tо„liq  maydalanish.  Bunda  tuxumning  hammasi 
maydalanadi  va  maydalanish  egati  ham  animal,  ham  vegetativ  qutblardan  о„tadi. 
Goloblastik  maydalanish  о„z  navbatida  2  turga  bо„linadi:  a)  tо„liq  tekis 
maydalanish  (40-  rasm,  a).  Bunday  maydalanish  natijasida  hosil  bо„layotgan 
blastomerlarning  hammasi  taxminan  bir  xil  kattalikka  ega  bо„ladi.  Bunday 
maydalanish  lansetnikning  izoletsital  tuxumiga  xosdir;  b)  tо„liq  notekis 
maydalanishda (40-rasm, b) tuxum hujayraning hammasi maydalanadi.  
Lekin  vegetativ  qutbda  sariqlik  moddasi  kо„p  bо„lganligi  sababli  bu 
qutbdagi  maydalanish  animal  qutbning  maydalanishidan  orqada  qoladi.  Animal 
qutb  blastomerlari  tezroq  bо„linganligi  sababli  sariqlikka  boy  bо„lgan  vegetativ 
qutb  blastomerlaridan  maydaroq  bо„ladi.  Bunday  maydalanish  amfibiyalardagi 
mezoletsital tuxumlarga xosdir. 
 


124 
 
 
37-rasm. Maydalanish turlari. A–tо„liq maydalanish; B–tо„liq notekis maydalanish;              
V–qisman maydalanish. 
 
Bundan  tashqari,  goloblastik  maydalanish  sinxron  va  asinxron  bо„lishi 
mumkin.  Sinxron  maydalanish  natijasida  hosil  bо„lgan  blastomerlar  sonining 
о„sishi tо„g„ri geometrik progressiya usulida boradi (2, 4, 8, 32, 64, 128). Bunday 
maydalanish  lansetniklarda  kuzatiladi.  Asinxron  maydalanishda  esa  blastomerlar 
sonining tо„g„ri geometrik progressiya bо„yicha borishi buziladi. Masalan, 3, 5, 6, 
10  sonli blastomerlar  hosil bо„ladi.  Tо„liq  asinxron  maydalanish sut  emizuvchilar 
va odamning izoletsital tuxum hujayralarida kuzatiladi. 
2.  Meroblastik  yoki  qisman  maydalanish.  Bu  usulda  tuxum  hujayraning 
pusht  gardishidan  iborat  animal  qutbigina  maydalanishda  ishtirok  etib,  buni 
diskoidal  maydalanish  ham    deyiladi.  Tuxum  hujayraning  oziq  moddadan  iborat 
bо„lgan vegetativ qutbi esa maydalanmaydi. 
Bu  yо„l  bilan  baliqlar,  qushlar  va  reptiliyalarning  poliletsital  tuxumlari 
maydalanadi (40-rasm, v). 
Maydalanish  homila  pufagi  yoki  blastulaning  hosil  bо„lishi  bilan  tugaydi. 
Lansetnikda  va  amfibiyalarda  kuzatiladigan  tipik  blastulalarda  blastoderma  deb 
ataluvchi devori va bо„shliq – blastotsel farqlanadi (41-rasm, a). Bundan tashqari, 
blastulaning tomi, tubi va qirg„oq zonalari farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish 
faqat  uch  xil  egatlar  (meridional,  ekvatorial,  longitudinal  egatlar)  orqali  о„tgani 
uchun blastoderma bir qavatli bо„ladi. Amfibiyalarda maydalanish jarayonida yana 
tangensial  egat  ham  о„tganligi  uchun  blastoderma  kо„p  qavatli  bо„ladi  (41-rasm, 
b).  Notekis  maydalanish  natijasida  blastulaning  tomi  va  qirg„oq  zonalari  mayda, 


125 
 
tubi  esa  blastotselga  bо„rtib  chiquvchi  sariqlikka  boy  bо„lgan  (davom  etuvchi) 
yirik blastomerlardan iborat. 
Lansetnik  va  amfibiyalarda  belgilash  (markirovka)  usuli  bilan  blastula 
davridayoq  pusht  varaqlari  va  organlarning  kurtaklari  borligi  aniqlangan. 
Blastulaning tomi bо„lajak ektoderma kurtagidir. Blastula tubi bо„lajak endoderma, 
qirg„oq zonalari esa bо„lajak xorda va mezodermaning kurtagidir. Baliqlar, qushlar 
va reptiliyalarda meroblastik maydalanish natijasida faqat tomi va qirg„oq zonalari 
farq  qilinadigan  blastomerlardan  iborat  diskoblastula  hosil  bо„ladi  (41-rasm,  v). 
Blastulaning tubini esa maydalanmagan sariqlik tashkil etadi. Blastula bо„shlig„i – 
blastotsel kichik. Bu yerda sariqlik bilan bog„liq bо„lmagan markaziy blastomerlar 
va sariqlikda yotuvchi qirg„oq blastomerlari farqlanadi. Qirg„oq blastomerlarining 
bir  qismi  sariqlik  endodermasini  hosil  qilishda,  qolganlari  esa  ortiqcha 
spermatozoidlar  kabi  merotsitlarga  aylanib  sariqlikning  rezorbsiyasida  ishtirok 
etadi. 
Sutemizuvchilarda  va  odamda  maydalanishning  boshidayoq  bir  xil 
bо„lmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bо„ladi (38-rasm, g). Maydalanish 
natijasida  blastotsel  hosil  bо„lmay,  balki  zich  blastula  yoki  sterroblastula 
shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bо„lib joylashgan periferik 
oqish  blastomerlar  va  embrioblast  deb  nomlanuvchi  markaziy  qoramtir 
blastomerlar  farqlanadi.  Trofoblastlar  pushtni  oziqlantirishda,  embrioblastlar  esa 
pusht rivojlanishida ishtirok etadi. 
 
41-rasm. Blastula turlari. 
A–lansetnikning bir qavatli blastulasi;                                           
B–amfibiyalarnining kо„p qavatli blastulasi; V – skatning disk shaklidagi blastulasi;                                 
G – sutemizuvchilarning zich blastulasi– sterroblastula. 


126 
 
Sterroblastula  bosqichida  pusht  bachadonga  о„tib,  uning  shilliq  qavatiga 
yopishadi  (implantatsiya).  Bachadonning  shilliq  qavatidan  sterroblastulaga 
suyuqlik  kiradi  va  hujayra  elementlarini  ikki  tomonga  suradi.  Natijada 
sterroblastula  homila  pufagiga  aylanadi.  Uning  devori  bir  qavat  trofoblast 
hujayralaridan  tuzilgan  bо„lib,  ichida,  qutblardan  birida,  embrioblast–  homila 
tuguni joylashadi. Blastulaning hosil bо„lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi 
davri tugallanadi va 3-davr – gastrulyatsiya boshlanadi. 
 

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish