N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I h a y d a r o V f. I



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/158
Sana31.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#259875
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158
Bog'liq
fayl 490 20210426

iNominalistlar  um um iy  tushunchalarni  faqat  predmetlarning  nomlaridir,  deb 
hisoblavdilar.  Realistlarga  qarama-qarshi  o ‘laroq,  nominalistlar  faqat  individual 
sifatlarga ega b o 'lg a n  alohida-alohida narsalargina real  mavjuddir,  deb  d a ’vo  qildilar.
Nominalistlaming 
ta ’limotlarida  b a ’zi 
bir  o ‘rta  asr  mutafakkiriarining 
materialistik  tendensiyalarida  ham  ifodalangan. 
Nominalizmning  eng  ko ‘zga 
ko'ringan  vakillari  l.Rosselin  (1050-1125),  Duns  Skott  (1265-1308),  Uilyam  Okkam 
(1281-1 349)  edi.
Uilyam  Okkam. 
Ingliz  faylasufi  Uilyam  Okkam 
Londonning 
janubiy 
g'arbid a joylashgan  Okkam   shaharchasida t u g ‘ilib  o'sdi.
U  Oksford  dorilfununining  ilohiyotchi  olimi  Duns  Skott  (1266  -  1308)  qo'lida 
ta'lim  oldi.  Uilyam  1324-yilga  qadar 
Oksford  dorilt'ununida  tahsil  oldi  va 
o'qituvchilik  qildi. 
Bu  ilm  dargohida  tez-tez  ilmiy  munozaralar,  mubohasa, 
himoyalar  o ’tkazilib  turilardi.  Ilmiy  bahslarda  odatda  talabalar  o'zla rinin g  muayyan 
fikrlarini  o 'rtaga  tashlashar,  boshqa  qatnashchilar  esa  unga  e'tiroz  bildirishardi. 
Talaba  o 'z   fikrini  q a ’tiy  himoya  qilib,  ularga  munosib  ja vob  berishi  munozara 
ishtirokchilarining  asosiy  sharti  hisoblanardi.
Bunday  bahslar  odatda  keskin,  hayajonli  bir  vazivatda  o 'ta r   va  ko'pin cha 
mushtlashuv  bilan  tugardi.
Uilyam  ilohiyot  magistri  darajasiga  erishgan  olim.  U  fan  tarixida yangi  uslubiy 
qoidalar  muallifi  sifatida 
nom  qoldirdi. 
Faylasufning  bu  qoidalari 
keyinchalik 
"Okkam  ustarasi”  deb  nom  olgan.  Okkamning 
mashhur  "ustarasi”  o'sim likning 
ortiqcha  novdalarini 
kesib  tashlovchi 
tokqaychi  kabi  bilish,  anglash  daraxtidagi 
tekinxo'r  atamalarni 
y o ‘qotishga  xizmat  qilgan.  Okkam  ilmiy  bilish  uslubida 
oddiylik.  soddalik tamoyillariga  rioya  etishni  afzal  hisoblagan.
Okkam  1323-yilda  Oksford  dorilfununi 
kansleri  bilan  janjalashib  qoladi. 
Kansler  faylasufga  qator  ayblar  taqab,  papa  Ioann  XXII  ga  xabarnoma  y o lla y d i. 
1324-yilda  Okkam  papa  Ioann  XXII  ning  Avinondagi  qarorgohiga  j o ‘natiladi.  U 
Avinon  ibodatxonasining 
turmasida  t o ‘rt  yil  sud  hukmini  kutib  yotadi  va  1328- 
vilning  may  oyida  olmon  imperatori  Lyudvig  IX  Bavarskiy  huzuriga qochib  boradi. 
Faylasuf  umrining  oxirigacha 
Olmoniyada  yashaydi.  1349-yili  Uilyam  Okkam 
Myunxen  shahrida vabo  bilan  o g ’rib,  vafot  etadi.
Bizning  bilimimiz sezgilar tufayli  hosil  b o ‘ladi, -  deydi  Okkam.
Ayrirn  psixik  jarayonlarni  tushuntirishda  ham  b a ’zi  bir  psixologlarda 
materialistik  element  va  tendensiyalar  namoyon  boMdi.  Masalan,  0 ‘rta  Osiyolik 
shifokor  va  faylasuf  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  va  arab  mutaffakiri  ibn  Rashid 
(1125-1198)lar  Aristotelga  ergashib,  "sezuvchi  ruhning  harakatlanuvchi  va jozib ador 
kuchlarini"  o'rganish  uchun  harakat  qildilar.  Ular  sezgilarni  keltirib  chiqargan
34


q o 'z g ‘ovchilardan  farq  qilish  zarurligi  haqidagi  masalani  qo'yadilar,  ong  faoliyati 
bilan  fiziologik  jarayonlar  o ‘rtasida  yaqin  aloqa  va  bog‘lanishlar  o'rnatishga 
intiladilar.
Qadimgi  Rossiyada  kitob  madaniyati  boshlanishi  bilan  (X-XI  asrlarda) 
psixologiya  sohasida  G ‘arb  va  Sharq  mutafakkirlarida  qanday  tarkib  topgan  boMsa, 
xuddi  o ‘sha holda  fikr va bilimlar tarqala boshlaydi.
Bu  bilimlarning 
eng  muhim 
manbai 
Vizantiya  mutafakkirlari 
Ioann 
Damaskning  (673-777)  grek  tilidan  slavyan  tiliga  tarjima  qilingan  “ Dialektika”  va 
“ Haqiqiy  iymon  haqida”  degan  asarlari  edi.
I.Damaskin  ta ’limotiga  ko ‘ra,  ruh  alohida  ilohiy  substansiyadir.  U  so‘z,  aql- 
idrok  hamda  erkin  irodaga  ega  bo'lgan  g'ayri  jismoniy,  oddiy,  tirik  va  abadiy 
mohiyatdir.  Ayni  vaqtda  rah  inson  tanasi  bilan  birikib  bitta  mavjudotni  tashkil  qiladi. 
Uni  insonning  o ‘sish  va  ko ‘payish  kabi  funksiyalaridan  ajratish  mumkin  emas.  Ruh 
tana  organlaridan  o 'z  qurollari  sifatida  foydalanadi  va  xulq  hamda  xatti-harakatlarida 
namoyon  bo ‘ladi.
Ayni  vaqtda  Damaskin  ruh  tanaga  bo g ‘liq:  masalan,  u  biologik  o ‘sishga  va 
boshqa tashqi  sabablarga qarab  o'zgaradi  deb ta ’kidlaydi.
Biroq  Damaskin  ruh  va  tananing  birligini  yashirin,  qanday  birlashganligi  sirli 
bir  hodisa  va  insonning  aqli  buni  bilishda  ojizlik  qiladi,  deb  hisoblaydi.  Bu  fikrlarda 
Aristotelning ta’siri  va  hissasi  ko'rinib  turibdi.
Ratsionalistik  psixologiya  fan  taraqqiyotidagi  bosqichlardan  biridir.  Hozirgi 
vaqtda  bu  psixologiyani  bilish  tarixiy  jihatdan  qiziqarli,  xolos.  Bu  psixologiya 
qandaydir  ilmiy  yoki  amaliy  ahamiyatga  ega  emas.  Shu  psixologiya  negizida  ishlab 
chiqilgan terminologiyanigina undan  qolgan  meros deb hisoblash  mumkin.
O crta  asrlarda  psixologiya  falsafaning  bir  qismi  edi.  Falsafaning  esa  mustaqil 
ahamiyati  y o ‘q  edi:  u  yoteologiyaning-dinning  xizmatkori  deb  hisoblardi.  Psixologik 
ta'limotlar  ham  shulardan  kelib  chiqqan  edi,  chunki  faqat  mulohaza  qilish  y o ‘li  bilan 
dinning  b a ’zi  qonun-qoidalarini-  ruhning  abadiy I igi,  odamning  kelib  chiqishi,  narigi 
dunyodagi  hayot va  hakozolarni  asoslash  mumkin  edi.
Binobarin,  ilmiy  metodlarning  kelib  chiqishi,  mukammalashuvi  tufayli 
sxolastik  falsafa  bilan  birga  ratsionalistik  psixologiya  ham  o ‘z  o ‘rni  va  ahamiyatini 
yo'qotgan.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish