Pifagor (miloddan avvalgi 576-496-yillar). Janubiy ltaliyaning Regiya
shahrida tug'ilib o 'sgan qadimgi yunon faylasufi Pifagor Mnesarx ismli kishini
farzandi boMgan. Otasi uni xizmat safariga doimo o'zi bilan olib yurgan. Oqibatda
Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo'lib o ‘sadi.
Pifagor uzoq vaqt davom ida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda
qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o'rganish uchun xatto xatna qildirishga ham rozi
bo'lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon yig 'lamagan
va umuman ehtiros ham da his-hayajonga berilmagan.
Pifagorning quyidagi asarlari m a ’lum: " f a b i a t haqida” , “ Davlat haqida” ,
"Tarbiya haqida", "Jon haqida” , “ Olam haqida” , “ Ilohiy kalom” . Pifagor miloddan
avvalgi 496-yilda dushmanlari tomonidan o'ldirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga
oid qarashlarga "falsafa", deb nom bergan birinchi donishmand edi.
Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog'id a hokim Leon Pifagordan
so'radi: "Sen qaysi ilm bilimdonisan?” - "Hech qaysi, - deb ja vob berdi Pifagor. -
Men shunchaki bir faylasufman” . - “ Falsafa degani nima o 'z i? ”- taajublanib so'radi
hokim. Pifagor shunday ja v o b berdi. “ Inson umrini bozor va Olimpiya o'yinlariga
qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo o 'z foydalarini
ko'zlaydilar. Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va mashhurlik
payida boMadilar. O 'y ingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan kuzatadilar.
20
Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik va shon-shuhrat orttirish
maqsadida yelib yuguradilar. Ana shu olomon orasida kamchilikdan iborat bir guruh
borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina kuzatadilar. Voqea hodisalarni.
inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash ularning eng sevimii amalidir. Ana
shu toifadagi odamlar f a y la s u f la r - donolikni sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar,
y a ’ni donishmandlar emas. Chunki tom m a’nodagi donishmandlik yolg'iz Allohga
xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka intilish bilan kifoyalanadilar xolos” .
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik Demokrit (er.avv ,460-370-yillar)
ning ta ’limotida “olovli a to n r ’larga aylandi. Demokrit va uning ustozi Levkipp
(er.avv. 500— 440) atomik materializm nazariyasini ilgari surdilar. Unga ko'ra,
barcha narsalar 2 ta asos: boMinmas xarakatchan, sharsimon yengil atomlardan va
b o ‘shliqlardan paydo boMadi. Bu atomning eng harakatchanlari. y a ’ni olov atomlari
ruhni hosil qiladi.
Bitta ilmiy isbotu dalilni qo'lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik
qilishdan a ’loroqdir,- degandi Demokrit.
Yana bir grek mutafakkiri A n a k s a g o r (er.avv. 500-428) ning barcha narsalar
gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil topganligi va ularning aql bilan va
y a ’ni ruh biiai, boshqarilishi to ‘g'risidagi fikr ham Demokritning atomik qarashlariga
o'xshaydi. Sochilib ketishidan iborat fizik qonuni tana uchun ham, taalluqli deb
hisoblab, Demokrit ruhni abadiyligini
inkor etadi.
Demokrit ruhning tana
harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh og ‘ir tanaga kirib harakatga
keltiradi. Tana o ‘lgandan keyin esa u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda
ruhni tashkil etuvchi atomlarni vutib nafas chiqarganda ruhimizni bir qismini
tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimiz doimo yengillashib turadi, deb
hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha. hamma narsaning xatto oMikning ham ruhi bor.
faqat ju d a kam. Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi. Tanadan
tashqari ruh bo'lishi mumkin emas, degan umumiy hukm chiqardi. U nafaqat tana va
ruh birligi balki ruhning o ‘zi tana ekanligini ta’kidlaydi. “ Agar ruh tanani
harakatlantirsa, demak, uning o'zi tana qismi” deb yozadi Demokrit. Epikur.
Lukretsiy, va boshqalar Demokritning ruh xaqidagi tasavvurlarini rivojlanishini
davom ettirdilar. Lekin Epikur t a ’limotiga ko'ra. ruh atomlardan emas, o ‘zgarmas 4
elementdan: olov - issiqlik asosi. bug' - harakat asosi, shamol - sovish asosi. nomsiz
4-element - ruhning ruhidan iborat. Epikurning nomsiz elementini Lukretsiy “ A",
deb atadi.
Shuningdek, Epikurning fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega
narsalardagina ruh boladi.
“ Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq
yanglishgandi, - deydi Sokrat, - chunki odamlar olovga bemalol qaray olishlarini.
Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini nazardan qochirgan. SHuningdek.
Anaksagor inson terisi quyosh nuri ta'sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga
ega emasligini, o'simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklari, olov taftidan esa
halok bo'lishlarini unutgan. Anaksagor
quyoshni olovda toblangan tosh, deb
ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog'du
taiata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich bo'lib
qolajak” .
21
Sokrat g'oyalari: “Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o'xshatish yo'lida
o' lib
tiriladilar-u,
am mo
o'zlarn ing
toshga
o ‘xshab
qolmasliklari
haqida
qayg'urm aydilar” .
"M en bu odam dan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham b a ’zi bir jo iz va zarur
narsalarni bilmasakda, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o'zimni
tiyaman” .
“O 'zini anglagan inson o ‘zi uchun nima foydaliligi
va nimalarga qodir
ekanligini yaxshi tushunadi. U qo'lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida
o 'z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan
xoli b o ‘ladi. Buning natijasi o'laroq, u o 'z g a odamlarni qadrlay oladi va ulardan
ezgulik y o 'lid a foydalana biladi. Oqibatda o'zini kulfatlardan asraydi” .
Do'stlaringiz bilan baham: |