3.4. Windows oilasi operatsion tizimlarining
fayl tizimlari
Kompyuterda ishlayotganda biz silindr, o‘qish/yozish moslamasi
va sektorlar bilan emas, balki fayllar bilan ishlaymiz. Diskdagi
ma’lumotlarga fayllar kabi murojaat qilishni qattiq diskning fayl
tizimi vositasi yordamida operatsion tizim ta’minlaydi. Fayl tizimi
diskda ma’lumotlar saqlanadigan disk sektorlari va fayl nomlari
orasida moslikni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xizmat
axborotlarini saqlashga asoslangan.
Odatda, fayl tizimlari sektorlarga emas, balki klasterlarga
asos lanadi. Klaster – bu bo‘linmas manzillash birligini vujudga
keltiruvchi sektorlar guruhidir. «Klaster» tushunchasi mantiqiy
tushuncha hisoblanadi. Aniq bir qattiq disk uchun klaster
o‘lchami uning jismoniy qurilmasidan emas, balki boshqa omillar,
shuningdek, foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ham aniqlanadi.
Windows oilasidagi operatsion tizimlarda 3 xil fayl tizimlari
qo‘llaniladi: FAT16, FAT32 va NTFS.
Do'stlaringiz bilan baham: |