Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
No-ID deb ataluvchi
yozuv ishlatiladi.
Ko‘rsatilgan xizmatchi axborot sohalaridan tashqari har bir
sektor 512 bayt sig‘imli ma’lumotlar sohasini o‘z ichiga oladi.
Quyi darajali (jismoniy) formatlashda hamma ma’lumotlar baytiga
ba’zi qiymatlar beriladi, masalan, F6h. Jamlagichlarning elektron
sxemalari ba’zi shablonlarni kodlash va dekodlanishini katta
qiyinchilik bilan amalga oshiradi, chunki bu shablonlar faqat
ishlab chiqaruvchi tomonidan dastlabki formatlash jarayonida
bajariladigan disk yurituvchini testlashda ishlatiladi. Maxsus test
shablonlarini qo‘llash ma’lumotlarning oddiy shabloni yordamida
topilmaydigan xatolarni aniqlashga imkon beradi.
Diskdagi sohalar diskni formatlash vaqtida vujudga
keladi. Xuddi shu vaqtning o‘zida ularga xizmatchi axborot
ham yoziladi. Diskni formatlash vaqtida har bir sektorning
ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan to‘ldiriladi. Disk
formatlangandan so‘ng ma’lumotlar sohasiga oddiy yo‘l
bilan axborotni yozish mumkin. Sektor sarlavhasi va natijasi
tarkibidagi axborotlar oddiy ma’lumotlar yozish operatsiyasida
o‘zgarmaydi. Uni faqat diskni qayta formatlash yo‘li bilan
o‘zgartirish mumkin.