N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish



Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/143
Sana23.07.2022
Hajmi8,13 Mb.
#844387
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

o‘tishli 
va
 
ko‘p o‘tishli 
turlarga bo‘linadi. Bir o‘tishli qurilmalarda tasvir 
elementlarida ish latilayotgan barcha ranglar bir marta o‘tishda 
kiritiladi.
 
Ko‘p o‘tishli printerlarda rangli qatlamlar ketma-ket 
ravishda birin-ketin kiritiladi.
Matritsali printerlar.
Tasvirni qog‘ozga tushirishda eng 
arzon usul – matritsali printerdan foydalanishdir. Matritsali 
printer qurilma lari eski yozuv mashinkalaridan uncha katta farq 
qilmaydi (5.3-rasm).
5.3-rasm.
 Matritsali printer 
ko‘rinishi.
5.4-rasm.
 Matritsali printerning 
ishlash tamoyili.
Qog‘oz varag‘i
Bosmaga chiqarish signallaridan 
tashkil topgan matritsa


89
Printer ichida bo‘yoqli tasma yoki rangli bezak (naqsh yoki 
shakl) larni tasvirlash uchun bir nechta rangli tasmalar tortilgan. 
Rasmni qog‘ozda aks ettirish uchun ignalar bilan jihozlangan 
bosmaga chiqarish moslamasi tasma ustidan o‘tadi. Ignalarning 
har biri belgi 
langan vaqtda tasmaga zarba bilan uriladi va 
qog‘ozga nuqta bosib chiqariladi.
Matritsali printerlarning shunday deb nom olishiga sabab 
ularning bosmaga chiqarish moslamalaridagi ignalar o‘ziga 
xos matritsani tashkil etadi, ba’zi adabiyotlarda esa bunday 
qurilmalarni «nuqtali» deb nomlashni ma’qul ko‘radilar.
Bosmaga chiqarish moslamasida joylashgan ignalar soni bos-
ma sifatini belgilaydi. Narxi qimmat bo‘lmagan printerlar 9 ta 
ignali matritsa bilan jihozlangan, bunda belgilar matritsasi 7×9 
yoki 9×9 o‘lchamga ega. Zamonaviy matritsali printerlar 18 yoki 
24 ignali bosmaga chiqarish moslamasi bilan jihozlangan.
Matritsali printerlarda bosmaga chiqarish ish tartibi ham turli-
cha amalga oshiriladi. Bosmaga chiqarishning eng tez ishlash 
tartibi deganda – bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab 
bir marta o‘tishi bilan bosmaning (satr bosmasi) amalga oshirili-
shi tushuniladi (Draft ish tartibi).
NLQ (Near Letter Quality – deyarli bosmaxona sifati) ish 
tartibida bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab ikki 
marta o‘tishi bilan satr bosib chiqiladi. Matritsali printerlarning 
Draft ish tartibida matnlarni bosmaga chiqarish tezligi 100 
dan 500 cps gacha bo‘ladi, bu taxminan minutiga ikki bet 
sahifani bosmaga chiqarish bilan teng. Eng yaxshi matritsali 
printerlarning tezligi 1000 cps gacha yetadi. Aniqlik xususiyati 
360×360 dpi ni tashkil etadi.
Tektronix firmasi tomonidan qattiq­siyoh texnologiyasi ish-
lab chiqilgan. Bu texnologiya o‘zida boshqa texnologiyalarning 
eng yaxshi sifatlarini mujassamlashtirdi. Bo‘yoqlar turli rang-
lardagi qattiq kub shaklida bo‘lib, har bir rang kubi alohida 


90
shaxsiy bo‘limlariga ega. Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqa-
rish moslamasiga uzatiladi. Moslama esa aluminli barabanda 
tasvirni hosil qiladi va undan qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar 
barabanda qotib qolmasligi uchun ular qizdiriladi. Bosmaga 
chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz kengligi bilan teng. 
Bosmaga chiqarish moslamasi – bu, pyezoelementlar bilan 
ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112 tadan) ibo-
rat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari baraban-
ga tushadi.
Qattiq siyohli bosmaning asosi shundaki – siyohlar bevosita 
qog‘ozga bosilishidan oldin eritiladi. Siyohlarning asosiy tashkil 
etuvchisi juda tez eriydigan, barabanga tushganda esa birdaniga 
qotib qoladigan oddiy mumdir. Umuman bu texnologiya oqimli 
texnologiyani takrorlaydi: turli xil rangli mikroskopik nuqtalar 
qog‘ozga bosiladi va unda naqsh hosil bo‘ladi. Rangli bosma 
tezligi 14 ppm gacha yetadi.
5.5-rasm. 

Download 8,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish