Kabellar.
Barcha elementlarni kompyuterlarga ulash uchun
ma’lum miqdorda kabellar kerak bo‘ladi. Bunda, ta’minot kabellari,
magnitli diskli jamlagich kabellari, CD va DVD-ROM jamlagichlari
kabellari va ko‘pgina boshqa kabellar nazarda tutiladi.
NaZoraT SavoLLarI
1. «Apgreyd», ya’ni yangilash tushunchasiga ta’rif bering.
2. Yangilash strategiyalariga nimalar kiradi?
3. Takomillashtirishda kompyuter elementlarini qanday asosiy toifa larga
bo‘lish mumkin?
4. ShKni yig‘ishda qanday komponentlardan foydalaniladi?
5. G‘ilof va ta’minot blokini takomillashtirishda nimalarni e’tiborga olish zarur?
6. Protsessor va tizimli platalarni takomillashtirishda qanday konfi
guratsiyalarni e’tiborga olish zarur?
7. Xotirani yangilash. Qanday xotira modullari mavjud?
8. Kiritish-chiqarish portlarining turlari.
9. Axborot yig‘uvchi qurilmalarni yangilashda (qattiq disk, CD/DVD-
ROM) qanday omillarga e’tibor berish kerak?
10. Axborot kiritish vositalarini yangilash.
11. Axborot chiqarish vositalarini yangilash.
12. Akustik tizimlarni yangilash.
189
11-bob.
ELEKTr Ta’MINoTI qUrILMaLarI
11.1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash
ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun
elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish
zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish
yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz
ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:
– ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida
kuch lanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);
– kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pas-
ayishi (qisqa vaqtli pasayish);
– elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanish-
ning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;
– ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.
Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va
ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish
uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya
manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyu
terning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni
berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan
himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr
ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni
himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reak-
tiv filtrga ega. 11.1rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zan-
jirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.
190
1
0
~220
Elektr
ta’minoti
blokida
11.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |