Yordamchi komponentlar.
Tizimni to‘liq yig‘ib bo‘lish
uchun yordamchi komponentlar, uncha katta bo‘lmagan detallar
kerak bo‘ladi. Ular kompyuterning to‘liq jihozlanib bo‘lishiga
yordam beradi.
Issiqlikni qaytaruvchi elementlar (IQE)
. Zamonaviy pro-
tsessor larning ko‘pchiligi o‘zidan katta issiqlik ajratadi. Bu issiqlik
bartaraf etilishi kerak, aks holda kompyuterning bir maromda
ishlay olmasligi yoki to‘xtab qolishi yuz berishi mumkin. IKE
larning ikki turi mavjud: passiv (PIQE) va aktiv (AIQE).
Passiv issiqlikni qaytaruvchi elementlar
(PIqE)
– bu
protsessorga ulanuvchi yoki yopishtiriluvchi (o‘rnatiluvchi) metall
(odatda, aluminiy) bo‘laklaridir. Ular protsessor elementlaridan
chiqayotgan issiqlikni tarqatishga yordam berib, radiator vazifasini
o‘taydi. PIQE sinmaydi. Ba’zan PIQE va protsessor o‘rtasidagi
havo almashinishini yaxshilash uchun issiqlik o‘tkazuvchi surma
yordamida havo tirqishlarini bartaraf etish kerak. Bu issiqlikni
maksimal darajada qaytarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |