BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING O’ZBEKISTON KONSEPSIYASI
ASOSI
Biz qurayotgan farovon demokratik fuqarolik jamiyati va o‘tkazilayotgan
chuqur iqtisodiy islohotlar mustahkam qonuniy asosga suyangandagina haqiqatga
aylanishi mumkin. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki davridan boshlaboq
tegishli qonunlar va me’eriy hujjatlar qabul qilishga kelishildi; qonun oldida xo‘jalik
sub’ektlarining, jamiyat barcha a’zolarining tengligiga erishishga harakat qilindi.
Agar qabul qilingan, qabul qilinayotgan qonunlar tahlil etilsa, bu qonunlar ijtimoiy –
siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligini ko‘ramiz. Ular orasida
mamlakatimizning davlat mustaqilligini ta’minlash, tashqi iqtisodiy va siyosiy
munosabatlarini qurish, bozor munosabatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarni
ko‘rish mumkin. Masalan, Yer haqidagi, uning ijarasi, mulkchilik, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik, banklar, raqobat,
antimonopol faoliyat, bankrotlik, soliqlar, garov, sugurta, xorijiy investitsiyalar,
fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi kabi qonunlarimiz shular jumlasidandir.
Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan ilgari qabul qilingan ko‘pgina qonunlarga
o‘zgartirishlar, qo‘shimcha va to‘ldirishlar qilib berilayotir, zero, ular bugungi kun
ruhini, talabini aks ettirmog‘i lozim.
Topshiriq:
1. Matnni o‘qing, reja tuzing va so‘zlang.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning boshqa tamoyillari bo‘yicha referat yozing.
MASKANIM – VATANIM
Hozirgi hayotimizda yuz berayotgan muhim voqealar Vatanimiz, xalqimiz
tarixidagi g‘oyat buyuk va unutilmas voqea ya’ni O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishganligi sharofatidir. Mustaqil davlatimiz bizga hozirgi zamon
sivilizatsiyasining eng yangi yutuqlarini egallab olish, o‘z xalqimiz ma’naviy
boyliklari va barcha an’analarini o‘rganib olish imkoniyatini yaratib beradi.
Har qanday uzoq yo‘l birinchi qadamni qo‘yishdan boshlanadi. Har qanday
mevali daraxt o‘z shox butoqlarini quyoshga tomon qanchalik baland ko‘tarib
yuksaltiravergani sari uning ildizlari ham yer ostiga shunchalik chuqur kirib boradi.
O’zbekiston xalqi o‘zining boy, ko‘p asrlik tarixiga egadir. Hozirgi
O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzimlari eramizdan avvalgi birinchi
ming yillik boshlarida paydo bo‘lgan edi. O’sha zamonlarda Markaziy Osiyo
hududida Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya, Margiona va boshqa qudratli hamda
rivojlangan davlatlar mavjud bo‘lgan.
Temur, Bobur kabi dono hukmdorlar hokimiyatni boshqargan zamonlar o‘zbek
davlatchiligi taraqqiyotining eng gullab yashnagan va eng yuqori darajaga ko‘tarilgan
davrlari bo‘lgan. Bunday buyuk kishilar hukmronlik qilgan yillarda hunarmandchilik,
ilm – fan, san’at gullab – yashnagan. Bizning ajdodlarimiz butun bashariyat
taraqqiyotiga asrlar bo‘yi so‘nmaydigan g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Abu Ali ibn
Sino, Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Imom Buxoriy, Naqshbandiy, Yassaviy, Ulugbek,
Navoiy, Bobur va boshqa buyuk allomalarning o‘lmas ma’naviy merosi buning
dalilidir.
65
Topshiriq:
1. Matnni o‘qing, reja tuzing va reja asosida so‘zlab bering.
2. Quyidagi so‘zlarni va so‘z birikmalarini rus tiliga tarjima qilib, daftaringizga
yozing:
Unutilmas voqea, an’ana, imkoniyat, yuksalish, bashariyat, ma’naviy boylik,
ma’naviy meros.
Do'stlaringiz bilan baham: |