O’rganiladigan sporalilarning sistematik o’rni
Tip Sporalilar – Sporozoa
Sinf Koksidiyasimonlar – Coccidiomorpha
Turkum Qon sporalilari – Haemosporidia
Tur Uch kunlik bezgak paraziti – Plasmodium vivax
Tur Tropik bezgak paraziti – Plasmodium falciparum
Tur To’rt kunlik bezgak paraziti – Plasmodium malariae
Umumiy tushunchalar
Qon sporalilar turkumining vakillari Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, ularni ayrim turlari odamning to’qima hujayralari va eritrositlarida parazitlik qiladi. Hayot siklini barcha bosqichlari (shizogoniya, gametagoniya, sporogoniya) faqat xo’jayinlari (sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar) tanasida o’tadi. Hayot siklini xo’jayin almashtirish bilan amalga oshiradi.
Qon sporalilari orasida Plasmodium avlodining bir qancha turlari o’zining hayotini bir qismini odam tanasida va boshqa bir qismini qon so’ruvchi chivinlar tanasida olib boradi. Ushbu avlodning keng tarqalgan turlaridan biri Plasmodium vivax hisoblanadi. U odamda uch kunlik bezgak kasalligini qo’zg’atadi. Odam parazit uchun oraliq xo’jayin hisoblansa, qon so’ruvchi bezgak chivini (Anopheles avlodi turlari) esa asosiy xo’jayindir.
Bezgak chivinining urg’ochisi odam qonini so’rganda, o’zining so’lak suyuqligi bilan birga parazitning (plazmodiumning) sporozoitlarini odamga yuqtiradi. Ushbu sporozoitlarning uzunligi 5-8 mkm, bir yadroli, chuvalchangsimon va harakatchan bo’ladi. Ular dastlab jigar, taloq va qon tomirlari endoteliysi kabi organlarning hujayralari ichiga kirib, yumaloqlashadi, o’sib yiriklashadi hamda trofozoit, keyin shizontlarga aylanib shizogoniya usulida ko’payadi va 16-22 tacha bir yadroli merozoitlarni hosil qiladi. Merozoitlar zararlangan hujayralarni buzib, yangi hujayralar ichiga kirib, shizogoniya jarayonini (48 soat vaqtdan keyin) yana takrorlaydi. Bunday shizogoniya yo’li 4-5 marta takrorlangandan so’ng, parazitlarning soni ko’payib, ularning bir qismi qon suyuqligiga o’tadi. Har bir merozoit bir eritrositga kirib, uning gemoglobini bilan oziqlanadi, o’sib trofozoitlarni, undan so’ng shizontlarni hosil qiladi. Trofozoitlarning qon hujayrasi ichidagi dastlabki rivojlanish bosqichida tanasi markazida vakuol bo’lganligi sababli uzuk shaklini eslatadi. Keyinroq rivojlanishi jarayonida vakuol asta-sekin yo’qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Bunday shakldagi parazit shizont deyiladi. Shizont eritrosit ichidagi gemoglobin bilan oziqlanadi, oziqaning qolgan qismi donachali qora pigment-melaninga aylanadi. Shizont o’sib, eritrosit ichini to’la egallab bo’lgandan keyin, shizogoniya usuli bilan bo’linib, 10-20 tacha yangi merozoitlarni hosil qiladi. Umuman merozoitlarni eritrositlar ichiga kirishi, uning trofozoitga aylanib, oziqlanib o’sishi hamda shizont davriga o’tib, bo’linib, yangi merozoitlarni hosil qilib, qon plazmasiga chiqish davri 48 soatga teng bo’ladi. Odamda uch kunlik bezgak kasalligini xuruji ham har 48 soatda bir marta takrorlanadi. Bezgak xuruji 5-6 soat, ba’zan 10 soat davom etadi. Merozoitlar yangi eritrositlar ichiga kirib olgandan keyin xuruj to’xtaydi.
Eritrositlarda parazitning shizogoniya yo’li bilan jinssiz ko’payishi 4-5 marta, ba’zan ko’proq takrorlangandan so’ng, jinsiy ko’payishga kirishadi. Buning uchun merozoitlar eritrositlar ichiga kirib, shizontlarni emas, balki to’la yetilmagan gametositlar (gamontlar)ni hosil qiladi. Gamontlarning ikki xili, ya’ni urg’ochilik gamonti (makrogametosit) va erkaklik gamonti (mikrogametosit) shakllanadi. Merozoitlardan gamontlarning hosil bo’lish davri 94-96 soatga teng. Odam tanasida gamontlar rivojlanishini davom ettira olmaydi, uning rivojlanib, gametaga aylanishi uchun asosiy xo’jayin tanasiga o’tishi kerak. Bezgak parazitlarining asosiy xo’jayini Anopheles avlodining turlari, xususan bizning sharoitimizda A. maculipennis hisoblanadi. Ushbu chivinning urg’ochisi bezgak paraziti bilan kasallangan odamni qonini so’rganda qon bilan birga gamontlarni ham qabul qiladi. Chivin oshqozonida gamontlar rivojlanishini davom ettirib, makrogamontdan 1 dona makrogameta (urg’ochi gameta) hosil bo’lsa, mikrogamontdan 4 ta dan 8 ta gacha mikrogametalar (erkaklik gametalar) hosil bo’ladi. Oshqozon bo’shlig’ida makro va mikrogametalar o’zaro
Do'stlaringiz bilan baham: |