Chastotalar shkalasi. Uni, aksariyat, logarifmik masshtabda quriladi. Chastota ikki marta ortishiga to’g’ri keluvchi chastota intervali – oktava deyiladi, o’n marta ortishga esa dekada deyiladi. Chastotaning dan gacha o’zgarish intervali uchun oktavalar soni
(12.13)
va dekadalar soni
nd =lg( / ) (12.14)
ya’ni 1 dekada = 3,32 oktavaga.
14-15- Mavzu.
RS va RL zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar
Vaqt doimiylari, o’tkinchi va statsionar ta’sirlar va dempferlash(so’nish). R, L va S dan tuzilgan sodda sxemalarni loyihalash.
O`tish jarayonini klassik usulda hisoblash
Bundan avvalgi qismlarda elektr zanjirlarining barqarorlik rejimlarida, ya’ni zanjirdagi tok va kuchlanish yoki vaqtga bog’liq bo’lmagan, yoki davriy o’zgaruvchan ta’sirda ishlashi o’rganilgan edi. Barqarorlik rejimi, parametrlari o’zgarmas bo’lgan zanjirlarda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan kuchlanishli manbaning nisbatan uzoq vaqt ta’sirida sodir bo’ladi. O’tkinchi jarayon zanjirda kommutatsiya (yuk yoki manbaning ulanishi yoki o’chirilishi) sodir bo’lganidan, to barqarorlik rejimi boshlangungacha bo’lgan vaqt oralig’ida mavjud bo’ladi. Shuning uchun zanjir tahlilining yuqorida ko’rilgan usullari o’tkinchi jarayonni o’z ichiga olmagan. Biroq muxandislik amaliyotida na faqat barqarorlik jarayoni, balki u yoki bu hildagi kommutatsiya hamda parametrlarning o’zgarishi natijasida sodir bo’luvchi o’tkinchi jarayonlar ham muhimdir. Kuchlanishlari (toklari) aperiodik o’zgaruvchi manbalari bo’lgan zanjirlarda barqarorlik jarayoni umuman uchramaydi.
Elektrotexnika, telekommunikatsiya uskunalari aksariyat, uzluksiz o’tkinchi jarayonlarda ishlaydilar. Shahar elektr transportini boshqarishda, yo’l harakati talablarini bajarish maqsadida, tortuvchi elektr motorining barqarorlik jarayonigacha tezligini oshirishga ulgurmasdan, uning tezligini yana o’zgartirishga yoki motorni to’xtatishga to’g’ri keladi. Telekommunikatsiya liniyalaridan birin-ketin har xil uzunlikdagi signallar o’tadi: agar liniyaning kirish qismidagi signalga bir onda sodir bo’luvchi o’zgarmas tok mos kelsa va signallar bo’lmagan oraliqda kuchlanish nolga teng bo’lsa, u holda liniyaning chiqish qismida, ya’ni qabul qilish qurilmasida muqarrar, o’tkinchi jarayonning mavjudligi (tok asta sekin ko’payib, asta sekin kamayib boradi) tufayli signallar yoyilgan bo’ladi.
Elektr tizimlar zanjiridagi qisqa tutashuvchanchli shikastlanishga olib kelishi mumkin; ushbu avariya holatida tizimning ma’lum qismlari avtomatik ravishda o’chirilsa ham, qisqa tutashuv tokining maksimal qiymati qancha bo’lishini loyihachi-muxandislarga ma’lum bo’lishi zarur; oddiy holatda o’zgaruvgan tok zanjirlarida qisqa tutashuv sodir bo’lgan ondan boshlab yarim davr mobaynida tokning ortishi bilan aniqlanadi. Mana shu o’tkinchi jarayondir. O’tkinchi jarayonni hisoblashda avtomatika tizimlari,impuls va o’lchov texnikasidagi o’tkinchi jarayonlar o’ta muhimdir.
Ko’pgina aloqa qurilmalari va tizimlarida o’tkinchi jarayonlar ular ishlash rejimlarining «normal» tarkibiy qismiga kiradi. Shu bilan birga, ko’pgina holatlarda o’tkinchi jarayonlar o’ta kuchlanishga, o’ta toklar paydo bo’lishiga va nohush vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
O’tkinchi jarayonlarni o’rganish barqarorlik jarayonidagi elektr zanjirlari nazariyasini aniq bilishni talab etadi.
O’tkinchi jarayonlarni hisoblashda manba bilan qabul qiluvchi (yuk)ning orasidagi o’tkazgichlar bo’ylab elektromagnit signallari tarqalishining cheklangan tezligini hisobga olish talab qilinadi. Bunday tizimlar darslikning «Tarqoq parametri elektr zanjirlari nazariyasi» qismida ko’riladi. Hozircha biz o’tkazgichlar bo’ylab signallarning tarqalish tezligi, ko’rilayotgan qiymatlar (kuchlanish yoki tok)ning sezilarli o’zgarishi sodir bo’ladigan vaqt oralig’iga nisbatan juda kichik deb faraz qilamiz. Bunday zanjirlardagi o’tkinchi jarayonlarni o’rganishga ushbu qism bag’ishlangan. Biroq, ayrim hollarda u yoki bu qiymatlarning o’zgarishi bir onda sodir bo’ladi deb qabul qilamiz. Masalan, o’zgarmas tok manbasini zanjirga ulanishida ushbu ulanish bir onda bajariladi va mazkur qutblarga kuchlanishning uzatilishi bir onda sodir bo’ladi, hamda kuchlanish bir onda ortadi deb faraz qilamiz. Aslida esa, kommutatsiya qanchalar tez sodir bo’lmasin, u vaqt bo’yicha cho’zilish bilandavometadi. Ko’pgina hollarda ushbu vaqt cho’zilishini hisobga olmay, kuchlanishning bir onda ortishi haqidagi ideallashtirilgan tassurotni qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |