Kuchlanishning chastotasi bilan ifodalangan garmonik tokning aplitudasi
(3.7)
ga teng bo’lib, fazasi bo’yicha kuchlanishdan burchakka ilgarilab ketadi.
Shunga e’tibor berish zarurki, ushbu ifodani kondensator kuchlanishining xar qanday boshlang’ich fazasi uchun ham qo’llash mumkin.
Kabel tormog’ining uzunligi katta bo’lganda, sig’im tokining qiymati sezilarli darajada bo’ladi. Misol uchun, kabel tarmog’i sig’imi S=10-5F. (kabel umumiy uzunligi 25km), kuchlanishi va chastota f=50Gtsbo’lganda, tokningamplitudasi Im=29,8A.bo’ladi.
Agar (10.7)da sig’im toki amplitudasining qiymati chastataga proportsional ekanini e’tiborga olsak, yuqori chastotali va o’tayuqori chastatali kuchlanishlarni uzatishning qanchalar katta muammolari bor ekanligini bilamiz.
10.3,v- rasmda kuchlanish va toklar oniy qiymatlarining grafigi keltirilgan. Bunda, kuchlanishning musbat qiymati, 10.3,a-rasmdagi belgilanganiga muvofiq, kondensatorning yuqoridagi elektrodi potentsiali pastdagi elektrodi potentsialidan balandroq bo’lgan vaqt oralig’iga mos keladi. Tokning 10.3,a-rasmdagi musbat ishorasi kondensatorning yuqoridagi elektrodiga musbat zaryadning oqib kelishiga mos keladi.
Biror funktsiya va uning hosilasi orasidagi bog’lanish xaqidagi oddiy mulohazalar shuni ko’rsatadiki, kondesatordagi kuchlanishlar ekstremal bo’lgan onda tokning oniy qiymati nolga teng bo’ladi; kuchlanishlar qiymatlari nolga teng bo’lsada, ular o’zgarish tezligi katta bo’lganligidan, shu ondagi tokning qiymatlari ekstremal (± m) darajaga erishadi.
Kondensator elektr maydonienergiyasining o’zgarishi
(10.8)
generator va zaryadlanayotgan kondensator orasidagi energiya almashuvi bilan bog’liq. Generatordan har onda uzatilayotgan quvvat, ya’ni uning oniy qiymati tok va kuchlanishlar oniy qiymatlarining ko’paytmasiga teng:
. (10.9.)
Quvvatning yuqorida keltirilgan ixtiyoriy bog’lanishlaridan shuni ko’rish mumkinki, u kuchlanish chastotasidan ikki marta katta bo’lgan chastata bilan o’zgarar ekan:
(10.10)
Quvvat (r) va energiyaning (wE) grafigi 10.3,g-rasmda keltirilgan. Shunga e’tibor berish zarurki, kuchlanish va tokning ishoralari bir xil bo’lganda, quvvat musbat, tok va kuchlanish ishoralari xar xil bo’lganda-manfiy va tok yoki kuchlanishning qiymatlari nolga teng bo’lganda, quvvat ham nolga tengdir. Bir T davr o’tishi bilan kondensator energiyasi ilgarigi qiymatiga teng bo’ladi. Shu sababdan, generatordan kondensatorga bir davr ichida uzatilayotgan o’rtacha quvvat nolga teng:
. (10.11)
Bunda, o’zgaruvchan toklar nazariyasida qabul qilingan belgilashlarga muvofiq, o’rtacha (bir davr ichidagi) quvvat bosh xarf «R» bilan belgilandi. O’rtacha quvvatning nolga tengligi, uning aynan sinusoidal funktsiya ekanligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |