Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani yechishning qo‘yilishi muhimdir. Kurs
ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni nazariy va amaliy
chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishiga va uzviy
bog‘liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratining shakllanishiga olib keladi.
Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash,
uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan
iqtisodiyotning real sektorlarida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishda
6
korxonalarning marketing faoliyatini va yangicha xo‘jalik yuritish yo‘nalishlarini
o‘rganish va umumlashtirish;
4.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va
eksport qilishni kengaytirishda brendni o‘rnini yoritib berish;
5.
Mahalliy korxonalarda brend faoliyatini tashkil etish yo’llarini o’rganish;
6.
Brendning tashkiliy tuzilmasini amaliy jihatlarini o’rganish;
7.
Korxonaning marketing imkoniyatlarini tahlil etib raqobatda brend orqali yutib
chiqish yo‘llarini ko‘rsatish;
8.
Tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish bo‘yicha marketing va brend
tadqiqotlarini tashkil etish asosida maqsadli bozorlarni aniqlashni asoslab berish;
9.
Kurs ishi rejasida ko‘rsatilgan savollarning amaliyot bilan bog‘liq qismlarining
hammasini bajarish;
10.
Zarur bo‘lsa tajribalar o‘tkazish va kurs ishidan kelib chiqadigan natijalarni
amaliyotga tadbiq etish;
11.
Kurs ishini bajarish uchun kafedradan (ilmiy rahbardan) maxsus topshiriqlar
olish, adabiyotlar tanlash;
12.
Ilmiy rahbar bilan birgalikda kurs ishining batafsil rejasini tuzish va rejani
korxona faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, aniqlashtirish va mahalliy sharoitga
moslashtirish;
13.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari har bir talaba kurs ishini bajarish
vaqtida korxonaning umumiy iqtisodiy faoliyatini o‘rganadi va unga tavsifnoma
beradi. Bunda korxonaning kamida oxirgi 3 yillik faoliyati tahlil etilishi shart.
Tavsifnomada kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilishi kerak;
14.
Axborotlar manbalarini aniqlash va ularni qayta ishlash usullarini belgilash,
axborotlarni yig‘ish va ularni qayta kurs ishi rejasida ko‘rsatilgan savollar bilan
moslashtirish;
15.
Kurs ishining to’liq rejasini ishlab chiqish, rejani ilmiy rahbar ma’qullagandan
keyin korxona faoliyati bilan moslashtirish;
16.
Sharoitga qarab kurs ishi bo‘yicha zarur bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish.
Kurs ishini bajarish jarayoni o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lgani uchun
to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o‘z mehnatini quyidagi
bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega:
kurs ishi mavzusini tanlash;
axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va
ularni o‘rganish;
kurs ishi mavzusi rejasini tuzish. Albatta kurs ishi rahbari bilan maslahatlashib;
mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash;
kurs ishini matnini yozish;
kurs ishini rasmiylashtirish;
kurs ishi himoyasi.
Kurs ishini bajarishda talaba o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs
ishi rahbari bilan zarur bo‘lgan holatlarda maslahatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar
asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur hisoblanadi.