boshqarish” fanini o‘zlashtirish bilan birgalikda bajariladi. 5230400-“Marketing
(tarmoq va sohalar)” ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari “Brendni boshqarish” fanidan kurs
ishi bajarishiga qadar “Iqtisodiyot nazariyasi”, fanidan kurs ishi bajarib, himoya
qilishgan bo‘ladi. Lekin ushbu “Brendni boshqarish” fanidan bajariladigan kurs ishi
o‘zining maqsadi va vazifalariga muvofiq boshqa fanlardan bajariladigan kurs
ishlaridan farq qiladi. Bu kurs ishini bajarish vaqtida talabalar tanlagan mavzusini
amaliy faoliyat bilan bog‘lashadi va tanlagan mavzulari kelajakda ilmiy tadqiqot
vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o‘z ustida
tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun
Kurs ishida talabaning oliy o‘quv yurtida tahsil olishi davomida to‘plagan
5
qurollanish darajasi, malaka va ko‘nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini
yechishga qay darajada qo‘llay olishi orqali namoyon bo‘ladi.
“Brendni boshqarish” fanidan bajariladigan kurs ishi albatta nazariy bilimlar
amaliy faoliyat bilan bog‘langan holda bajariladi. Bunda talabalar o‘zlari tanlagan
mavzuga imkoniyat doirasida qo’shimcha tadqiqot ob’ekti ham tanlashlari mumkin.
Bu ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kurs ishining sifat mezonlarini
belgilab beradigan jihatlardan eng muhimi tanlangan mavzu bo‘yicha tadqiqot
ob’ektini o‘rganish va tadqiqot ob’ekti faoliyatida marketingning muhim jihatlarining
holati, kamchiliklar, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, takliflar berish asosiy
masala hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining ob’ekti – bu tanlangan mavzuning o’zi hisoblanadi.
Mavzu atroflicha ilmiy adabiyotlar sharhi asosida o’rganiladi. Kurs ishi mavzusining
qo’shimcha ob’ekti bo‘lib har xil mulk shaklidagi savdo, ishlab chiqarish, tayyorlov,
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, shu jumladan moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi
muassasalar: tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya tashkilotlari,
turistik korxonalar, turagentlar, mehmonxonalar hamda bozor ob’ektlari, iste’mol
tovarlari bozori, sanoat tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, kapital, ishchi
kuchi bozorlari hisoblanadi. Talaba ana shu korxona yoki bozor ob’ektlari misolida
kurs ishini bajarishlari ham mumkin.
O‘rganilayotgan ob’ektning so‘ng uch yildagi marketing va brend bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlari, joriy faoliyat ko‘rsatkichlari, brend tadqiqotlari natijalari, ikkilamchi
va birlamchi axborotlar sharhi keltirilishi lozim. Kurs ishini bajarishda
o‘rganilayotgan ob’ektning SWOT tahlili, BKG (Boston Konsalting Guruh) tahlili,
Ansoff, raqobat ustunligi kabi matritsalarni keltirishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: