Bog'liq N. B. Yahyoxonov h. I. Allayorov (1)-converted
KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani yechishning qo‘yilishi muhimdir. Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan bog‘langan bir nechta masalalarni nazariy va amaliy chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishiga va uzviy bog‘liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratining shakllanishiga olib keladi.
Kurs ishining maqsadi – talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi bo‘yicha mavjud iqtisodiy muammolar mohiyatini nazariy va amaliy asoslash hamda mazmunli yoritilishini ta’minlash;
Kurs ishi mavzusiga bog‘liq ilmiy adabiyotlar sharhini shakllantirish, me’yoriy, qonun hujjatlar, yo‘ruqnomalarni yig‘ish va tahlil qilish;
Sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotning real sektorlarida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishda
korxonalarning marketing faoliyatini va yangicha xo‘jalik yuritish yo‘nalishlarini o‘rganish va umumlashtirish;
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishni kengaytirishda brendni o‘rnini yoritib berish;
Mahalliy korxonalarda brend faoliyatini tashkil etish yo’llarini o’rganish;
Brendning tashkiliy tuzilmasini amaliy jihatlarini o’rganish;
Korxonaning marketing imkoniyatlarini tahlil etib raqobatda brend orqali yutib chiqish yo‘llarini ko‘rsatish;
Tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish bo‘yicha marketing va brend tadqiqotlarini tashkil etish asosida maqsadli bozorlarni aniqlashni asoslab berish;
Kurs ishi rejasida ko‘rsatilgan savollarning amaliyot bilan bog‘liq qismlarining hammasini bajarish;
Zarur bo‘lsa tajribalar o‘tkazish va kurs ishidan kelib chiqadigan natijalarni amaliyotga tadbiq etish;
Kurs ishini bajarish uchun kafedradan (ilmiy rahbardan) maxsus topshiriqlar olish, adabiyotlar tanlash;
Ilmiy rahbar bilan birgalikda kurs ishining batafsil rejasini tuzish va rejani korxona faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, aniqlashtirish va mahalliy sharoitga moslashtirish;
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari har bir talaba kurs ishini bajarish vaqtida korxonaning umumiy iqtisodiy faoliyatini o‘rganadi va unga tavsifnoma beradi. Bunda korxonaning kamida oxirgi 3 yillik faoliyati tahlil etilishi shart. Tavsifnomada kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilishi kerak;
Axborotlar manbalarini aniqlash va ularni qayta ishlash usullarini belgilash, axborotlarni yig‘ish va ularni qayta kurs ishi rejasida ko‘rsatilgan savollar bilan moslashtirish;
Kurs ishining to’liq rejasini ishlab chiqish, rejani ilmiy rahbar ma’qullagandan keyin korxona faoliyati bilan moslashtirish;
Sharoitga qarab kurs ishi bo‘yicha zarur bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish.
Kurs ishini bajarish jarayoni o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lgani uchun to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o‘z mehnatini quyidagi bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega:
kurs ishi mavzusini tanlash;
axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va ularni o‘rganish;
kurs ishi mavzusi rejasini tuzish. Albatta kurs ishi rahbari bilan maslahatlashib;
mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash;
kurs ishini matnini yozish;
kurs ishini rasmiylashtirish;
kurs ishi himoyasi.
Kurs ishini bajarishda talaba o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi rahbari bilan zarur bo‘lgan holatlarda maslahatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur hisoblanadi.